Muxlislarning fikricha, Beyl Xamesni emas Iskoni o'rniga maydonga tushishi kerak
07 noy 2014 17:12
Yangiliklar


Muxlislarning fikricha, Beyl Xamesni emas Iskoni o'rniga maydonga tushishi kerak
Ispaniyaning "Marca" gazetasi o'z o'quvchilari orasida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda "Real" asosiy tarkibida kim tushishi kerakligi haqida so'rov o'tkazdi.
Savol shunday edi: "Safga qaytgan Garet Beyl kimning o'rniga maydonga tushishi kerak? Futbol ishqibozlari Isko yoki Xames Rodrigesdan birini tanlashlari kerak edi.
So'rov natijalariga ko'ra, ko'pchilk uelslik futbolchi Iskoni almashtirish kerak deb hisoblaydi. Iskoga 56% muxlislar ovoz bergan.

Fikrlar