So’nggi yangiliklar

17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  2 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  9 16:06Дуранг қайд этилган Тошкент дербисидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:51Хейлунд юзидаги хуснбузарлардан қутилиш учун лазер терапия курсидан ўтди  3 15:29Нико трансфери қачон ҳал бўлади?  2 14:10Тен Хаг: "Мавсум стартида МЮ очколар йўқотиши мумкин"  5 13:44Тен Хаг Рэшфорд ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  2 13:26"Манчестер Сити"га "Бавария" футболчиси керак  1 12:59Гвардиола "Ман Сити"да қайси чизиқни кучайтириш кераклигини айтди  5 12:39"Ювентус" 15 млн. еврога Шуталони сотиб олиши мумкин  1 11:01Уэйн Руни Англия терма жамоаси бош мураббийи ким бўлиши кераклигини айтди  5 10:41ESPN АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши футболчиларини аниқлади. Холанд 2-ўринда, Палмер эса 14  2 10:20Ямаль "братишка"сини Олимпиада олтин медали билан табриклади  16

Muxlis xotirasidan: "Paxtakor" - "Dinamo" (Kiev) 5:0 Yangiliklar

Muxlis xotirasidan: "Paxtakor" - "Dinamo" (Kiev) 5:0

Teglar :  PaxtakorDinamo Kiev
Saytimiz o'quvchisi va faol yuzeri Odil aka SHaripov o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

Ko'pchilik yoshi katta futbol muxlislari o'sha yilda bo'lib o'tgan Paxtakor - Dinamo (kiev) o'rtasidagi sobiq SSSR chempionating ikkita o'yinni eslab yurishadi. Ayniqsa Toshkentda bo'lib o'tgan o'yindagi 5:0 hisobi Paxtakor tarixi zarvaraqlaridan eng yuqori o'rin eganlanlanligi shubhasizdir. Aynan shu o'yin tafsilotlari mening ham xotiramda, quvonchli bir kundek saqlanib keladi. O'sha yili Kiev Dinamochilari Evropa superkubogini qo'lga kiritib butun dunyoda shov-shuv ko'targan edi. Finalda kimsan Bavariyani mag'lubiyatga uchratib, Toshkentga tashrif buyurgan edi. Paxtakor stadioni muxlislar bilan liq to'lgan va yana qanchasi tashqarida qolib ketgan edi (ko'chada qolganlar tanaffusda stadionga yorib kirib ketishagan). Bizning muttasadilar, mehmon jamoa murabbiylarini va ayrim o'yinchilarini stadionning yugurish yo'lakchasida kutib olib, ularga zarbof to'nlar kiydirib, katta ehtirom ko'rsatishgan edi. SHu erda men o'z hikoyamni to'xtatib bu yog'iga o'sha ikkala o'ynida qatnashgan va raqib darvozasini bir necha marta ishg'ol qilgan, mashhur hujumchi To'lagan Isoqov xotiralari bilan davom ettiraman.

- O'sha 1975 yil biz uchun noqulay kelgan bo'lsada, Kiev Dinamochilaridan ustidan qozonilgan ulkan ikki g'alaba bilan esda qoldi. Yozda biz Kievda o'yin o'tkazishimiz kerak edi, aksiga olib trenerimiz Vyacheslav Dmitrievich Solovyov insult bulib qolib, ancha vaqtga safdan chikib qoldilar. Ularni o'rnini vaqtincha Gennadiy Krasnickiy egallab turdi. Kievliklar ulkan g'alabalar sari oldinga intilishar edi. Ammo 20 iyunda stadionga kelgan 40 ming muxlis, o'zlarining sevimli jamoasini Paxtakordan qabul qilib olingan kutilmagan mag'lubiyatiga guvoh buldilar. 60-daqiqada Mixail An tomondan menga aniq uzatilib berilgan to'pni darvozabon ustidan oshirib, bo'sh darvozaga yo'llashim kifoya qildi 1-0. SHu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi.



O'yin tugagach biz bir-birimizni g'alaba bilan tabriklab maydonni tark etardik. O'sha kechda Ukraina markaziy kompartiya qo'mitasi raisi V.V SHerbickiy Dinamo o'yinchilarini echinish xonasidan ikki soat davomida chiqarmay murabbiy va o'yinchilar bilan razbor uyushtirgan edi. CHunki ular uchun har bir ochko oltindek qimmat edi. So'ngra u bizning ham echinish xonamizga kirib haqqoniy g'alaba bilan tabrikladi.

Biz bir necha yillar davomida kievliklar uchun noqulay raqib bo'lib kelganmiz. SHu sabab Oleg Bloxinni juda ko'p asabiylshganini ko'rganman. O'sha yili Dinamochilar, sobiq Ittifokning va Evropaning ko'plab nufuzli sovrinlariga ega chiqishgan. Menga aytishlaricha mavsum so'nggida Oleg Bloxinga – Siz uchun eng noqulay himoyachi kim? deb surashganida u:- Men uchun noqulay himoyachi yo'q, ammo men uchun noqulay jamoa bor bu - Paxtakor deb javob bergan.

Kievdagi g'alaba tasodif emasligini, biz mavsum oxirida Toshkentda, "dinamochilar" ustidan 5-0 hisobidagi olamshumul g'alaba bilan isbotladik. O'shanda bizning ajoyib to'rtlik yani – An-Fyodorov-Xadzipanagis-Isoqov o'zini ko'rsatgan edi. Kievliklarni bizda alami borligi yaqqol sezilib turardi, ular Kievdagi mag'lubiyat, bu bir tasodifligini isbotlashmokchi edilar. Ustiga ustak ularni Moskva Dinamochilari va Doneckning SHaxtyori izma-iz quvib kelishayatgan edi, ularga endi ochko yo'qotish mumkin emasdi. O'yining birinchi 20 daqiqasi bizning tinimsiz hujumlarimz ostida o'tdi, biz kievliklarga xatto to'pga teginishga ham yo'l qo'ymasdik va raqiblarimizni mana shunday tempda o'ynashga majburladik.

Vladimir Fyodorov har xil manyovrlar orqali raqib himoyachilarini chalg'itib ularni o'zining ortida olib yurardi. SHu sabali men va Misha An ikkitadan gol urdik, yana bitta golni Xadzipnagis o'z hisobiga yozib qo'ydi. O'yin so'nggida Bloxinni asabiylashganini ko'rsangiz edi. O'yin tugagach, Lobanovskiy deyarli bir soat mobaynida o'yinchilarni echinish xonasidan chiqarmadi!



O'sha o'yindan keyin kievliklarni mag'lubiyati hakqida turli tuman gap-so'zlar paydo bo'la boshladi. Go'yoki biz o'yinni sotib olgan emishmiz. Kievliklarga har bir ochko suv va havodek kerak bo'lib turgan bir paytdaya? Qanday bemanilik. Men tirik guvohdek shuni takidlab o'tishni xohlardimki, hech qanday oldi-berdi bo'lmagan, yigitlar o'z oldilariga aniq maqsad qo'ygan va bu maqsadga erishishda oz muncha ter to'kishmadi. Sababi biz bir oiladek edik.

1975 yilning oxirida kievlik Troshkin va Kolotov, mening do'stim Vyacheslav Kolcovni, sobiq Ittifok va Evropaning deyarli barcha sovrinlariga ega chiqqan Dinamoning taqdirlash marosimiga taklif qiladi. "Oktyabrskoe" sport majmuasining banketlar zalida bo'lib o'tgan katta marosimda qatnashgan ko'pgina rasmiylardan biri tabrik so'zi olib, kievliklarga qarata shunday deydi: - Men sizlarga keyingi yilda dunyoning eng kuchli jamoasini mag'lubiyatga uchratishlaringni tilayman! - deb so'ng biroz sukut saqlaydi. O'tirganlar esa bir-birlariga qarab o'ylanib qolishdi, biz yana kimni yutishimiz kerak ekan deb, Manchester, Santos…sukutdan keyin boyagi odam o'z so'zini davom ettirdi: Paxtakorni!

P.S. Toshkentdagi o'yinda muxlislar sonini tassavur qilsangiz edi, xatto sektorlar oralig'ida yo'lakchalar ham muxlislar bilan to'lib toshgan. Sektorga kira olmay tepada tik turib tomosha qilayatganlarni o'zi uch qatorni tashkil qilar edi. O'yin tugagach barcha bayramona kayfiyatda stadionni tark etardi. Stadion ortida, viloyatlardan muxlislarni shu o'yinni ko'rish uchun olib kelgan avtobuslar soni ham anchagina edi. Barchada hush kayfiyat va mamnulik jo'sh urib turardi. CHunki Paxtakor bu butun O'zbek xalqi jamoasidir!!!

2010 yil Onishenko oloy bozorida. U "Dinamo" Kiev skauti sifatida Odil Ahmedovning o'yinini kuzatish uchun Toshkentga kelgan edi.


"Paxtakor" (Toshkent) - "Dinamo" (Kiev) - 5:0 (1:0)
Toshkent. "Paxtakor" Markaziy stadioni. 17 oktyabr.
Hakamlar:
V. Lushin, V. Jarkov (ikkisi - Moskva), YU. Ignatov (Kaluga).
"Paxtakor": Filatov, Korchyonov, Ivankov, Mogilnyy, Belov, Serostanov, Jukov, An, Isoqov, Fyodorov, Xadzipanagis.
"Dinamo": Samoxin, Konkov, Zuev, Fomenko, Reshko, Damin, Muntyan, Onishenko, Kochubinskiy, Buryak, Bloxin (Slobodyan, 46).
Gollar: Xadzipanagis (35), Isoqov (51, 57), An (79, 88 - penaltidan).
Ogohlantirishlar: Kochubinskiy.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика