Muxtorov Superligada 3 yildan so'ng gol urdi. Holmuhammedov qaytdi. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan 9ta fakt

Iskandarov Abdulaziz
12 may 2022, 11:59
Kecha Superliganing 8-turidan o'rin olgan 3ta uchrashuv bo'lib o'tdi.

Olmaliqda  "Qizilqum" - AGMK, Samarqandda "Dinamo" - "Navbahor", Toshkentda "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" jamoalari to'qnash kelishdi. Biz esa poytaxtdagi o'yinga oid fakt va ma'lumotlar bilan o'rtoqlashamiz.


1. "Lokomotiv" o'z maydonida 5ta o'yindan beri "Qo'qon-1912"ni mag'lub etishni uddasidan chiqa olmayapti. Jamoa 3 yildan beri uyda mazkur raqibga faqat mag'lub bo'lmoqda. 


11.05.2022. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 1:2

20.06.2021. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 0:1

21.08.2020. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912"  1:2

02.05.2019. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912"  2:2

07.04.2018. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 1:1



2. "Qo'qon-1912"  ketma-ket 3 o'yinda "Lokomotiv"ga mag'lub bo'lmadi. 

3. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining golsiz seriyasi yakunlandi. Jamoa avvalgi 3ta uchrashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olmagandi. 

AGMK - "Qo'qon-1912" 3:0

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 0:1

"Surxon" - "Qo'qon-1912" 1:0



4. Xurshid Muxtorov Superligada 3 yildan so'ng yana gol urdi. U so'nggi bor 2018 yilgi mavsumda "Nasaf" safida AGMK darvozasini jarima zarbasidan ishg'ol qilgan. 

19.10.2018. 26-tur.

AGMK - "Nasaf" 0:2

Gollar: Bobur Abduxoliqov 31, Xurshid Muhtorov (jarima zarbasidan) 64



5. "Shunqorlar" joriy yil mehmondagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Shuningdek, mehmonda ilk bor gol urdi. 

6. Javohir Sidiqov bu mavsum "Qo'qon-1912" libosida 2ta gol urdi va ikkisi ham yakunda g'alaba keltirdi. 



7. 1:2 ushbu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlarda eng ko'p qayd etilgan hisobdir. Shu kungacha Superligada 4, kubokda 1, umumiy 5 marotaba shunday natija kuzatilgan.  

8. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlarda golli seriya davom etadi. Superligadagi o'zaro 15ta uchrashuvning barchasida gol urilgan.

9. Murod Holmuhammedov bir yarim oylik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytdi. Himoyachi so'nggi bor Superliganing 4-turida "Metallurg"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etgan  edi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia