So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  88 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Muxtor Qurbonov: “Birinchi ligada hammasi yuzaki” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “Birinchi ligada hammasi yuzaki”

Birinchi ligadan “Mashal” bilan “Andijon” oliy ligaga yo'llanma olganidan xabaringiz bor.
Agarda ushbu klublar bo'lmaganida kimni favorit qilib ko'rsatishni ham bilmasdik. CHunki u erda o'z oldiga aniq jiddiy vazifa qo'yadigan jamoaning o'zi yo'q. Aksariyat klublar kun o'tsa bo'ldi qabilida ish yuritadilar. Masalan “NBU-Osiyo” jamoasi ancha yillardan beri birinchi ligada qatnashib kelmoqda. Lekin oliy ligaga chiqish uchun kurashmaydi. O'tgan mavsumni bu jamoa 3-o'rinda yakunladi. Bunda bosh murabbiy Muxtor Qurbonovning hissasi katta bo'ldi. Bu yil esa “bankirlar” ishonchsiz qatnashishdi. Buning sababini bilish uchun Qurbonov bilan bog'langanimizda birinchi liganing achchiq haqiqatlari xususida gapirib o'zi ham endi “NBU-Osiyo”da ishlamoqchi emasligini malum bo'ldi.


- Ushbu yilni “NBU-Osiyo”da o'tkazdingiz. Aytingchi, yakunlangan chempionatdan qanday taassurotlar qoldi?

- Bu yilni o'zimiz xohlagandek o'tkaza olmadik. O'tgan yili 3-o'rinni egallagan bo'lsak, bu yil 7-pog'ona bilan cheklanganimiz hammasini aytib turibdi. CHempionatda jamoamiz uchun baland-pastliklar ko'p bo'ldi. Ayniqsa, ketma-beshta o'yinda mag'lubiyatga uchraganimiz bizga yomon tasir qildi. Umuman olganda, bu yil ko'nglim to'lmadi.



- Birinchi ligada aksariyat jamoalarda ishlash uchun sharoitlar yaxshi emas. SHu jumladan “NBU-Osiyo”da ham qoniqarli emas. Bunday sharoitda ishlash sizga ham yoqmasa kerak?

- “NBU-Osiyo”dagi vaziyatni tushunmadim. Klub xo'ja ko'rsinlikka tashkil etilganidek taassurot uyg'otyapti. Futbolchilar uchun to'lanadigan maoshlar esa juda kam. Misol uchun mukofot puli 160 ming, oylik esa 350 ming so'm xolos. O'zingiz o'ylang, bu futbolchiga etadimi? Agar kunini bozorda o'tkazib keyin futbol uchun kelsa, to'lanayotgan ushbu pullar etishi mumkin. Lekin o'yinchilarning futbol o'ynashdan boshqa ishi yo'qku. Qo'limdan kelganicha yigitlarni “ushlab” mavsumni o'tkazdik. Bunday jamoadan men ham ketaman, endi ishlamoqchi emasman.



- Bunday sharoitda jamoadan natija talab qilishning o'zi kulguli. Aytingchi, u erda ishlashga sizni nima majbur etdi?

- Klubga o'tgan yili yozda kelganman. Hali yosh murabbiy bo'lganim uchun birdaniga katta jamoalarda ishlay olmasdim. Avvalo o'zimning mahoratimni rivojlantirishim kerak. Bu men uchun tramplin edi. Qolaversa, uyim Toshkentda bo'lgani bois men uchun qulay bo'ldi. Ilgari futbol o'ynab oilada ko'pincha uzoqroqda bo'lardik. Endi esa oilam bilan ko'proq bo'lyapman va farzandlarim tarbiyasiga ham etarlicha etibor qaratyapman. Aytmoqchimanki, uyimga yaqin bo'lgani uchun ham “NBU-Osiyo”da ishladim.



- Birinchi ligada baribir saviya ancha past. Agar “Mashal” bilan “Andijon”ni hisobga olmaganda, oliy ligaga chiqish uchun munosib nomzodning o'zi yo'q. Bu erda ishlab saviya haqida nima deya olasiz?

- Boya aytganimdek, hammasi xo'ja ko'rsinlikka qilinyapti. Jamoa bormi desa, bor deyishadi. Birinchi ligadagi deyarli 95 foizi aynan mana shunday. Oliy ligaga chiqish yoki qandaydir aniq maqsad qo'yish ularning hayoliga umuman kelmaydi. 200 ming oylik, 200 ming mukofot puli berib klubni “sudrab” yurishadi. Ularda yuqoriga kurashuvchanlik ishtiyoqi ham yo'q. SHu sababli birinchi ligada futbol o'sayotgani yo'q. Qachonki, 6-7ta jamoa oliy ligaga chiqishga vazifa qo'ysagina o'sish bo'ladi. Oliy ligadan boshqa ligalarimiz shunchaki yuzaki bo'lyapti.



- Bunday qiyin ahvolda murabbiy sifatida malakangizni oshira oldingizmi?


- Futbolni tugatganimdan keyin “So'g'diyona”da Rauf Inileevga yordam berdim. Keyin “SHo'rtan”ga borib belorussiyalik Igor Kriushenko bilan ishlab o'zimga ozmi-ko'pmi tajriba oldim. “NBU-Osiyo”da esa ilk bor mustaqil sifatida bosh murabbiy bo'lib ishlab o'zimni sinab ko'rdim. Bu erda ishlab yaxshi va yomon tomonlarini bildim. Moliyaviy tomondan muammolar ko'pligi bois futbolchilardan talab qilish ham qiyin bo'ldi.



- Hamma ham o'z ishini qilayotganida rohat olib ishlashni istaydi. Siz ham u erda ishlab mazza qildim deb ayta olasizmi?

- G'alaba qozongan holda o'yindarni o'tkazsa murabbiy ham mazza qilib ishlaydi. Birinchi davrada xar holda tuzukroq ishtirok etdiik. Lekin ikkinchi davraga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ra olmadik. Bizni klubda sharoit yo'qligi bois faqat bir mahal shug'ullandik. Ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'ra olmadik. To'g'risi, ketma-ket besh marta yutqazganimizdan so'ng mening ham ishtiyoqim so'nib qoldi. Baribir mag'lubiyat hech kimga yoqmaydi. Bosh murabbiy sifatida bu holat meni ham hijolatga solib qo'ydi. Bir amallab chempionatni oxiriga etkazib qo'ydik. Birinchi davrada harqalay mazza qilib ishlagandim.



- “NBU-Osiyo”ni tark etgach faoliyatingizni birinchi ligada davom ettirmoqchi emasmisiz?

- Bilmadim. Bo'ladigan taklifga qarab ish tutaman. Hozir esa uyda xordiq chiqaryapman.



SHuhratbek Jo'raev suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика