So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Muzaffar Muzaffarov: “Neftchi”ga kelishimda dadamning hech qanday aloqasi yo'q” Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: “Neftchi”ga kelishimda dadamning hech qanday aloqasi yo'q”

Bir nechta futbolchining Jizzaxning “So'g'diyona” klubi bilan tuzgan shartnomasi tugagani bois jamoani tark etishdi.

Jamoa safida harakat qilgan Muzaffar Muzaffarov ham Farg'onaning “Neftchi” jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. U yangi jamoaga ko'chib o'tishida otasi Murod Ismoilovning aloqasi yo'qligini aytib o'tdi.

“So'g'diyona” jamoasi bilan shartnomam yakuniga etgach, yanada o'sishim uchun “Neftchi” klubiga o'tdim. Oldin ham ushbu jamoada o'ynaganim uchun futbolchilar bilan tez til topishib ketdim. Klub raxbariyati va jamoa bosh murabbiyi menga taklif bilan chiqishdi. Andrey Fyodorov bilan birinchi marotaba ishlashim. Ushbu mutaxassis Evropa pro licenziyasiga ega. Ushbu murabbiy qo'l ostida yana ham ko'proq o'sishga erishaman deb “Neftchi” variantini tanladim. Oldimda boshqa takliflar ham bor edi. Lekin hozircha klub bilan shartnoma imzolaganim yo'q. “Neftchi”ga kelishimda dadamning hech qanday aloqasi yo'q. Nasib qilsa “Neftchi” bilan yaxshi natijalarga erishmoqiman. “So'g'diyona” klubida o'ynab shunday darajaga erishdim. Ushbu klubda faoliyat yuritganimdan afsuslanmayman. Davron aka Fayozievga katta rahmat aytaman. Ushbu jamoani faoliyatim so'nggigacha yodimdan chiqarmayman”, - deydi Muzaffar Muzaffarov.


Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика