So’nggi yangiliklar

02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  16 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  4 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  5 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  18 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  22

Muxtor Qurbonov: “G'uzordagi birinchi uchrashuvda hayajon bo'ldi” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “G'uzordagi birinchi uchrashuvda hayajon bo'ldi”

“SHo'rtan” va “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiy quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
-   Garchi, mavsumning ikkinchi turi bo'lsa-da, o'z muxlislarimiz - g'uzorliklar oldida birinchi uchrashuvda maydonga tushganligimiz uchun yigitlarda biroz hayajon sezildi. SHuning uchun o'yinning dastlabki daqiqalaridan tashabbusni qo'lga olsak-da va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratgan bo'lsak-da, ularni samarali yakunlashda aniqlik etishmay qolaverdi. SHukrki, hammasi yaxshi yakun topdi. Lekin shu o'rinda takidlashim kerakki, yirik hisobda yutgan bo'lsak-da, g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Raqibni ham hurmat qilgan holda ularning kuchiga etarlicha baho berish zarur.

-   Siz zaxira kuchlaridan unumli foydalandingiz? Aytingchi, futbolchilarni almashtirishda biror bir holatga etibor qilasizmi?

-   Har bir murabbiyning o'yin davomida o'z zaxirasi, siri va yashirin quroli bo'ladi. Albatta, bunday imkoniyatlardan to'g'ri va o'z vaqtida foylanish samara beradi. Bugun ham shunday bo'ldi. G'ulomhaydar G'ulomov maydonga tushishi bilan gol urdi. Viktor Klishin ham golli vaziyatlarni yaratishda faol harakat qildi. Qolaversa, jarohat olgan Rustam Azamov o'rniga tushgan Laziz Ubaydullaev ham ishonchimizni oqladi.

-   Azamovning jarohati nechog'li, u qachon safga qaytadi?
-   Hozir bu to'g'risida aniq gap aytish qiyin. SHifokorlar bilan tezlikda maslahatlashib, ularning tashxisiga qarab keyin biror aniq gap aytsak bo'ladi.  


“SHo'rtan” klubi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика