So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

Muxlis savoliga javob: Sekeyraga mahalliy murabbiy biriktirilgan Yangiliklar

Muxlis savoliga javob: Sekeyraga mahalliy murabbiy biriktirilgan

Kecha saytimizda "Ravshan Haydarov to'g'ri tanlovmi?" sarlavhali maqola chop etildi.

Maqolani o'qimaganlar ushbu HAVOLA orqali o'qishlari mumkin. Maqola tagidagi izohlardan birida Bobur Azimov ismli saytimiz o'quvchisi muallifga savol bilan murojaat etgan. 

Savolni qanday bo'lsa shundayligicha keltiramiz: Assalomu alekum Xayrulla aka Xoliqov, mana siz Xorijlik murabbiy SEKEYRA ishlayotgan klubda matbuot kotibisiz, SEKEYRAga birorta mahalliy murabbiy biriktirildimi??? Agar biriktirilgan bo'lsa, mahalliy murabbiyni SEKEYRA va "LOKOMOTIV"ga qanchalik foydasi tegdi???? XAYRULLA AKA, AGAR SAVOLIMNI O'QIGAN BO'LSANGIZ, SAVOLIM JAVOBSIZ QOLMAYDI DEGAN UMIDDAMAN!!!

Albatta, imkon qadar muxlislar tomonidan beriladigan savollar javobsiz qolmaydi. Endi Bobur Azimovning savoliga kelsak, xabaringiz bor, ushbu mavsum boshidan beri "Lokomotiv"ni portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra boshqarmoqda. Mikael Sekeyraga mahalliy murabbiylardan Andrey Miklyaev bilan Denis Korostichenko yordam berib kelishyapti. 

Muxlislar Andrey Miklyaevni yaxshi bilishadi. Lekin Denis Korostichenko haqida ko'p eshitmagan bo'lishlari mumkin. Malumot uchun, Denis Korostichenko 1986 yilda tug'ilgan va hozirda "Pro" licenziyasi uchun o'qiyapti. U o'tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab "Lokomotiv" asosiy tarkibida Timur Kapadzega yordamchi sifatida ish boshladi.

Mavsum yakuniga etganidan so'ng Timur Kapadze klubni tark etdi va yangi tuzilgan "Olimpik" jamoasini qabul qilib oldi. "Lokomotiv" rahbariyati Kapadze bilan iliq xayrlashgan holda uning yordamchisi Korostichenkoni klubda olib qolishga muvaffaq bo'ldi. CHunki "Loko"ga portugaliyalik murabbiy kelishi aniq bo'lganidan so'ng unga yordamchi sifatida mahalliy yosh murabbiyni biriktirish klub rejasidan o'rin olgandi. 

SHu sababdan Denis Korostichenko jamoada olib qolindi va yil boshidan beri Mikael Sekeyraga yaqindan yordam berib kelyapti. U portugaliyalik murabbiydan ko'p narsa o'rganyapti deya olamiz. Umuman olganda har qanday klub chetdan murabbiy taklif etdimi, unga yordamchi sifatida yosh mahalliy kadrni biriktirgani maqul.

Mahalliy murabbiylarimiz uchun bu tayyor amaliyot bo'ladi va shu orqali o'z bilimlarini oshirib borishadi. Qolaversa, xorijlik murabbiylar qachondir ketadi, shunda ularning yonida ishlab, jamoaga yordam berib yurgan mahalliy murabbiy to'plagan bilimlari orqali o'zbek futboliga foyda keltirishda davom etadi.



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика