So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Muxlislar O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalarini qaerlarda harid qilishlari mumkin? Yangiliklar

Muxlislar O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalarini qaerlarda harid qilishlari mumkin?

Bilasiz, noyabr oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu muhim bahslarga tayyorgarlik doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Uchrashuv 9 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi va soat 17:00da boshlanadi.

Oldin xabar berganimizdek, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo'lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o'yini chiptalari savdosini to'liq hajmda amalga oshiradi.

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalari sotuvi hamon davom etmoqda.  Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega.

Hozirda o'yin chiptalari iticket.uz saytida, shuningdek, quyidagi savdo shaxobchalari va kassalarda sotilmoqda:

- Afrosiyob 4A, Grand Trade Biznes Markazi, 1-qavat (Soat 09:00dan - 19:00gacha);

- “Humo Arena” majmuasi (Soat 10:00dan - 20:00gacha);

- “Samarqand Darvoza” ko'ngilochar savdo majmuasi, 1-qavat (Soat 10:00dan - 22:00gacha);

- “Compass” ko'ngilochar savdo majmuasi, 1-qavat (Soat 10:00dan - 22:00gacha);

- Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 1/4, Malika Prime mehmonxonasi (Soat 09:00dan - 18:00gacha).

- “Paxtakor” stadioni kassasi (Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi yonida joylashgan kassa - soat 10:00dan - 20:00gacha).

CHipta bo'yicha batafsil malumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика