Mxitaryan "Roma" bilan shartnomani uzaytirishni rad etishi va yozda tekinga klubdan ketishi mumkin
01 may 2021 12:24
Yangiliklar
Mxitaryan "Roma" bilan shartnomani uzaytirishni rad etishi va yozda tekinga klubdan ketishi mumkin
Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan "Roma"dan yozgi transfer oynasida erkin agent maqomida ketishi mumkin.
32 yoshli futbolchining bitimida shartnomani uzaytirish bandi bo'lsa ham, hali u bitimni uzaytirmadi. Futbolchi "Roma"da bir mavsum davomida 25ta o'yin o'tkaza olsa (Mxitaryan buni yanvardayoq qilgan edi), mehnat shartnomasini uzaytirish imkoniyatiga ega bo'lardi.
Futbolchi va uning agenti Mino Rayola hali yakuniy javobni aytishmadi. "Roma"da yozda ro'y berishi mumkin bo'lgan jiddiy o'zgarishlarni hisobga olsa, tomonlar klubdan kelajak uchun aniq reja olishmoqchi.
Mxitaryanning "Roma" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga teadi. 32 yoshli armanistonlik futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar