MYU 80 mln evroga jahon chempionini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
13 sen 2018, 23:27
"Atletiko" rahbariyati himoyachi Lyuka Ernandesni "Manchester Yunayted"ga sotishga rozi bo'ldi.

"Marca" xabariga ko'ra, "matraschilar" fransiyalikni "Old Trafford"ga qo'yib yuborish shartini ma'lum qilgan. Unga ko'ra, MYU amaldagi jahon chempioni uchun 80 mln evro to'lashi kerak. "Yunayted" futbolchini qishdayoq sotib olishga harakat qilmoqda.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Barselona" va "Real" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca