So’nggi yangiliklar

21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  0 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  0 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  4 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24

Muxtor Qurbonov: “SHo'rtan”ni oliy ligaga qaytarish uchun bor kuch va bilimimni ishga solishga tayyorman” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “SHo'rtan”ni oliy ligaga qaytarish uchun bor kuch va bilimimni ishga solishga tayyorman”

O'tgan hafta “SHo'rtan”ning Qarshidagi ofisida jamoa rahbariyati, xomiy tashkilot rahbarlari va klubning ishchi xodimlari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda ortda qolgan mavsumdagi omadsizlik sabablari tahlil etilib, yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib olish kerakligi haqida so'z bordi. SHuningdek “SHo'rtan”ning joriy yilning o'zidayoq yana kuchlilar safiga qaytarish va jamoani avvalgi qaddini rostlash vazifa qilib belgilandi. Yig'ilishda bosh murabbiy masalasi ham alohida ko'rib chiqilib, joriy mavsumda boshqaruv posti Muxtor Qurbonovga ishonib topshirildi. Oxirgi 1,5 yildan buyon “NBU-Osiyo” jamoasini boshqarib kelayotgan Qurbonov uchun aslida  G'uzor jamoasi begona emas. CHunki ilgari futbolchilik va murabbiylik davrida davomida u aynan ushbu klubda faoliyat yuritgan. Qurbonov 7 yanvar kuni rasman yangi ish joyida faoliyatini boshladi. SHu munosabat bilan undan intervyu oldik.

- Muxtor aka, “SHo'rtan”da ilgari ham faoliyati yuritganingizni yaxshi bilamiz. Mana endi klubga bosh murabbiy sifatida qaytdingiz. Aytingchi taklif borasida uzoq o'ylandingizmi yoki unga darhol ijobiy javob berildimi?
- Aytib o'tganingizdek “SHo'rtan”da ilgari ham ishlaganman. Bu erdagi xolatdan ozmi ko'pmi xabarim bor. Lekin oldin futbolchi va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgandim. Bu gal bosh murabbiylik masuliyatini o'z gardanimga olishga qaror qildim. “SHo'rtan” rahbariyatida ishlab kelayotgan Oblayor aka Rasulov bilan ilgari bu erda futbol o'ynab yurgan kezlarimdayoq bir-birimiz bilan iliq munosabat o'rnatgandik. Xudoga shukur haligacha shunday. Jamoaga taklif etishayotganida menga yana oliy ligaga chiqish asosiy vazifalardan biri ekanligini malum qilishgach, bundan biroz quvondim va ishlashga tayyor ekanligimni bildirdim. CHunki o'z oldiga aniq va yuqori maqsadlarni qo'yayotgan klubda ishlash, har qanday murabbiyga zavq bag'ishlaydi. SHu jumladan menga ham bu qiziq tuyuldi. Sababi bosh murabbiy sifatida “SHo'rtan”ni oliy liga olib chiqishni juda juda istayman.

- Bunday masuliyatli vazifani bajara olishingizga qanchalik ishonasiz?

- Birinch liga ishtirokchisi “NBU-Osiyo”da 1,5 yil davomida ishladim. Bu vaqt oralig'ida murabbiy sifatida o'sishga erishdim deb hisoblayman. CHunki Toshkent klubida bosh murabbiy bo'lganim tufayli, javobgarlik to'liq mening bo'ynimda edi. Buni juda yaxshi xis etdim va imkon qadar o'zimni murabbiy sifatida ko'rsatishga harakat qildim. Bilaman oldimda hozir jiddiy va aniq maqsad turibdi. Uni amalga oshirish uchun bor kuch va bilimimni ishga solishga tayyorman.

- Bugun yangi ish joyingizda birinchi kunni o'tkazdingiz (suhbat 7 yanvar kuni bo'lib o'tgan). Aytingchi jamoadagilar sizni bosh murabbiy sifatida qanday qabul qildi?
- Ha, bugun G'uzorda ilk mashg'ulotni o'tkazdik. Avvalo futbolchilar bilan kichik bir majlis o'tkazib, ularga bir maqsad yo'lida barchamiz astoydil harakat qilishimiz kerakligini aytdim. Yigitlarning ko'pchiligi bilan oldindan tanish bo'lganimiz uchun ham meni yaxshi qabul qilishdi deya olaman.

- “SHo'rtan” taklifini qabul qilganingizdan so'ng o'z oldingizga qanday maqsadlarni joriy etdingiz?
- Bu yil men uchun murabbiy sifatidagi muhim sinov mavsumi bo'ladi. Masuliyatli ishni zimmamga olganimni tushunib turibman. Albatta o'z g'oyalarimni amalda tadbiq etmoqchiman. Bilasizmi “SHo'rtan”da bir yil ishlamoqchi emasman. Bu erda astoydil ishlab, jamoani oliy ligada ham boshqarishni niyat qilganman. Buning uchun mavsum mobaynida bor bilimimni berib mehnat qilaman.

- Klubda ishni avvalo nimadan boshlamoqchisiz?
- Eng birinchi navbatda futbolchilarni huddi bir oila kabi bir maqsad yo'lida jipslashtirishga harakat qilaman. CHunki ichki muhit ko'ngildagidek bo'lsa, natija ham ijobiy bo'ladi. Intizom birinchi  o'rinda turishi, bu g'alabalar garovidir. Albatta bu narsalar eng avvalo bosh murabbiyga bog'liqdir.

- Rahbariyat jamoani elitaga qaytarishdan tashqari yana nimalarni zimmangizga vazifa sifatida yukladi?

- G'uzorda futbolni juda ham yaxshi ko'rishadi. SHuningdek bu erda iqtidorli futbolchilar ham ko'p. Bu borada ham keng qamrovda ish olib boriladi va mahalliy futbolchilarni tarbiyalab borish, jamoaning asosiy vazifalaridan biri bo'ladi. Eng muhimi bu yil kurashchan va yaxlid jamoani shakllantirishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik.

- O'tgan yilgi tarkibdan ko'pchiligi jamoani tark etmoqda. Bu sizni havotirga solmaydimi?
- To'g'ri, aksariyat o'yinchilar oliy liga jamoalari yig'iniga borib qo'shilmoqda. Lekin etakchilarning ayrimlari biz bilan birga. Xususan Asror Aliqulov, Jamol Otaqulov, Eldor Tojiboev, Olimjon Karimov, Botir Qodirqulov kabi futbolchilar jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Biz imkon qadar asosiy tarkib o'zagini saqlab qolishga harakat qilamiz.

- Sobiq jamoangizga aylanib ulgurgan “NBU-Osiyo”dan kimlarni “SHo'rtan”ga taklif etishingiz mumkin?
-  Futbolchilardan Islom Karimov, Abdulatif Abduqodirov hamda Arayk Boboev bugun men bilan birga G'uzorga kelishgan. Hozircha shular bor yangilardan.

- Yangi mavsumda murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beradigan bo'ldi?
- Bu borada katta o'zgarishlarga qo'l urmoqchi emasmiz. Zoir aka To'raqulov asosiy yordamchilarimdan bir bo'ladi. Darvozabonlar bilan esa Erkin aka Mirzaev ishlashda davom etadi. SHuningdek Ixtiyor aka Karimov ham murabbiylar shtabidan o'rin oladi. Extimol keyinchalik yana bir murabbiy qo'shilar. Buni vaqt ko'rsatadi.  
   
- “SHo'rtan”ning tayyorgarlik rejasi qanday?
- 7 yanvardan to 21 yanvarga qadar G'uzordagi qarorgohimizda, kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazamiz. SHundan so'ng 3 kunlik qisqa tatil qilib, keyin yana ikkinchi yig'inga kirishamiz. Bu safar Toshkentda. Fevral oyida asosan poytaxtda bo'lamiz. SHu yig'in jarayonida kamida 5ta o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etishimiz kerak bo'ladi.

- Har yili fevralda tashkil etiladigan PFL Kubogida ishtirok etasizlarmi?
- Bu masalas hozircha aniq emas. O'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblarimiz nomi va uchrashuv vaqti aniq bo'lgach, keyin bu haqda o'ylab ko'ramiz.


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика