So’nggi yangiliklar

14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  0 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   3 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  15 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2

"Muxlisdan savol". Gadoevni kim kashf qilgan: Qosimov yoki Berdiev? Futbolchi javob berdi Yangiliklar

"Muxlisdan savol". Gadoevni kim kashf qilgan: Qosimov yoki Berdiev? Futbolchi javob berdi

Bir necha yillar oldin O'zbekiston terma jamoasi va Qarshining “Nasaf” klubi safida porlab chiqqan SHohruh Gadoev bugungi kunda Janubiy Koreyada faoliyat olib bormoqda.

"Muxlisdan savol" rukni doirasida Koreya birinchi divizionida ishtirok etuvchi “Tedjon Sitizen” klubi sharafini himoya qilayotgan Gadoevga o'quvchilarimizdan kelib tushgan eng sara va qiziqarli savollar bilan murojaat qildik.

- SHohruh Gadoev futbolga qiziqib qolishiga kim sababchi?
- Juda yoshligimdan o'zim futbolga qiziqardim. Kichkinaligimda televizor orqali Evropadagi futbol o'yinlarini tomosha qilardim. 8-10 yoshimdan futbolga qiziqishni boshlaganman.

- Siz Qashqadaryo viloyati Xo'jaqo'rg'on qishlog'idansiz. SHu qishlog'ingizda kelajakda futbolni rivojlantirish uchun rejalaringiz bormi?

- Albatta o'zim tug'ilib o'sgan joyda futbolni rivojlantirish va yosh avlodga futbolni o'rgatish rejamizda bor. Nasib qilsa yaqin vaqtlar ichida bu borada ish boshlaymiz.



- Yoshlikda o'ylagan orzularingizga erisha oldingizmi?

- Erishdim. Barcha orzularimga erishdim deya olmayman, lekin nolimayman. Hali orzularim bisyor.

- SHohruh Gadoevni kim kashf qilgan? “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yoki o'sha paytdagi O'zbekiston terma jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov?

- Har ikkala murabbiyning ham xissasi katta bo'lgan. Ro'ziqul Berdievni ham, Mirjalol Qosimovni ham juda hurmat qilaman, ulardan doim minnatdorman.

- O'sha og'ir jarohatingiz bo'lmaganda hozir bundan ham yuqoriroq cho'qqiga erisha olarmidingiz? Jarohat olib futboldan uzoqlashganda nimalarni his qilgansiz?

- Futbolda jarohat yonma-yon turadi. Yuqori cho'qqiga chiqishi uchun inson har doim mehnat qilishi kerak. Jarohat olganimda futboldan uzoqlashganimda tezroq sog'ayib maydonga qaytishni istardim.

- Evropa kulublaridan takliflar bormi?

- Hozircha yo'q, nasib qilsa bo'lib qolar. Istagim Evropa klublarida o'ynash.



- Tasavvur qiling erkin agentsiz. Hozir “Nasaf” inqiroz davrida. Sizda “Lokomotiv”, “Paxtakor” va “Nasaf”dan taklif tushsa qaerga o'tgan bo'lardingiz.

- Agar erkin agent bo'lganimda albatta "Nasaf"ga borgan bo'lardim. CHunki “Nasaf” men uchun qadrdon klubga aylanib qolgan.

- Nima uchun o'z vaqtida Bahraynga ketgansiz? O'zimizning klublardan taklif bo'lmaganmi yoki pul uchunmi?

- O'zbek klublaridan takliflar bo'lgan, bo'lmagan emas. Pul uchun Bahraynga ketmaganman. O'sha paytda O'zbekistonning kuchli klublari katta pul taklif qilgandi. Ammo legioner bo'lishni istaganman.

- "Tedjon Sitizen"dagi o'yinlaringizdan ko'nglingiz to'lmoqdami?

- Albatta, Koreya klubidagi o'yinlarimdan ko'nglim to'lmoqda. O'tgan mavsum jamoa to'purarlari orasida ikkinchi o'rinni egallagandim. Bu mavsumda ham ko'plab gollar urib “Tedjon Sitizen”ning g'alabalariga o'z xissamni qo'shmoqchiman.



- Siz O'zbekiston va Bahrayn oliy ligasida, Janubiy Koreya birinchi ligasida o'ynadingiz. Qaysi chempionat kuchli deb o'ylaysiz?

- Bahraynning hamma jamoasi ham kuchli deya olmayman. Ammo 3ta kuchli klubi bor, qolgan klublar esa o'rtamiyona. Janubiy Koreya chempionati Osiyoning kuchli ligalaridan biri hisoblanadi. Birinchi ligada ham kuchli klublar va futbolchilar ko'p. Ular orasida yaxshi saviyadagi legionerlar ham bor. O'zbekiston chempionati ham yaxshi saviyada. Bugungi kunda o'zimizda kuchli klublar ko'payganini ko'rdim.

- Jismonan ozg'inroqsiz, bu sizga 90 daqiqa mobaynida o'ynashingizga halaqit bermaydimi, umuman jismonan yuksalish uchun toshlar ko'tarib yoki trenajyor zallariga borib turasizmi?

- To'g'ri biroz ozg'inroq bo'lshim mumkin. Aksincha ozg'in futbolchilarning jismoniy holati yaxshi bo'ladi. Masalan, men 90 emas 120 daqiqa bemalol yugura olaman.

- Sizga eng ko'p beriladigan savolni bermoqchiman: “Real” yoki “Barselona”?

- To'g'risi “Real”ning ham, “Barselona”ning ham o'yinlarini sevib tomosha qilaman. Ammo muxlislik qiladigan klubim – PSJ.



- Jahon futbolidagi sevimli futbolchingiz kim?

- Argentinalik Anxel Di Mariya.

- Futboldan keyingi sevimli sport turingiz qaysi?

- Men UFC bilan tennis sport turiga qiziqaman va tomosha qilib boraman.

- Agentingiz bormi?

- Agent emasku Janubiy Koreya klubiga o'tishimda bugungi kunda “Bunyodkor” klubi bosh direktori bo'lib ishlayotgan Ulug'bek Mirzaevning yordamlari katta bo'lgan. Yuridik savollar bo'yicha ham shu inson menga ko'p yordam berib keladilar.

- CHap qanotda o'ynaydigan qaysi futbolchining o'yinlariga havas qilasiz?

- Yuqorida aytdim. Menga Anxel Di Mariyaning o'yinlari yoqadi.



- Sizga jarohat etkazgan Davron Hoshimov bilan munosabatingiz qanday?

- Davron Hoshimov bilan futbolda salom-alik bor. Ammo hayotda u qadar yaxshi emas.

- Siz futbol maktabini tugatganingizdan so'ng Rossiyaga ishlash uchun ketmoqchi bo'lganingizda “Nasaf”dan taklif tushib katta futbolga kelganingiz rostmi?

- Yo'q, futbol maktabini tugatgach “Dinamo 01” jamoasiga qabul qilishgan. Rossiyaga ketishim haqidagi gaplar yolg'on.

Narzulla Saydullaev tayyorladi


"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan"

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика