Mxitaryan: "Arsenal"ga o'tganimning sabablaridan biri - Venger"

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 17:26
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan "Arsenal"ga o'tganining sababi haqida gapirib berdi.

"Murabbiy seni hurmat qilishi juda muhim. Uning talablarini bilaman. Venger - "Arsenal" o'tishimning asosiy sababchilaridan biri. U ajoyib va talabchan murabbiy ekanligini hamma biladi. Uni anchadan beri bilaman va bu qarorni qabul qilish qiyin bo'lmadi. "Arsenal"da o'ynash - har bir futbolchining orzusi" - deydi Mxitaryan.

Mxitaryanning "Arsenal"dagi debyuti bugun sodir bo'ladi. 30 yanvar kuni "to'pchilar" APLning 25-tur uchrashuvlari doirasida "Suonsi Siti" mehmoni bo'lishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal