MYU Bellingem uchun kurashdan chiqib ketdi
06 dek 2022 15:43
Yangiliklar
MYU Bellingem uchun kurashdan chiqib ketdi
"Manchester Yunayted" Jud Bellingemni qo'lga kiritish fikridan voz kechgan ko'rinadi.
"Borussiya" Dortmund va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun navbatda "Liverpul" peshqadamlik qilayotgani bois "qizil iblislar" ushbu raqobatdan chiqishni afzal ko'rishdi.
19 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan Mersisayd klubiga yo'l oladi. Bundesliga klubi ham uni qo'yib yuborishga qarshi emas, faqatgina ular talab qilayotgan 150 mln evroni to'lab qo'yishsa bo'ldi.
Jud Bellingem Qatardagi mundialda "uch sherlar" libosida terma jamoasining barcha 4 o'yinida munosib ishtirok etdi va 1 ta gol urib, 1 ta assist qayd etdi. Jud termaning boshqa etakchilari qatorida musobaqaning chorak final bosqichida Franciya to'sig'idan o'tishda jamoasiga yordam berishga urinib ko'radi.
Fikrlar