So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  9 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

Muxlisi yo'q - bahona! Yangiliklar

Muxlisi yo'q - bahona!

Kecha, 24 dekabr kuni O'FAning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi. Unda Toshkentning "Lokomotiv" klubi mavzusi ko'tarilganidan muxlislarning xabari bor.

Malum bo'lishicha, Kongressdagi navbatdagi tashqari mavzulardan birida "Lokomotiv"ni Xorazm yo Samarqandga ko'chirib, klubning TTZdagi qarorgohini Olimpiya terma jamoasiga olib berish haqida so'z borgan. Nima uchun ko'chirish kerak degan savolga bu jamoaning Toshkentda muxlisi yo'q (yoki kam) deb javob berilgan.

To'g'ri, "Lokomotiv" o'z muxlislari soni bilan maqtana olmaydi. Lekin sifat borasida ko'pchilikka o'rnak bo'lishi turgan gap. "Loko" ishqibozlari uy uchrashuvlarida jamoani juda yaxshi qo'llashadi, fan klub rahbarlaridan biri Sadulla Muzapparovning say-harakatlari bilan fan klubga ancha rang kirdi.

Muxlislar endilikda quruq baqir-chaqirdan voz kechdi. Ruschasiga aytganda jamoani oldinga boshlash uchun "krichalkalar" (qo'shiqlar) yaratildi. Hozir "Lokomotiv"ning kamida 10ta zo'r muxlislar qo'shig'i bor. Bundan tashqari, "Loko" muxlislari viloyatga borganda, o'zlarini juda tarbiyali tutishadi, hali shu paytgacha fan klub falon joyda ishkal qilibdi, kelishmovchilik yuzaga kelibdi degan gap quloqqa chalinmagan.

Bu - birinchidan. Ikkinchidan, hech qaysi joyda biron bir futbol klubining faoliyati muxlisi bor yoki yo'q, kam yoki ko'pligi bilan o'lchanmaydi. Klubga OFK, O'FA va PFL tomonidan qo'yiladigan talablarni qay darajada bajarishi orqali baho beriladi. Masalan, OFK hech qachon muxlising kam ekan, shunga CHempionlar Ligasida o'ynamaysan demaydi, marhamat licenziyalash talabini bajar, kerakli o'rinni egalla va OCHLda o'yna.

"Lokomotiv" har yili OFK, O'FA va PFL licenziyalash talablarini birinchilardan bo'lib bajarib kelmoqda. Qolaversa bunday klubga havas qilsa arziydi. Asosiy jamoaning Proligaga tushib ketgani - bu bir shunchaki omadsizlik va o'ziga xos sinov. Klub rahbariyati jamoa oldiga bir yilning o'zida Superligaga qaytish vazifasini qo'ygan. Bir yil bir pasda o'tadi-ketadi.

Hozir O'zbekistonda ko'p klublar "Loko"ga havas qiladi. Bitta zamonaviy klubga nima kerak bo'lsa, "Loko"da hammasi bor. Masalan, stadion bormi? Bor. Klub ofisi bormi? Bor. Baza bormi? Bor. Asosiy jamoa - bor. U-18 jamoasi - bor. Futbol maktabi - bor. Ayollar jamoasi - bor. Futzal klubi - bor. U-16 ayollar jamoasi - bor. 

Endi bir hisoblab ko'ring, Superliganing barcha 14ta klubida ham shular bormi?

SHunday ekan, hamma narsasi bor jamoani muhokama qilgandan ko'ra, o'z stadioni qolib boshqa joylarda o'ynaydigan klublarni muhokama qilgan yaxshi emasmi? Bitta jamoani bir joydan boshqa joyga ko'chirguncha yaxshisi o'sha joyda yangi jamoa barpo etgan maqulmasmi?

"Lokomotiv" 2004 yildan boshlab Oliy ligada ishtirok etishni boshlagan bo'lsa, bu qisqa vaqt oralig'ida 3 karra O'zbekiston chempioni (2016, 2017, 2018), 3 karra O'zbekiston Kubogi sohibi (2014, 2016, 2017), ikki karra O'zbekiston Superkubogi sohibi (2015, 2019) bo'ldi hamda 2016 yil Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib bordi. O'zbekistonda mustaqil chempionat yo'lga qo'yilganidan beri hali chempion bo'lmagan jamoalar qancha. Bu tomonlama ham ko'pchilik "Loko"ga havas qiladi. 

Yana bir gap. Futbolchilar nima uchun "Lokomotiv"ga kelishga oshiqadi? CHunki "temiryo'lchilar" safida o'ynab, chetga ketish oson bo'lib qoldi va "Loko" bu borada tramplin vazifasini bajarib kelmoqda. So'zimizning isboti sifatida "Lokomotiv"da o'ynab chetga ketgan futbolchilarni keltiramiz. 


Temurxo'ja Abduxoliqov - avvaliga Qatarning "Al Sayliya", so'ngra BAAning "Xorfakkan" klubiga.

Sanjar SHoahmedov - Qatarning "Al Sayliya" klubiga

Sardor Rashidov - Portugaliyaning "Nasonal" klubiga

Ignatiy Nesterov - Saudiya Arabistonining "Ohod" klubiga

Ikrom Aliboev - Janubiy Koreyaning "Seul" klubiga

Sardor Mirzaev - Tailandning "Muangton Yunayted" klubiga

Islom To'xtaxo'jaev - Xitoyning "SHenyang Urban" klubiga

Jamshid Iskanderov - Janubiy Koreyaning "Seongnam" klubiga

Oston O'runov - Rossiyaning "Ufa" klubiga

Oleg Zoteev - Janubiy Koreyaning "CHonnam Dragons" klubiga

SHerzod Fayziev - Malayziyaning "SHri Paxang" klubiga

Jasur Jaloliddinov - Qozog'istonning "Qayrat" klubiga

Azizbek Amonov - Eronning "Istiqlol" klubiga

Va bosh murabbiy sifatida Samvel Babayan - Xitoyning "CHanchun Yatay" klubiga.


Bu transferlar yaqin 3-4 yil ichida ro'y berganini hisobga olsak, klub tarixi uchun katta voqelik. Endi savol: "Paxtakor"ni hisobga olmaganda yana qaysi klub ko'p futbolchilarini chetga transfer qilgani bilan maqtana oladi?

"Lokomotiv" futbol klubi jamoa uchun xizmat qilgan murabbiy yoki futbolchi, yo boshqa soha vakili taqdiri uchun doim qayg'urib keladi. Bundan tashqari "Lokomotiv" jamoada yaxshi o'yin ko'rsatgan hech bir futbolchiga eshikni qattiq yopmaydi.

Xulosa shuki, muxlisi yo'q degan bahona bilan bir jamoani shunchaki boshqa joyga ko'chirib yuborish hech qaysi futbol qoidalari va sport principlariga to'g'ri kelmaydi. Yuqoridagilar viloyatlarda ham futbol rivojini xohlayotgan bo'lsa, yaxshisi joylarda yangi jamoalarni tashkil etish kerak.

X.Xoliqov.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика