So’nggi yangiliklar

08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  0 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  1 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   0 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  10 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  4 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  17 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  2 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  5 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  2 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  11 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  3 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Muxlis minbari. Yangi “format” nima berdi? Yangiliklar

Muxlis minbari. Yangi “format” nima berdi?

Mana, futbol bo'yicha O'zbekiston 27 chempionati yangi formatda o'tkazilib, chempionat oxirlab bormoqda.

Yangi format tizimiga asosan, yani sovrinli o'rinlar uchun kurashuvchi kuchli oltilik va supperligada jon saqlab qolish uchun kurashuvchi oltilik jamoaalari ham aniqlanib, yana 10 ta o'yindan iborat 2 davrali o'yinlar qizg'in avjiga chiqdi. Biz quyida faxriy futbol muxlislari sifatida yangi format bo'yicha o'tkazilayotgan chempionatga ozgina izoh berishni lozim topdik.

Aytish mumkinki, yangi format bo'yicha o'tkazilgan ikki davra musobaqalari keskin kurashlar ostida o'tdi, staddionlarrga muxxllislaarni tashrifio'tgan yillarga qaraganda qariyb 2 barobarga oshdi. Ayniqsa, 2 kuchli va kuchsiz oltiliklarni aniqlab beruvchiiii  oxirgi tur o'yinlari juda qiziqarli va murosasiz kechdi. Jamoalar ayniqsa “Qizilqum”,  “AGMK”, “Qo'qon-1912”, “Metallurg” jamoalari o'rttasidagi o'tkazilgan bahslar 6 ochko uchun kurash bilan teng bo'ldi deb ayta olamiz. Sovrinli o'rinlaruchun kurashuvchi va superligada jon saqlab qoluvchi jamoalar malumbo'lib 3-davra o'yinlar boshlanganda chempionatda “sokinlik” boshlandi. Jamoalar o'rtasidagi musobaqa guyoki, maqsadsizga o'xshab o'yinlar saviyasi keskin tushib ketdi. Muxlislarni stadionlarga tashrifi butunlay kamayib ketdi, xatto ayrim jamoalar futbol ko'rish uchun stadionga kirish bepul qilib qo'yganda va “Bunyodkor”ni stadionda lotareya o'yinlari ham ish bermadi, baribir muxlislar stadionlarga qaytmayapti.

Bu holatni sezgan O'FA vice prezidenti Umid Ahmadjonov ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib “Kelasi yili uchun yangi formatni qayta ko'rib chiqamiz” degan fikrni bildirdi.
Qarang, kuchli oltilikda o'yin olib borayotgan jamoalar, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Navbahor” va “Bunyodkor” jamoalari aytaylik sovrinli o'rinlar uchun maqsadli kurash olib bormoqda. Bundanda yuqori o'rinlarga ko'tarilish imkoniyatini yo'qotgan “Metallurg” va “Buxoro”ga ochko olishni, bekordan bekorga pul sarflab safar o'yinlariga borishni nima keragi bor. Kuchli oltilikdan o'rin olgan “Buxoro” hamma o'yinlarni boy bermoqda. To'plagan 7 ochko bilan ham mavsum ohirigacha etib borsa ham superligadan tushib ketmaydi, bu yog'iga hotirjamlik... Kuchsiz oltilikka nazar tashlaymiz, bu guruhda “Qizilqum”, “AGMK” va “Nasaf” ancha hotirjam, chunki, ular ortidan taqib qiluvchi “Qo'qon-1912”, “Neftchi” va “So'g'diyona” dan ancha ilgarilab ketgan, xavfli zonada keyingi uchlik qolmoqda. Superligada qolish uchun uchchala jamoa o'rtasida qattiq “jang” ketishi tabiiy. Hulosa qilsangiz yuqori oltilikdan 4 ta va quyi oltilikdan 3 ta jamoalar o'rtasida murosasiz o'yinlar bo'lishi tayin. Qolgan jamoalarda maqsad yo'q. Yangi formatda ikkinchi oltilikda ohirgi o'rinni egallagan bir jamoa to'g'ridan-to'g'ri PRO ligaga ravona bo'ladi, 4-5 o'rinni egallagan superliga vakillari PRO liganing “A” va “B” guruhi 1-2 o'rinni egallagan jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan o'tish tirnirining ikki g'olibi bilan plef of o'yinida kuch sinashadi. G'olibi superligaga o'tadi yoki qoladi. Bunda achinarli  tomoni shuki, jamoalarni o'tish turniridagi bittadan o'yini jamoa taqdirini hal qilib qo'ymoqda. Kelasi yili format yana o'zgarsa fahriy futbol muxlislari sifatida bir necha taklif va mulohazalarimiz bor.

-    Birinchidan: yangi formatni O'FAda bir nechta mutaxassislarni fikrlariga asoslanib qaror chiqarmasdan joylardan futbol mutaxassislari, murabbiylar, futbolchilar, futbol ixlosmandlari va keng jamoatchilikni fikr-mulohaza va takliflarini ham inobatga olib qaror qabul qilish joiz deb hisoblaymiz. Bu yilgi amaldagi format Respublika Prezidentining “Respublikada futbolni rivojlantirish” haqidagi qaroriga muvofiq deb mulohaza qilish mumkin. Yangi formatda Prezident qarorini bajarish uchun jamoalar sonini ko'paytirish o'rniga Oliy ligada 16 tadan 12 taga, birinchi ligada ham jamoalar soni qisqardi. Oliy liga superligaga, birinchi liga PRO ligaga aylantirildi. Qanchadan-qancha futbolchilar o'ziga jamoa topa olmay futbolni tark etdi yoki ishsiz qoldi. Bu holat Respublikada futbolni rivojlantirishga asos bo'la olmaydi, aksincha qanchadan-qancha iqtidorli yoshlar futboldan bezib boshqka yo'llarga kirib ketib kasblarini o'zgartirmoqda.

Bundan oldingi chempionatlarda respublikada jamoa ko'p bo'lsa chempionat saviyasi tushib ketdi deb ayuxannos solingan. Endichi... Hozirgacha Angliya Primerligasida 20 ta jamoa qatnashib keladi, “Xaddersfild” jamoasi 6 o'yinda 2 ochko, Ispaniya primerligasida 20 ta jamoadan ohirgi o'rindaketayotgan “Leganes” jamoasi 5 o'yinda 1 ochko, Portugaliyada 18 jamoadan ohirgi urinda borayotgan “Avesh” 6 o'yinda 1 ochko, Italiyada “Kevo” 5 o'yinda 1 ochko, Franciya chempionatida 20 o'rinda turgan “Gengam” 6 o'yinda birorta ham ochko ololmayotgan bo'lsa, yuqoridagi davlatlarda kim ayta oladi saviyasi past deb?!. Aksincha bu davlatlarda o'z chempionatlarida jamoalar soni ko'p bo'lganibilan chempionat saviyasi umuman tushmagan. Jamoalar ko'p bo'lgani uchun iqtidorli yosh futbolchilar ko'plab etishib chiqmoqda.

O'z chempionatlarida ohirgi o'rinlarni egallab kelayotgan jamoalar ishtirokidagi o'yinlarga nazar solamiz. “Lester” – “Xaddersfild” jamoalari o'rtasidagi o'yinga 31679 nafar tomoshabin yig'ilgan yoki Germaniya chempionatida ham ochko ola olmagan “SHalke-04” – “Bavariya” o'rtasidagi  kechgan bahsga 62271 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Kelasi yili uchun format o'zgarsa quyidagi takliflarni bildirmoqchimiz:

-    Superligada jamoalar soni 16 yoki 18 ta bo'lsa;
-    PROligada ikki guruhga bo'linmay 18 ta jamoa bo'lsa kifoya, viloyatlarda 2-liga jamoalari ko'paysa yaxshi;
-    Kelasi yili superligada ohirgi ikki o'rinni egallagan  2 jamoa hech qanday o'tish o'yinlarisiz PROligaga tushib ketsin.
-    PROligada 1-2 o'rinni egallagan ikki jamoa hech qanday o'tish o'yinisiz superligaga chiqsin;

Xulosalarimiz shuki, jamoalar soni ko'paysa, xalqimiz futboldan shuncha ko'p ozuqa oladi, futbolga ishqibozlar soni ko'payadi. Stadionlar huvillab qolmaydi, respublikani chekka tumanlarida ham futbol jamoalari bo'ladi. Eng muhimi, respublikamizdagi faoliyat ko'rsatayotgan futbolga ihtisoslashtirilgan maktab-internatlar (agar qolgan bo'lsa), yangidan tashkil topgan klublar qoshidagi futbol akciyalarida tahsil olib chiqqan iqtidorli yoshlarga klublar shiklari ochiq bo'ladi. Bu yilgi amaldagi format ko'p jihatlari bilan o'zini oqladi. O'FA chempionatda tartib-intizom, jamoalar, hakamlar va muxlislar o'rtasida katta ishlarni amalga oshirdi. Lekin, shuni aytish kerakki, O'FAnig qo'ygan qattiq talablariga jamoalar, mutaxassislar stadionga va muxlislarga qo'yayotgan “jarima” sankciyalari o'zini oqlamadi. Masalan, chempionat boshida “Buxoro” jamoasiga 300 mln. so'm O'zPFL tomonidan jarima solindi. Manaviy tomondan oqsab kelayotgan jamoa shuncha pulni qerdan oladi, ayniqsa, o'yinchilardan oylik maoshidan qarzdorlik bo'lib turgan bir vaqtda. Qizil kartochkalar olgan futbolchilar bir o'yindan chetlashtirilishdan tashqari 2-3 mln. so'mlab jarimaga tortilmoqda.

Moliyaviy holati endi o'ziga kelayotgan “So'g'diyona” jamoasi 2-davra ohirida bir yo'la 5 legionerni harid qildi, shartnoma tuzgan legionerlar mahalliy futbolchilardan kuchli emasligi bilinib qoldi. Jamoa legionersiz 1-2 davrada yaxshi o'yin namoyish etib kelgan edi. Savol tug'iladi, legionerlar uchun sarflanayotgan mablag'lar mahalliy futbolchilarni tarbiyalash uchun sarflansa bo'lmasmikin, CHempionatda faqat “Neftchi”da legioner yo'q. O'FA kelasi yildan jamoalarga legionerlar limitini qattiq joriy qilish kerak, aks holda jamoalarga “SHo'rtan” boshiga tushgan ish tushib qolishi hech gap emas. Terma jamoamiz haqida ikki og'iz so'z. Yaqinda MTJga bosh murabbiy etib tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni olib kelishdi, u rahbarligida jamoamiz 2ta o'rtoqlik o'yinida g'olib bo'la olmadi. To'g'ri xali hulosa qilishga erta, Kuper chempionat o'yinlarini ko'rib chiqmoqda. Ilgari terma jamoaga chaqirilayotgan “Kostyak” futbolchilarni ko'pini chaqirmay butunlay boshqa jamoa tuzishga harakat qilmoqda. Oldinda KXDR va Qatar terma jamoalari bilan bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi, ajab emas Kuper nazariyasmi o'zini oqlasa. Nazar tashaylik, MTJga qanchadan qancha chetdan “buyuk” mutaxassislar kelishib ketishdi, tuzukroq natija bo'lmadi. MTJ tarixida 1994 yili Rustam Mirsodiqov bosh bo'lgan terma jamoa Osiyo o'yinlarida holib bo'lishdi, Vadim Abramov boshchiligidagi MTJ Osiyo chempionatida 4-o'rinni egalladi. Mirjalol Qosimov yuoshchiligidagi terma jamoa Eronni “Ozodiy”da, Yaponiyani (agar adashmasam 1:1 ham bo'lgan) Tokioda mag'lub etdi.

Bizda Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov, Ravshan Xaydarov, Davron Fayziev, Ro'ziqul Berdiev, Igor SHkvirin va Baxtiyor Ashurmatovlar singari etuk mutaxassislar bor. Ularni bilim, ko'nikma va tajribalarini oshirishi uchun UFA futbolni rivojlangan Franciya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Gollandiya, Portugaliya singari mamlakatlarga yuborib malakalarini oshirib tajribalarini boyitishga qo'l ursa bo'lmasmikin?...

O'zbek xalqi futbolni sevadi, bu sohani rivojlantirish uchun xukumatimiz katta ishlarni amalga oshirmoqda, sportimizga, hususan respublikada futbolni rivojlantirish va bu sohani boksday dunyoda o'rnini topish uchun ham prezidentimiz SHavkat Mirziyoev qayg'urishi bejiz emas.

Bas shunday ekan Respublika Futbol Associaciyasidan bu sohaga qattiq etibor berib, etti o'lchab bir kesib ish tutib futbolni yanada balandroq cho'qqilarga olib chiqadi deb umid qilamiz.

Salom bilan:
Qodir hoji Rustamov,
Abdurahim Alamov,
Farg'ona viloyatidan.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazari bilan mos tushmasligi mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика