So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Muxtor Qurbonov: “Oliy ligaga chiqqan bo'lsakda, qolgan 4ta o'yinda ham yutishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “Oliy ligaga chiqqan bo'lsakda, qolgan 4ta o'yinda ham yutishga harakat qilamiz”

Bu yil o'z oldiga elitaga qaytish vazifasini qo'ygan “SHo'rtan” chorshanba kuni rasman maqsadiga erishdi.
G'uzorliklar bir yillik tanaffusdan so'ng, yana oliy ligada ishtirokini boshlaydi. Tabiiyki bunda bosh murabbiy Muxtor Qurbonovning ham katta mehnati yotibdi. OAV xodimlari bilan muloqotdan qochmaydiganlar sirasiga kiradigan Qurbonov saytimizga eksklyuziv intervyu berdi.  

- Muxtor aka, jamoangiz o'z maydonida “Oq-tepa”ni mag'lubiyatga uchratganidan keyin, nihoyat rasman oliy ligaga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi murabbiy sifatida engil tin olayotgan bo'lsangiz kerak.

- Mavsum boshida oldimizga yana kuchlilar safiga qaytish vazifasi qo'yilgandi. Buning uchun rahbariyat tomonidan ham shunga monand sharoit yaratib berildi. Tarkibga oliy liga havosidan bahramand bo'lgan yigitlarni jalb etib, kuchaytirgandik. Tabiiyki o'z-o'zidan bosim ham kuchli bo'ldi. Yaratganga shukur, vazifani bajardik. Albatta chorshanba kungi g'alabadan keyin oliy ligaga qaytganimiz malum bo'lgach, klubning barcha azosi bundan xursand bo'ldi.  

- CHempionatning qolgan 4ta o'yinida endi yoshlarga imkoniyat bersangiz kerak?
- Agarda etibor bersangiz, safimizda yoshlar unchalik ko'p ham emas. 1997 yilda tug'ilgan Husniddin G'ofurov, 1996 yildagi Jamshid Hoshimov va ikki nafar 1995 yilda tug'ilgan “Mashal”dan ijaraga olingan Maqsud Mahmudov bilan Durbek Kamolovni ko'rsatish mumkin. Qolganlarni esa yosh deb bo'lmaydi. Yuqorida nomi keltirib o'tilgan futbolchilarga bungacha ham imkoniyat berib keldik.  

- Savolni boshqacharoq beraman. Jamoangiz endi qolgan o'yinlarni shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazadimi? CHunki futbolchilar miyasida vazifa bajarib bo'lindi qabilidagi fikr o'rnashib oldi...  
- Garchi maqsadimizga muddatidan oldin erishgan bo'lsakda, qolgan 4ta o'yinda ham faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Yigitlarga bu borada aytib, ularni qolgan o'yinlarda yanada sinchikovlik bilan kuzatishimizni, bo'lajak bahslar orqali ularning jamoada qolish-qolmasligiga oydinlik kiritishimizni tushuntirdim. SHu bois futbolchilardan qolgan o'yinlarda ham o'zlarini ko'rsatish talab etiladi. 

- CHempionat avvalida “SHo'rtan”ni tarkibini ko'rgan har qanday kishi jamoani oliy ligaga chiqishiga qattiq ishongandi. SHaxsan siz bunga qachon iqror bo'ldingiz?
- Birinchi bosqichda tan olish kerak, raqiblarimiz u qadar kuchli emasdi. SHuning uchun yirik hisobdagi g'alabalarimiz soni ko'p bo'ldi. Birinchi bosqichni mag'lubiyatsiz o'tkazib, to'plar nisbati bo'yicha ham raqiblarimizdan ilgarilab ketganimizdan so'ng, qandaydir o'zimda ham ishonch paydo bo'ldi. Agarda jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarmaganida ham kulgiga qolardik. Muxlislar va jurnalistlar keragicha tanqid qilardi. CHunki G'uzorda jamoaga yaratib berilgan sharoitlar yuqori saviyada. Klubning o'z maydoni, qarorgohi, avtobusi mavjud. Boshqacha aytganda, “SHo'rtan”ni o'rni birinchi ligada emas, balki oliy ligadadir.

- Murabbiy sifatida “SHo'rtan”ni kuchlilar safiga olib chiqqaningizni bu sohada hozircha katta yutuq deyish mumkin. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Albatta. Birinchi liga bo'lsada, bosh murabbiy sifatida katta hajmdagi ishni bajardik. Bunda nafaqat meni balki yordamchilarimni ham hissasi bor. Hozir chempionatni 1-o'rinda tugatish uchun “Qo'qon-1912” bilan kurash ketmoqda. Vazifa bajarilgan bo'lishiga qaramay, mavsumni ham 1-o'rinda yakunlashga harakat qilamiz. CHunki kichik oltin medallarni qo'lga kiritishni xohlaymiz. Tabiiyki bu menga murabbiy sifatida ham yanada masuliyat yuklaydi va oldinga intilishga chorlaydi.

- Bu jamoada ishlab murabbiy sifatida o'z falsafangizni amalda to'liq tadbiq eta oldingizmi?
- Murabbiy hech qachon o'z o'ylaganlarini to'liq chiqarib bera olmasa kerak. Hamma ham xato qiladi. Sekin-sekin rejalarimizni amalga oshirib bormoqdamiz. Maqsadim hujumkor futbol namoyish etish. Buni birinchi ligada ozmi-ko'pmi uddaladik. Yirik hisobdagi g'alabalarimiz bunga isbot bo'lsa ajab emas. Endi oliy ligada ham shuni joriy qilmoqchimiz. SHunda ishni qanchalik to'g'ri olib borayotganimiz bilinadi.

- G'uzorda mustaqil ish olib borishingizda qandaydir bosimlar bo'lmayaptimi?
- Yo'q, bu borada hammasi yaxshi. Rahbariyat tomonidan iliq munosabat bo'lib kelgan.

- “SHo'rtan”dagi kelajagingizni qanday ko'rmoqdasiz?
- Yil yakunida klub rahbarlari bilan bu borada gaplashib olamiz. Agarda barchasi ijobiy hal bo'lsa, jamoani kelasi mavsumga jiddiy tayyorlaymiz.

- Birinchi ligada boshqaruvchi sifatida ishlab ko'rdingiz. Mana endi oliy ligada ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritishga juda yaqin turibsiz. Buni o'zingiz ham qandaydir xursandchilik bilan kutayotgan bo'lsangiz kerak?
- Ha, to'g'ri. Hamma ham bosh murabbiy sifatida ishlab, yuqori marralarni ko'zlaydi. Bungacha oliy ligada yordamchi murabbiy sifatida ishlaganman. “So'g'diyona”da Rauf Inileevga, “SHo'rtan”da Igor Kriushenkoga assisentlik qilgandim. Keyinchalik mustaqil ravishda “NBU-Osiyo”ni boshqardim. Mana bu yil “SHo'rtan”da ishladim. Nasib qilsa endi bosh murabbiy sifatida oliy ligada ham ishlab, o'zimni ko'rsatmoqchiman. Bu borada o'zimga yarasha rejalarim bor.

- Agarda kelasi mavsum ham “SHo'rtan”ni boshqarish sizga ishonib topshirilsa, tarkida necha foizga o'zgarish qilmoqchisiz?
- Yuqorida aytganimdek, chempionatning qolgan 4ta o'yini orqali yigitlarning taqdiriga oydinlik kiritamiz. Qolaversa mavsum yakuniga etgach, kimlar bilan xayrlashish yoki kimlar bilan shartnomani uzaytirish borasida o'ylab ko'ramiz. Menimcha bu yilgi tarkibni 60 foizga saqlab qolsak yomon bo'lmasdi.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика