Muxlislar JCH-2018ning ramziy jamoasini tuzishdi
25 iyu 2018 15:24
Yangiliklar
Muxlislar JCH-2018ning ramziy jamoasini tuzishdi
FIFA muxlislar yordamida Rossiyadagi jahon chempionati-2018 ramziy terma jamoasini tuzdi.
Eng ko'p ovoz yiqqan futbolchi Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich bo'ldi.
Ramziy terma jamoadan quyidagi futbolchilar joy olishdi:
Darvozabon: Tibo Kurtua (Belgiya).
Himoyachilar: Diego Godin (Urugvay), Marselo (Braziliya), Tyago Silva (Braziliya), Rafael Varan (Franciya).
Yarim himoyachilar: Filippe Koutino (Braziliya), Kevin De Bryuyne (Belgiya), Luka Modrich (Xorvatiya).
Hujumchilar: Garri Keyn (Angliya), Kilian Mbappe (Franciya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).
Mirobid Mirsodiqov tayyorladi.
Fikrlar