Mxitaryan Evropa ligasida safardagi qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda gol urdi
14 apr 2017 02:49
Yangiliklar
Mxitaryan Evropa ligasida safardagi qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda gol urdi
“Manchester Yunayted” himoyachisi Genrix Mxitaryan Evropa ligasining chorak finalida safarda “Anderlext” darvozasini ishg'ol etib, o'yinda hisobni ochgandi.
SHu tariqa 28 yoshli futbolchi Evropa ligasi bahslarida qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda safarda “MYU” raqiblari darvozasini ishg'ol etib kelmoqda. Ilgari u “Rostov” (1:1), “Sent-Eten” (1:0) va “Zarya (2:0) uchrashuvlarida gol urishga erishgandi.
Mxitaryan- “MYU” tarkibida Ruud van Nistelroydan keyin Evrokuboklarda qatorasiga to'rtta uchrashuvda safarda gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi.
Fikrlar