Muxlislarning fikricha, Beyl Xamesni emas Iskoni o'rniga maydonga tushishi kerak

Aslanov Jasurbek
7 noya 2014, 17:12
Ispaniyaning "Marca" gazetasi o'z o'quvchilari orasida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda "Real" asosiy tarkibida kim tushishi kerakligi haqida so'rov o'tkazdi.

Savol shunday edi: "Safga qaytgan Garet Beyl kimning o'rniga maydonga tushishi kerak? Futbol ishqibozlari Isko yoki Xames Rodrigesdan birini tanlashlari kerak edi.

So'rov natijalariga ko'ra, ko'pchilk uelslik futbolchi Iskoni almashtirish  kerak deb hisoblaydi. Iskoga 56% muxlislar ovoz bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com