MYU futbolchisi txekvondochilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqda
09 fev 2020 10:01
Yangiliklar


MYU futbolchisi txekvondochilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqda
Xitoyning “SHanxay SHenxua” klubidan “Manchester Yunayted”ga ko'chib o'tgan nigeriyalik hujumchi Odion Igalo sport formasini bir maromda ushlab turish maqsadida Buyuk Britaniya txekvando terma jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.
Txekvandochilar 2020 yilda o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlariga hozirlik ko'rishmoqda. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Ueyn Richardson 30 yoshli futbolchining harakatlarini yuqori baholadi.
“U o'zining har qanday vaziyatga tayyorligi, tezkor qarorlar qabul qilish orqali meni hayratga soldi. Bunday xislatlar kamdan-kam sportchilarda bo'ladi”, deydi Richardson.
Odion Igalo faoliyati davomida “Lyun” (Norvegiya), “Udineze”, “Lechche” (Italiya), “Granada” (Ispaniya), “Uotford” (Angliya) jamoalarida to'p tepgan. Futbolchi 2019 yilning 1 dekabridan boshlab hozirgacha birorta rasmiy o'yinda ishtirok etgani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar