So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

Muxtor Qurbonov: "Mag'lub bo'lgan finalim ko'proq yodimda qolgan" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Mag'lub bo'lgan finalim ko'proq yodimda qolgan"

O'zbekiston kubogi finallarining ramziy terma jamoasidan o'rin olgan Muxtor Qurbonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Navbahor" bilan finalda o'ynaganmiz. O'shanda "Navbahor" juda yaxshi jamoa edi. "Do'stlik" bilan ham finalda o'ynaganman. Ko'proq esda qolgani mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham "Neftchi" tarkibida 2002 yil finalda "Paxtakor"ga qo'shimcha bo'limlarda 3:6 hisobida imkoniyatni boy berganimiz. O'sha o'yin dramatik tarzda o'tgan edi. Garchi 3 marta kubokda g'alaba qozongan bo'lsam ham mana shu engilgan o'yinimiz ko'proq yodda qolgan. Sergey Lebedev uchrashuvda ikki marotaba avtogol urgandi. Hozirgacha ko'pchilikni yodida qolgan o'sha finalda 1:3 hisobida engilib turganimizda 86 daqiqada jarima zarbasidan gol urib hisobni qisqartirganman. Keyin bosh hakam asosiy vaqtga qo'shib bergan daqiqalarda Akmal Xolmatov to'p kiritib hisobni tenglashtirgandi. Bahs juda qiziqarli kechgan edi, afsuski qo'shimcha bo'limlarda kuchimiz etmay qolib 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edik. Umumiy olganda har bir finalni o'z o'rni bor.

Bugun O'zbekiston kubogi finalida "Bunyodkor" hamda "Nasaf" jamoalari o'zaro bellashadilar. Bu o'yinda imkoniyatlar 50 ga 50 deb o'ylayman. "Nasaf" oxirgi paytlarda bir nechta yoshlarni qo'shgan holda bitta tarkibni o'ynatib kelmoqda, bu esa jamoa azolari bir-birini yaxshi tushunishlari uchun xizmat qilmoqda. "Bunyodkor"ni yosh futbolchilari o'tgan yilgi og'ir mavsumdan so'ng hozir ancha o'sishga erishdi. Bir so'z bilan aytganda bugun qiziqarli o'yin guvohiga aylanamiz", - deydi Muxtor Qurbonov.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

O'ZBEKISTON KUBOGI. BARCHA FINALLARNING RAMZIY TERMA JAMOASI


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика