Muxlislarga rahmat! Islom To'xtaxo'jaev OCHL 1-tur eng chiroyli gol muallifi
08 mar 2019 15:14
Yangiliklar


Muxlislarga rahmat! Islom To'xtaxo'jaev OCHL 1-tur eng chiroyli gol muallifi
OFK saytida davom etgan so'rovnoma o'z yakuniga etdi.
Sayt xodimlari Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida kiritilgan eng chiroyli golni aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazishdi. CHiroyli gollar orasida "Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevning "Al Vahda" darvozasiga kiritgan goli ham bor edi. Ko'rgan bo'lsangiz kerak, Islom jarima to'pini mahorat bilan amalga oshirdi.
Bir kun davom etgan so'rovnomada 2262 muxlis qatnashib, shulardan 1441 nafari Islom To'xtaxo'jaevga ovoz berishdi. Natijada "Loko" sardori 64 foiz ovoz bilan birinchi o'rinni egalladi hamda uning goli OCHL 1-turidagi eng chiroyli gol deb topildi. SHu o'rinda Islom To'xtaxo'jaev uchun ovoz bergan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
O’xshash yangiliklar
21:00
Pro liga. "Olimpik MobiUz" va "Lokomotiv"da g'alaba, "Aral" va "Jayxun" o'zaro durang o'ynadi 0

Fikrlar