So’nggi yangiliklar

10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  11 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  3 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  117 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0

“Al Duhail” legionerlari haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

“Al Duhail” legionerlari haqida nimalarni bilamiz?

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi 3-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi Qatarning "Al Duhail" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur jamoani ayni vaqtda o'z vaqtining mashhur futbolchisi Ernan Krespo boshqarmoqda. Tarkibda ham tajribali ijrochilar bor. Quyida mana shular xususida batafsil malumot taqdim etamiz. 


Tobi Alderveyreld (Belgiya)

Bu futbolchi borasida ko'p malumot berish shart emas. Himoyada o'ynaydigan Tobi hozirda 33 yoshda. “Ayaks”, “Atletiko Madrid”, “Sautgempton”, “Tottenxem” kabi klublar sharafini himoya qilgan. 2021 yildan boshlab esa “Al Duhail” libosida o'ynamoqda.

Umuman olganda Niderlandiya, Ispaniya chempionatlarida g'olib bo'lgan. ECHL finalchisi, terma jamoa bilan JCH uchinchi o'rin sohibiga aylangan.  

Belgiya terma jamoasida esa 2009 yildan buyon o'ynamoqda va 118ta bahsda 5 marotaba to'p kiritgan. 


Nam Tae Xi (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreya terma jamoasining asosiy tarkib azosi bo'lgan Xi hozirda 30 yoshda. Futbolchilik faoliyatini vatanida boshlagan va keyinchalik Angliyaning “Reding” klubi maktabida tahsil olgan. Professional faoliyatini esa Franciyaning “Valensiennes”da boshlab, ikki mavsum o'ynagan. 2012-2019 yillar oralig'ida “Al Duhail” (Lahviya) to'p tepgan. 2019-2021 yillarda esa Xavi boshchiligidagi “Al Sadd” klubi libosida faoliyatini davom ettirgan. 2021 yildan boshlab yana “Al Duhail”ga qaytgan. 

Nam Tae Xi 2011 yildan buyon Janubiy Koreya milliy terma jamoasida o'ynab keladi. 54ta o'yinda ishtirok etib, 7 marotaba to'p kiritgan. 


Edmilson Junior (Belgiya)

Belgiyalik yana bir futbolchi Edmilson Junior Paulo da Silva vinger bo'lib, ayni vaqtda 27 yoshda. Faoliyatini Belgiyaning “Sent-Tryuyden” jamoasida boshlagan. Mazkur jamoada 4 mavsum o'ynagan. Keyinchalik 2016-2018 yillar oralig'ida “Standard” sharafini himoya qilgan. 2018 yildan boshlab Osiyoga yo'l oldi hamda “Al Duhail”dan qo'nim topdi. Qatarliklar safida 52ta o'yinda maydonga tushib, 20 marotaba to'p yo'llagan.



Maykl Olunga (Keniya)

Keniya milliy terma jamoasi hujumchisi bo'lgan Maykl Olunga 2021 yildan buyon “Al Duhail” sharafini himoya qilmoqda. Bo'yi 193 sm bo'lgan Olunga faoliyati davomida Ispaniya La Ligasida “Granada”, Yaponiyaning “Kashima Reysol”, Xitoyning “Guychjou” va boshqalar jamoalarda to'p tepgan. 2015 yildan buyon Keniya terma jamoasida o'ynab keladi. Mazkur jamoa libosida 48ta o'yinda 21 marotaba kiritgan. 


Ferjani Sassi (Tunis)

Yarim himoya ampluasida o'ynaydigan Ferjani Sassi ayni vaqtda 30 yoshda. U ham 2021 yildan buyon qatarliklar safida o'ynamoqda. Tunis terma jamoasi safida 2013 yildan beri to'p tepadi hamda shu vaqtga qadar 60ta bahsda 5 marotaba to'p yo'llagan. 


Faoliyatiga nazar solsak, dastlab mamlakatida o'ynagan. Keyinchalik Franciyaning “Metc”da bir mavsum to'p tepgan. 2018 yilda Saudiya Arabistonining “Al Nasr”, 2018-2021 yillar davomida Misrning “Zamalek” jamoalarida o'ynagan.


"Al Duhail" - "Paxtakor". Qatar klubi safidagi eng xavfli futbolchini bilasizmi?

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика