So’nggi yangiliklar

20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  56 20:45Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 0:0 (матнли транлсяция)  12 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  5 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  0 19:29ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" - "Олимпик" 2:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  5 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  13 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  16 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3

Muxlislar kiritilmasa, TVda ko'rsatilmasa, PRO-Ligani qanday kuzatish mumkin? Yangiliklar

Muxlislar kiritilmasa, TVda ko'rsatilmasa, PRO-Ligani qanday kuzatish mumkin?

Xabaringiz bor, 23 iyun kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi musobaqasining birinchi bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar o'tkazildi.

Mazkur bosqich doirasida PRO-Liganing jami 8 jamoasi o'zaro to'qnash keldilar. Xususan Farg'onada "Neftchi"-"Xorazm", "Istiqlol"-"Dinamo", Yaypanda "Turon"-"SHo'rtan" va Toshkentda "Oq-tepa"-"Zomin" uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

O'ziga xos darajada shiddatli va murosasiz kurashlarga boy o'tgan ushbu uchrashuvlar PRO-Ligada ham qaysidir manoda Superligadan qolishmaydigan o'yinlar bo'lib o'tishini yana bir bor isbotlab berdi deb aytsak mubolag'a bo'lmasa kerak. SHu o'rinda bizda yuzaga kelgan dastlabki savol, nega mazkur bosqichdan o'rin olgan barcha uchrashuvlar bir kunda va bir xil vaqtda o'tkazildi? Odatda bu kabi xolatlarni biron bir chempionatning so'ngi turlarida kuzatish mumkin bo'lardi. Yani, biron jamoa narigi uchrashuv natijasidan xabardor bo'lgan xolda o'yin o'tkazishini oldini olishga qaratilgan chora sifatida amalga oshirilardi. Ne ajabki, o'sha kuni kubok bahslarining birinchi bosqich uchrashuvlari bir vaqtda bo'lib o'tdi. Etiborlisi, birinchi bosqichda g'alaba qozongan jamoa ikkinchi bosqichda kim bilan duch kelishini ham oldindan bilmaydi, musobaqa reglamentiga ko'ra ikkinchi bosqichda ham juftliklar qura tashlash yo'li bilan aniqlanardi. Nega bu haqida aytayapmiz? Uchrashuvlarning bir vaqtda o'tkazilishi biz kabi turli OAV vakillariga qiyinchilik tug'dirdi. Masalan Championat.asia ning Farg'ona viloyatida jami 3 nafar muxbirlari bor. Kimdir o'yinni tasvirga tushiradi, yana biri tahlil qiladi, sharh yozadi va hokazo. SHu kuni Farg'ona viloyatining o'zida 3 ta o'yin bir vaqtda o'tkazilishi o'sha muxbirlar istasa-istamasa bitta uchrashuvni tanlashga majbur bo'lishdi - "Turon"-"SHo'rtan" bahsi.


Yaypandagi "O'zbekiston" stadioni. "Turon"-"SHo'rtan" bahsidan lavha

Toshkentda bo'lib o'tgan "Oq-tepa"-"Zomin" uchrashuvi saytimiz orqali to'liq formatda yoritib borildi, murabbiy va futbolchilarning fikrlari elon qilindi, o'yindan maxsus fotogalereya o'quvchilarga taqdim etildi.



"Oq-tepa" - "Zomin" uchrashuvidan lavha


Karantin talablariga amal qilingan xolda yurtimizda futbol uchrashuvlari muxlislarsiz tashkil etilmoqda. O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning zamirida inson salomatligi eng muhim omil sifatida qarab kelinadi. SHundan kelib chiqqan xolda mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshiralayotgan ishlar tahsinga sazovor albatta. Masalan O'FA hamda O'zPFLning O'zMTRK bilan xamkorlikdagi sayi-harakatlari natijasida Superliga uchrashuvlari to'liq hajmda televidenie orqali namoyish etilmoqda. O'z navbatida muxlislarda haqli savol tug'iladi, PRO-Liga o'yinlarini qaerda kuzatamiz? Talabga ko'ra stadionlarga muxlislar kirtilmaydi, televidenie orqali namoyish etilmasa, chindan muxlislar qanday kuzatib borishadi ushbu chempionat doirasidagi o'yinlarni? Yuqorida aytganimdek butun Respublika bo'ylab 100 nafarga yaqin muxbirlari bo'lgan Championat.asia oldida ham agar PRO-Liga bahslari bir vaqtda o'tkazilsa qiyin tanlovlar yuzaga keladi. Muxlislar o'yin vaqtida futbol klublarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga termulib o'tirishga majbur, lekin etarlicha malumot olishlariga ishonish qiyin.



"Oq-tepa"-"Zomin" uchrashuvini tomosha qilayotgan muxlislar


O'yinlar yakunida murabbiylarning fikrlarini tinglash odatiy xolga aylangan. Masalan, 23-iyun kuni O'zbekiston kubogi birinchi bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunida birgina "Turon" - "SHo'rtan" uchrashuvini aytmasa boshqa o'yinlardan so'ng matbuot anjumanlari o'tkazilganligi haqida biz eshitmadik. Saytimiz muxbirlari tashabbusi bilan tashkil etilgan "Oq-tepa"-"Zomin" bahsidan so'ng murabbiy va futbolchilar fikri muxlislar etiboriga havola etildi. Lekin qolgan uchrashuvlardachi? Muammo nimada o'zi? Reglamentda PRO-Liga va O'zbekiston kubogi bahslari yakunida matbuot anjumanlari tashkil etilishi majburiyati qo'yilganmi?

O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev PRO-Liga o'yinlarini televidenie orqali namoyish etilishi uchun jon kuydirib harakat qilayotganini barchamiz ko'rib turibmiz. Yaqinda "Sport" telekanalidagi chiqishida ham, shuningdek saytimiz ijodkorlari tashabbusi evaziga tashkil etilgan "Muxlisdan savol" ruknida ham O'zPFL rahbari ushbu masala bo'yicha amaliy ishlar olib borayotganligini malum qildi. Bu o'rinda MTRK ham bor imkoniyatini ishga solishiga shubha yo'q. Mutasaddilar bu borada yanada faolroq bo'lishlari, balki xududiy telekanallar bilan ham xamkorlikni yo'lga qo'yilishi haqida o'ylab ko'rishlari maqsadga muvofiq bo'lar edi.


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика