So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  2 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  17 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Muzaffar Abdullaev: “Akamga havas qilib darvozabon bo'lganman” Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: “Akamga havas qilib darvozabon bo'lganman”

Malumki, Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi Oliy liganing 21-turida Andijonning “Andijon” klubini qabul qiladi.

Ushbu o'yin oldidan  “So'g'diyona” posboni , qisqa muddat ichida Jizzaxliklarning yoqimtoyiga aylangan Muzaffar Abdullaev bilan suhbat qilishga qaror qildik.

Futbolga qiziqish necha yoshdan paydo bo'lgan va nima uchun aynan darvozabon bo'lgansiz?

-Futbolga bo'lgan qiziqish 10 yoshda paydo bo'lgan va aynan akamga havas qilib darvozabon bo'lganman. Meni o'zlari bilan birga mashg'ulotlarga olib borardilar.Ularga juda havas qilar edim,mashg'ulotlarni ham kuzatar edim.  Bu qiziqish tobora oshib borgan va darvozabon bo'lishga qaror qilganman. 

Ustozlaringiz kimlar bo'lgan?

-Birinchi ustozim dadam bo'lganlar. Keyin esa “Kimyogar ” jamoasida uynay boshladim. Birinchi klubimdagi ustozim Ibrohim Mamadaliev bo'lgan. 

Demak, uydagi muhit ham sizga tasir qilgan?

-Ha. Dadam ham futbolchilar. Mamurjon Abdullaev. Akam ham futbolchi bo'lganlar. Hali ham maslaxatlarini ayamaydilar. O'yinlarimni kuzatib boradilar. O'yimizdagi muhit ham tasir qilgan futbolchi bo'lishimga.



“Lokomotiv BFK”, “Andijon  UzDongJu” dagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz?

-Bu jamoada katta tajriba orttirgangan. Bundan boshqa jamoalarda ham o'ynaganman. SHu fursatdan foydalanib barcha jamoadagi murabbiylarga rahmat aytmoqchiman. Ularning mehnatlari sabab men shu darajaga etdim. 

“So'g'diyona” ga kelib tanildingiz,ajoyib seyvlar bilan muxlislarimizning ko'nglidan alohida joy oldingiz.Bir necha marta sizni ramziy terma jamoada ham ko'rdik. 

-Ha to'g'ri. Bu jamoada ekanligimdan xursandman. Murabbiyimiz Davron Fayzievga katta rahmat aytmoqchiman. SHu jamoaga kelishimga sababchi bo'lgan Baxtiyor Ashurmatovga ham rahmat . Jamoamiz juda inoq. Katta oiladekmiz. Har o'yindan oldin o'zimga maqsad quyaman “bugun gol o'tkazmasligim kerak. Jamoamga yordam berishim kerak” deb. Ularning ishonchini oqlash uchun bor kuchim,mahoratim bilan harakat qilaman. Ramziy terma jamoada bo'lishim esa menga kuch beradi. O'z ustimda yanada ishlashga harakat qilaman. Bundan ham kuchliroq bo'lishga harakat qilaman.



Oliy liganing 9-turida ilk debyutingiz esimda. Hamma xursand bo'lgandi. O'yindan so'ng muxlislar sizga minnatdorchilik bildirgan edi. Usha payti siz nimalarni his qilgan edingiz?

-Kechagidek hammasi esimda. Oliy ligada ilk debyutim edi. Manga katta ishonch bildirilgan edi va men buni oqlashga harakat qildim. Murabbiylarim,jamoadoshlarim,muxlislar meni qo'llab-quvvatlashdi va ularga rahmat aytaman. Ishonasizmi,o'yinga chiqishdan oldin o'zimga bugun ramziy terma jamoaga tushaman deb niyat qilgan edim. SHunday bo'ldi ham. Ishonch uchun barchaga rahmat aytaman. 

“So'g'diyona” jamoasida darvozabonlar murabbiyi SHavkat Abduxodjaevning qo'l ostida mashg'ulot o'tkazasiz. Hattoki,muxlislar ham Muzaffar Abdullaev bo'lib tanilishingizga ushbu murabbiyning mehnatlari katta ekanligini takidlashgan. Bunga fikringiz.

- SHavkat aka bilan avval ham tanish edik. Jamoaga kelganlarida xursand bo'lgandim. O'z akamdek bo'lib qoldilar. Maydonda,mashg'ulot jarayonlarida ham,hayotda ham maslaxatlarini ayamaydilar. Mashg'ulotda ham juda talabchanlar. Hamma sir asrorlarni o'rgatadi va o'yin davomida ham qo'llab-quvvatlab turadilar. Har doim “mashg'ulotda qancha qiynalsang,o'yinda shuncha onson bo'ladi ” deydilar. Mehnatlarini qadriga etaman va oqlashga harakat qilaman.

Oliy liganing 21-turida jamoangiz “Andijon”ni qabul qiladi. Bu o'yinga jamoa qanday tayyorgarlik qildi va bu bellashuv borasida fikrlaringiz. 

-“Andijon” 80% o'zgardi. Murabbiylar shtabidagi o'zgarish va jamoada ham o'zgarish bor.  Albatta ularga omad tilaymiz. Bizning jamoa ham reja asosida tayyorgarlik ko'rdik. Jamoadoshlarimiz ruxan va jismonan o'yinga tayyor. Bu bellashuv juda muhim ekanligini hamma tushunib  turibdi. Biz o'z maydonimizda harakat qilamiz,shuning uchun ochko yuqotishga haqqimiz yuq. Muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Ular bizlarga katta ishonch bildirmoqda. 

Sanoqli kunlardan so'ng,futzalchilarimiz Jahon chempionatida o'z o'yinlarini boshlaydilar. Ularga tilaklaringiz va O'zbekiston terma jamoasi Qatar davlatidagi g'alabasi haqida fikringiz. 

-Futzalchilarimiz yaxshi natija qayd etishiga ishonaman. Ularga omad tilayman. Terma jamoamiz o'yiniga kelsak,ajoyib o'yin ko'rsatishdi va eng muhimi gol o'tkazmadi. Raqib jamoani ham ko'plab imkoniyati bo'ldi. Futbolda bir gap bor “Agar sen urmasang,senga o'rishadi”. Barcha muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarda omad tilayman. 

O'zingiz qaysi darvozabonni o'yinini kuzatasiz?

-Manga Iker Kasilyas juda ham yoqadi. O'yin uslubi va maydondagi harakatini qoldirmay kuzatishga harakat qilaman. O'zim uchun ham o'rganib,o'yinda qo'llashga intilaman.



Jizzaxlik muxlislarning yoqimtoyiga tez aylandingiz. Muxlislarga tilaklaringiz.

-Yaxshi kunimizda ham,yomon kunimizda ham biz bilan birga bo'lgan muxlislarimizga cheksiz minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Rostini aytganda,Jizzaxlik ishqibozlardek ishqibozlarni qo'rmaganman. SHaxsan o'zimni va jamoamiz nomidan muxlislarimizga rahmat aytaman. Darvozabon yarim jamoa deyishadi. Men o'z navbvtida bo'lajak o'yinda bor iqtidorim va bor kuchim bilan o'yin namoyish etishga harakat qilaman. Sizlar bilan  bo'lajak o'yindan so'ng yaxshi kayfiyatda uchrashish nasib qilsin.

Muzaffar Abdullaev juda soddadil,kam gap va muhimi ajoyib iqtidor egasi. U qisqa muddat ichida Jizzaxliklar mehrini qozona oldi va har bir o'yinda bor mahoratini namoyish etadi. Intervyu davomida ham u juda kamtarin inson ekanligini anglash qiyin emasdi. Muzaffar Abdullaevning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Dildora Xolboeva

Jizzax shaxridan maxsus

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика