MYU bilan o'yin uchun uchayotgan "Fenerbaxche" samolyoti avariyaviy qo'nishni amalga oshirdi (foto)
20 okt 2016 12:52
Yangiliklar
MYU bilan o'yin uchun uchayotgan "Fenerbaxche" samolyoti avariyaviy qo'nishni amalga oshirdi (foto)
Bugun "Fenerbaxche" Manchesterda Evropa ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari doirasida "Manchester Yunayted" mehmoni bo'ladi.
Bortida "Fenerbaxche" futbolchilari bo'lgan klub samolyoti Angliya tomon uchayotganda Vengriya poytaxti Budapeshtga qo'nishga majbur bo'ldi. Turk klubi "Tvitteri"ning malum qilishicha, samolyot havoda qush bilan to'qnashib ketgan va uchuvchilar oynasi singan.
Ushbu voqea natijasida hech kim shikastlanmagan va majburiy qo'nish bugun bo'lib o'tadigan uchrashuv vaqtiga tasir qilmaydi.
Fikrlar