MYU Brunu bilan yangi shartnoma imzolab, maoshini ikki baravarga oshirmoqchi
06 dek 2020 12:57
Yangiliklar


MYU Brunu bilan yangi shartnoma imzolab, maoshini ikki baravarga oshirmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati Brunu Fernandesh bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.
"Mirror" xabariga ko'ra, klub 26 yoshli futbolchining haftalik maoshini 200 ming funt qilib belgilamoqchi. Ayni damda xavbek ko'rsatilgan summadan ikki baravar kam maosh olmoqda. Fernandeshning yuqori saviyadagi o'yini "Barselona" va "Real" kabi klublarning etiboriga tushgan.
Fernandesh 2020 yilning yanvar oyida 55 mln evro evaziga "Sporting"dan ko'chib o'tib, 5 yillik shartnomaga imzo chekkandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar