MYU 35 millionlik futbolchini xarid qiladi
11 iyu 2020 01:26
Yangiliklar


MYU 35 millionlik futbolchini xarid qiladi
"Bavariya" yarim himoyachisi Koranten Tolisso mavsum oxirida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Aytishlaricha, 25 yoshli xavbek "Manchester Yunayted"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan va ingliz klubi allaqachon o'yinchining vakillari bilan muloqotga kirishgan.
Myunxenliklar Tolissoni 35 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, deb xabar qildi RMC Sport jurnalisti Muhammad Buxafsi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" franciyalik futbolchini 2017 yilda "Lion"dan 41 millin evroga xarid qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar