MYU 75 mln. evro evaziga "Tottenxem" futbolchisini sotib olmoqchi
24 may 2018 13:55
Yangiliklar


MYU 75 mln. evro evaziga "Tottenxem" futbolchisini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Avvaliga transfer 55 mln. funtga amalga oshishi taxmin qilingan edi, biroq "shporlar" raisi Daniel Levi futbolchi sotuvidan kamida 75 mln. evro ishlab olmoqchi.
SHartnomasi 2020 yilda yakunlanadigan Alderveyreld "Tottenxem" bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Agar belgiyalik shartnomasini uzaytirmasa, kelasi yil 25 mln. funt evaziga klubni tark etishi mumkin - shartnomada shunday band mavjud.
SHu sababdan "Tottenxem" shu yozda Alderveyreldni kattaroq mablag'ga sotmoqchi.
Oldinroq, Alderveyreld - "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadi ekanligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar