So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Muxtor Qurbonov: “Selekciya jarayonini deyarli tugatdik” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “Selekciya jarayonini deyarli tugatdik”

Bir yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligada ishtirokini davom ettiradigan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga xarakat qilmoqda.
PFL Kubogida ishtirok etayotgan “SHo'rtan” o'z tarkibini bir qator mahoratli o'yinchilar bilan kuchaytirib oldi. Tayyorgarlik jarayoni, selekciya ishlari va boshqa savollar yuzasidan bosh murabbiy Muxtor Qurbonovga murojaat qildik.

- Muxtor aka, jamoangizning tayyorgarligidan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Ha, yomon emas. Hammasi oldin ishlab chiqilgan reja asosida ketmoqda. Asosiysi yanvar oyida ikkita muhim yig'inni munosib o'tkazdik. Faqat fevral oyida Turkiyada yig'in o'tkazish rejasi amalga oshmadi. Uning o'rniga Toshkentda boshlangan PFL Kubogi turnirida ishtirok etyapmiz.

- Olib borilayotgan selekciya ishlaridan qoniqish xosil qilyapsizmi?

- Albatta. Oliy ligada endi bizga oson bo'lmasligi uchun ham tarkibni shunga monand kuchaytirishga urindik. SHuning uchun ko'z ostimizga olib qo'ygan o'yinchilarni jamoaga taklif etib, ular bilan rasman kelishuvga erishdik. Unga ko'ra, Temur Jo'raev, Asror Aliqulov, Samandar SHodmonov, Eldor Boymatov, Mirzakamol Kamolov, Zafar Polvonov hamda Igor Taran kabi muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan va shu bilan birga ilgari Qashqadaryoning bosh jamoasi “Nasaf”da o'ynagan futbolchilarni safimizga qo'shib oldik. Qolaversa o'tgan mavsum “So'g'diyona”da o'ynab, o'zini ko'rsatgan hujumchi Suhrob Berdiev ham endilikda jamoamiz azosi hisoblanadi. Bulardan tashqari o'tgan yili tarkibimizda o'ynagan yosh o'yinchilar ham bor ekanligini aytib o'tishim mumkin. Aynan yoshlar va tajribali futbolchilarni uyg'unlashtirgan xolda, kurashchan jamoa shakllantirmoqchimiz.

- Demak, tarkib borasida jiddiy tashvish yo'q. SHundaymi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, o'zimiz safda ko'rishni xohlagan futbolchilarni qo'lga kiritdik. Hadiksirash yo'q, desa ham bo'ladi. Tarkibni deyarli aniqlab bo'ldik. Endi chempionatga qadar o'yin uslubimizni shakllantirish uchun ishlaymiz.

- Bu yil 37 yoshni qarshi oladigan Asror Aliqulovning qaysi jihatlarini inobatga olib, yana “SHo'rtan”ga qaytardingiz?
- Asror garchi 37 yoshga to'layotgan bo'lsa, u professional futbolchi. Yoshlarga har tomondan namuna bo'ladi. Yoshlar aynan undan o'rganib, o'sadi. Aliqulovning jamoamizga yana qaytgani bu uni yana asosiy tarkibda o'ynaydi degani emas. Mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatib, asosiy tarkibda o'ynashga munosib ekanligini isbotlay olsagina, tarkibdan o'rin oladi. Qashqadaryolik futbolchining mavsum mobaynida jamoaga foydasi tegadi degan umiddaman.

- Endi tarkibda boshqa yangi nomlarni uchratmaymizmi?
- Selekciya ishlarini 99 foizga tugatdik. Agarda rasmiy o'yinlarga qadar yana birorta o'yinimizni kuchaytirishga qodir o'yinchi topilib qolsa, shunda o'ylab qo'rishimiz ham mumkin.

- Malum muddat “SHo'rtan” mashg'ulotlarida ishtirok etgan Kamoliddin Murzoev, SHavkat Salomov va Ulug'bek Baqoevning keyinchalik jamoani tark etishi nima bog'liq? Ularga siz rasmiy taklif bilan chiqqanmidingiz yoki...?
- Yo'q, bu futbolchilar o'zlari mendan mashg'ulotlarda vaqtincha ishtirok etib turishni so'ragandi. Murzoev bilan Salomov aslida yana xorijga ketmoqchi edi. SHuning uchun sport formasini yo'qotmaslik maqsadida biz bilan birga bo'lishdi. Ammo keyinchalik voqealar rivoji ular o'ylaganichalik kechmadi.

- Agar ixtiyor o'zingizda bo'lsa bu futbolchilarni jamoangizga olgan bo'larmidingiz?
- Har uchchalasi ham o'z vaqtida milliy terma jamoada va OCHL o'yinlarida ishtirok etgan. Xalqaro tajribaga ega bo'lgan o'yinchilarni qaysi murabbiy jamoasida ko'rishni istamaydi deysiz. Lekin hammasi baribir moddiy jihatga borib taqaladi. Ular so'ragan mablag' bizning imkoniyatga to'g'ri kelmasligi mumkin. Buni to'g'ri qabul qilish kerak.

- Darvoqe, “SHo'rtan”ni Turkiya yig'ini bekor qilinishiga sabab hujjatlarning tayyor bo'lmagani bilan bog'liqmi?
- Yo'q, chiptaga buyurtma berayotganda oldindan to'lov qilish kerak bo'ladi. Ochig'ini aytganda, bu paytga kelib pul topilmadi. SHuning uchun Toshkentda qolib, PFL Kubogi musobaqasida ishtirok etishni lozim topdik.

- O'tgan yili birinchi ligada jamoa sharafini himoya qilgan bir qator yoshlar joriy mavsum oliy ligada debyut qilishga yaqin turibdi. Kimlar kashfiyot bo'lishi mumkin deb o'ylaysiz?
- Tarkibimizda iqtidorli yoshlar bir talay. Murod Rajabov, Husniddin G'ofurov (1997 yili), Umar Eshmurodov, Jamshid Hoshimov singari o'yinchilardan umidimiz katta. Ularni bu yil oliy liga havosidan bahramand qilgan xolda, tarbiyalab boramiz. Hammasi futbolchining o'ziga bog'liq. Biz imkon qadar barchasiga imkoniyat berib boramiz, undan kim qanday foydalanib qolishini vaqt ko'rsatadi.

- Murabbiylar shtabi rasman tasdiqlandimi?
- Ha, menga ayni damda Baxtiyor Qambaraliev, Jamshid Umarov, Zoir To'raqulov, Erkin Mirzaev yordam bermoqda. Boshqa o'zgarish qilinmaydi.

- Yoshlar jamoasida kim ishlaydigan bo'ldi?
- Katta ehtimol bilan yoshlarimizni mavsumga Bahodir SHoymardonov tayyorlaydi.

- Selekciya ishlaridan kelib chiqib, aytadigan bo'lsak, bu yil jamoa oldiga qanday maqsadlar qo'yilmoqda?
- Har bir o'yinda yutish va muxlislarimizni xursand qilish asosiy vazifalarimizdan biridir. Oltinchi yoki o'ninchi o'rin uchun kurashamiz degandan nima foyda. Imkon qadar yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Yaxshi tushunib turibman bu yil OAV va ishqibozlar bizga boshqacha etiborda bo'ladi. SHu bois o'zimizni ko'rsatishga xarakat qilamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика