So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Muzaffar Muzaffarov: "Yanada o'sishim uchun “Neftchi” jamoasini tanladim" Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: "Yanada o'sishim uchun “Neftchi” jamoasini tanladim"

Futbolchilar oilasida dunyoga kelgan Muzaffar Muzaffarov Toshkentning “Paxtakor” akademiyasida futbol sir-asrorlarini o'rgangan.

Farg'onaning “Neftchi” o'rinbosarlarida harakat qilgan Muzaffarov joriy mavsum Jizzaxning “So'g'diyona” klubida yorqin o'yinlari bilan muxlislar qalbidan joy oldi. Ikki yil ushbu jamoa sharafini himoya qilgan futbolchi yil boshida tug'ilib o'sga shahriga qaytib bordi. Muzaffar ayni damda “Neftchi” klubi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda. Biz Muzaffar Muzaffarov bilan bog'lanib undan faoliyati borasida intervyu oldik.

-   Joriy yil Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida to'p tepdingiz. Ushbu klub bilan shartnomangiz yakuniga etdi. Jamoada qolishni o'zingiz istamadingizmi yoki rahbariyatmi?
-   Ko'pchilik bilsa kerak, “So'g'diyona” klubi bilan bir yillik kelishuvga erishgandim. Klub bilan shartnomam yakuniga etgach, yanada o'sishim uchun boshqa jamoada o'ynashni istadim. Farg'onaning “Neftchi” klubiga meni Rustam Abdullaev va Andrey Fyodorov taklif qildi. Fyodorovni ko'pchilik yaxshi biladi UEFAning PRO licenziyasiga ega. Ushbu murabbiy qo'l ostida birinchi marotaba ishlashim. Yanada o'sishim uchun “Neftchi” jamoasini tanladim. Bu mutaxassis mashg'ulotlarda bizdan nimani istayotganini ko'rsatib berishga harakat qilyapmiz. “Neftchi”ga kelishimdan oldin boshqa jamoalardan ham takliflar bor edi.


-   “So'g'diyona” jamoasi sizga yangi shartnoma taklif qilmadimi, ushbu jamoada nima uchun qolmadingiz, yoki klubda qandaydir muammo bormidi?
-   “So'g'diyona” klubi rahbariyatlari jamoada qolishimni istashdi. Boya aytganimdek o'sishni istadim, shuning uchun ham “Neftchi” jamoasiga ko'chib o'tdim. “So'g'diyona” klubida barcha shart-sharoitlar yaxshi edi. Ushbu klubda katta o'sishga erishdim. Endi barcha klublarda o'ziga yarasha muammolar bo'ladi. Ushbu klubda meni barcha narsa qoniqtirgan. Bosh murabbiy Davron Fayziev tufayli shu darajaga erishdim. Faoliyatimda ushbu klubda to'p tepganimdan hech qachon nolimayman. Faoliyatim so'nggigacha “So'g'diyona” klubini yodimdan chiqarmayman. Davron aka Fayzievdan minnatdorman. Oliy  ligada o'z o'rnimni topishimga ushbu murabbiyning xissasi bor. Menga bergan o'gitlarini hech qachon yodimdan chiqarmayman. Davron aka o'z vaqtida yaxshi futbolchi bo'lgan. Murabbiylik faoliyatida ham xuddi shunday davom etmoqda. Ko'pchilik biladi, chempionatda etakchi jamoalarga qarshi yaxshi natijalarga erishdik.

-   Joriy yilgi chempionat siz uchun qanday o'tdi?
-   O'tgan yilgi mavsum men uchun yaxshi o'tdi desam mubolag'a bo'lmaydi. CHunki o'tgan yili oliy ligadagi ikkinchi mavsumimni o'tkazdim. Meni fikrimcha o'tgan yili ko'proq o'sishga erishdim, deb o'ylayman. Boshqalarga bilanganmi yo'qmi bilmayman, shaxsan o'zim katta o'sishga erishganimni his qildim. CHempionatda oson o'yindi o'zi bo'lmaydi, shuning uchun ham barcha uchrashuvlarga bir xilda tayyorgarlik ko'raman. Bir so'z bilan aytganda men uchun o'tgan yilgi mavsum ijobiy o'tdi. 2015 yili biroz omadsiz ishtirok etib o'tish bahsida birinchi liga vakili “Oq-tepa” jamoasini mag'lubiyatga uchratib elitada qolgandik. 2016 yilgi mavsum biz uchun yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik.

-   “So'g'diyona”ga yana qaytishni istarmidingiz?
-   Buni hayot ko'rsatadi. Balki vaqti kelib qaytishim ham mumkin, buni vaqt ko'rsatadi. Hozircha maqsadim faqat oldinga qarab intilish.

-   Ko'pchilik muxlislar sizni “Murod Ismoilovni farzandi, otasi orqali futbolda yuripti”, deyishadi. Siz bunga qanday fikr bildirasiz?
-   Oddiy misol, Jizzaxning “So'g'diyona” klubida o'ynashimga dadam hech qanday yordam bermagan. O'zimning kuchim bilan ushbu klubda bir yil faoliyat yuritdim. Buni barcha ko'rdi. SHu darajaga etishgunimcha dadam faqat o'z maslaxatlari bilan yordam bergan. Lekin baribir qachondir klubdan ketish kerak bo'ladi. “So'g'diyona” men uchun har doim yaxshi jamoa bo'lib qoladi.


-   Faoliyatingiz borasida ko'proq kim bilan maslahatlashasiz?
-   Ko'proq dadam bilan maslahatlashaman. Lekin baribir so'nggi qarorni o'zim qabul qilaman.

-   SHu darajaga etishguncha qiyinchilik ko'rgamisiz?
-   Albatta, 3-sinfda “Paxtakor” akademiyasiga qabul qilinganimda Toshkentda bir o'zim istiqomat qilganman. Ota-onamda uzoqda bir o'zim yashaganman. Yoshligimda o'zimga yarasha muammolar bo'lgan.  Keyinchalik onam Toshkentga kelgan va onam bilan birga Toshkentda istiqomat qilganman. Keyinchalik CHilonzorda “Paxtakor” akademiyasiga qarashli futbol bazasiga ko'chib o'tganman. Dadam futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng orada biroz uzilish bo'lgan. Dadam murabbiylik faoliyatini boshlagunga qadar oilamiz biroz qiyinchilik sharoitini ko'rgan. SHu darajaga etgunimcha “Paxtakor” akademiyasida 6-7 yil faoliyat olib bordim. O'rinbosarlar tarkibida ham o'ynadim. Birinchi ligada “Imkon-Oltiariq” jamoasida ham to'p tepdim. SHundan so'ng “Neftchi” jamoasi o'rinbosarlarida o'ynadim. SHundan so'ng “So'g'diyona” klubidaoliy ligadagi faoliyatimni boshladim. Osonlikcha shu darajaga erishganim yo'q.

-   Faoliyatingiz yakunlanganidan so'ng dadangizga o'xshab murabbiy bo'lishni istaysizmi?
-   Faoliyatim yakunlanganidan so'ng murabbiy bo'lish niyatim yo'q. Uyda 2ta murabbiy bor o'shalarni o'zi etadi.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика