MYU "Benfika"ga Joau Felish uchun 90 mln evro taklif qildi
01 iyu 2019 15:56
Yangiliklar


MYU "Benfika"ga Joau Felish uchun 90 mln evro taklif qildi
"Benfika" hujumchisi Joau Felish faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" "Benfika" hujumchisi Joau Felishni qo'ldan boy bermoqchi emas. "Mankunianlar" Portugaliya klubi rahbariyati bilan yangi muzokaralarni boshladi va futbolchining transferi uchun 90 million evro taklif qilishdi. O'z navbatida, Portugaliya klubi ham o'z talablaridan voz kechmayapti va futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 120 million evro ishlab olish niyatida.
19 yoshli futbolchi bu mavsum barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'yishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar