So’nggi yangiliklar

07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  0 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  21 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  9 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  11 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  5 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  21 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  13

Mutolaa uchun. Millionlarni maftun etgan "Atalanta", niyatiga eta olmagan "Inter", "Roma", "Napoli" va autsayderlar haqida Yangiliklar

Mutolaa uchun. Millionlarni maftun etgan "Atalanta", niyatiga eta olmagan "Inter", "Roma", "Napoli" va autsayderlar haqida

Bir tomondan "Yuventus" muddatidan avval bosh sovrinni qo'lga kiritdi, lekin boshqa tomondan rekord darajada kam ochko to'pladi va 2-o'rin bilan orada bor yo'g'i 1 ochko farq.

To'g'ri, skudetto rasman qo'lga kiritilgach, "Yuventus" shunchaki to'xtadi, ketma-ket 2 ta uchrashuvda mag'lub bo'lishdi, lekin usiz ham jamoa statistika borasida ham avvalgi mavsumdagilardan farq qilardi.

"Yuventus" na urilgan, na o'tkazib yuborilgan gollar bo'yicha eng yaxshisi bo'ldi. Mauricio Sarri talablarini tushunish, ularga ko'nikish oson bo'lmadi. Bazan jamoa shunchaki nima qilishini bilmay qolardi. SHunday vaziyatda ham qo'lga kiritilgan sovrin, "byankoneri" Italiyada eng kuchli tarkibga ega ekanligining isboti bo'ldi. Muntazam jarohatlar ham turinliklarni to'xtata olmadi. Kerakli lahzalarda etakchilar birinchi planga chiqar va uchrashuvlar taqdirini hal qilardi. "Yuventus" hal qiluvchi o'yinlarni zo'r o'tkazdi. Misol uchun "Inter"ga qarshi bellashuvlar. O'shanda bo'lajak chempionlar taxt uchun kurashmoqchi bo'lganlardan birini joyiga o'tqazib qo'ydi. Ammo Sarri jamoasi muvaffaqiyatining asosiy omili restardan keyin jamoa pragmatik o'yin ko'rsatib bo'lsada, g'alabalarni qo'lga kiritgani, raqiblar esa ketma-ket ochko yo'qotgani bo'ldi. "Byankoneri" o'yiniga savollar etarli, Sarri qo'l ostida jamoa kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi, bazi "do'stlar" esa jamoa foydasiga penalti va bahsli qarorlar ko'pligiga shama qilmoqda. Balki ularning gapida ham jon bordir. Lekin natija shunday bo'ldiki, eng no stabil mavsumda "Yuventus"dan stabilroq jamoa topilmadi. 

"Inter" yirtqich holatga kelmadi

"Neradzurri"dan bu mavsum chinakamiga qandaydir o'zgacha futbol kutilgandi. Axir Kontening har qanday jamoasi ham o'ta havfli va titul uchun davogar bo'ladi. Mavsumning qaysidir pallasiga kelib, shunday bo'lyapti degan fikr ham uyg'ongandek bo'ldi. "Inter" yaxshi boshladi, Lautaro-Lukaku juftligi istalgan raqib himoyasini vahimaga solib qo'yardi, ammo jamoa aksariyat o'yinlarda holdan toygan raqibiga oxirgi zarbani bera olmadi, qaerdadir reja ish bermadi. Yana bir muhim palla "Yuventus"ga qarshi o'yinlar bo'ldi, ularda "Inter" biror ochko ololmadi. "Inter" himoyasi chempionatning eng ishonchlisi bo'ldi, lekin buning o'zi kamlik qildi. Konte haqli ravishda shogirdlaridan ko'prog'ini talab qilardi.

"Parma", "Roma" va "Bolonya"ga qarshi o'yinlar kabi uchrashuvlar kam bo'lmadi. Vaziyatlardan foydalanishning oqsashi, koncentraciya va ochkolar yo'qotilishi. "Yuventus"ning necha bor qoqilishi fonida, "Inter" biroz omadliroq bo'lganda, skudetto taqdiri hech bo'lmaganda oxirgi turda hal bo'lardi. Restardan keyingi startni ham "Inter" ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Bir tarafdan "neradzurri" 9 yildan buyon ilk bor 4-o'rindan yuqoriroq ko'tarilishdi, ammo maksimalist Kontedan ko'prog'ini kutsak ham bo'lardi. Yangi mavsum yanada qiziqro bo'lishi turgan gap, hozir ko'pchilikni Antonioning o'zi qoladimi degan savol ham qiziqtirmoqda. Mavsum yakunlangach allenatore nafaqat raqiblarni tanqid qildi, balki rahbariyatni ham "shirin so'zlar" bilan tilga olib o'tdi. Uning aytishicha, ular tomonidan qo'llab-quvvatlash etarlicha bo'lmapti. SHuningdek, murabbiy hakamlar ishidan ham noroziligini yashirib o'tirmadi. SHu sabab endi buyog'iga nima bo'lishini hech kim bilmaydi.

Millionlarni maftun qilgan "Atalanta"

"Bergamasklar" mavsum kashfiyoti bo'ldi, deyishimiz biroz g'alati tuyuladi. Sababi, o'tgan mavsum yakunida ham shunday fikr yangragandi. O'shanda, transfer oynasi ochiladi va grandlar tarkibdagilarning asosiy qismini olib ketadi, jamoa ECHLda sharmanda bo'ladi, Gasperini esa kadrlar bilan muammoni bahona qiladi deb o'ylagandi ko'pchilik. Amalda jamoa ochkolar bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi, chempionatning eng yorqin jamoasi bo'la oldi va bazi etakchilar yangi darajaga ko'tarila oldi. Bularning barchasi pandemiya va asosiy tarkib vakillaridan bazilarning jarohati bo'lganda. Har bir futbolchi o'zining kuchli jihatini jamoa foydasi yo'lida ko'rsata oldi va yangi futbolchilar ham tezda kirishib ketishdi.

Etakchilar ham pand bermadi. De Ron, Gosens, Ilichich va Gomes yuqori darajadagi mavsum o'tkazdi. Ulardan birortasini "ketmoni" bir-ikki o'yin uchmay qolsa, zaxiradagilar labbay deb javob bera olishdi. Qaysidir pallada aynan "Atalanta" "Yuventus" uchun asosiy raqibga aylandi, lekin "keksa sinora"ni taxtdan tushirishning imkoni bo'lmadi. SHu o'rinda, Gasperini shogirdlari mavsum davomida urilgan gollar ko'rsatkichini 100 talik dovonga etkaza ololmagani achinarli. Lekin 98 ta gol ham maqtanishga arzigulik ko'rsatkich. Yana esdan chiqarmaylik, "Atalanta" hamon  ECHLdan chiqib ketgani yo'q!

"Lacio"ga koronavirus to'sqinlik qildi (mi?!) 

Futbola "agar ..." deyish noo'rin deb hisoblanadi. Lekin bir tasavvur qilib ko'ring, hech kim kutmagan bu ofat dunyoni qamrab olmaganida, nima bo'lardi? Majburiy tanaffusga "Lacio" "Yuventus"ning asosiy raqibi sifatida chiqib ketdi. "Burgutlar" shu qadar yorqin o'yin ko'rsatib, g'alabalar qo'lga kiritardiki, ularga hatto "Yuventus"ning ham kuchi etmay qolgandi. Afsus, biroq restartdan keyin Inzagi shogirdlarining yorqin o'yinidan asar ham qolmadi.


Ha, "Lacio" bir qator asosiy futbolchilarini jarohat sabab yo'qotdi deyish mumkin, lekin maydonga tushganlari ham umuman yorqin o'yin ko'rsata olmadi. Natijada, "Lacio" birin-ketin ochkolar yo'qotdi, Simone Inzagi esa nochor, jim qolib ketdi. Skudettoni orzu qilayotgan yigitlar, yakunda 4-pog'onani band etishdi. 

Birgina quvonchli fakt, CHiro Immobilening afsonaviy Franchesko Tottidan keyin A Seriyada to'p tepib "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan ilk futbolchiga aylangani bo'ldi. Bu orada CHiro gollar soni bo'yicha barcha italiyaliklarni ortda qoldirdi va rekord qo'ydi, Iguain natijasini esa takrorlashga muvaffaq bo'ldi. Yana o'sha gap, tanaffus bo'lmaganda Immobile ham 40 ta gol urishi va tarixga kirishi mumkin edi, lekin aytganimizdek, "agar"ga o'rin yo'q.


"Roma" va "Napoli"dan ko'prog'ini kutgandik


"Roma"dan birdaniga yorqin, tomoshabop, ochiq o'yin kutishmagandi to'g'ri, lekin Paulo Fonsekadan ko'prog'ini kutishgani bor gap. Ha, jamoa ancha o'zgardi, ha, yangi futbolchilarning hammasi ham o'ynab ketmadi, lekin boshqa tomondan "Roma" tarkib bo'yicha kuchaygandi, etakchilardan hech kim ketgani yo'q, ularga yana o'zini ko'rsatgan futbolchilar qo'shilgandi. Lekin ikkinchi davrada "Roma" ECHL yo'llanmasi uchun kurashdan chiqib bo'lgandi. Bu ko'p jihatdan Nikolo Zanoloning jarohati bilan bog'liq desak ham bo'ladi. Endi mavsumlar oralig'ida "bo'rilar" uni olib qolish uchun ter to'kishlari zarur. Usiz ham klub transfer bozorida astoydil ishlashi, bazi nuqtalarga tezkorlik bilan o'yinchi olib kelinishi zarur. Bundan tashqari etakchilardan bazilari ushbu ajoyib shaharni tark etishi ham ehtimoldan holi emas.

CHamamda "Napoli" Karlo Anchelotti bunchalik tez xayrlashadi desa, ko'pchilik ishonmagan bo'lardi. Biroq birinchi davrada jamoa o'yinidan ko'ra, uning atrofidagi janjallar ko'proq muhokama qilindi. Prezident Aurelio Di Laurentis murabbiy va futbolchilarni ayblar, ular esa o'z navbatida mashg'ulot o'ktazishni istashmasdi. Undanda qizig'i, kimsan Gattuzo kelib, vaziyat yanada qizg'in tus olmay, anchayin tinchib qoldi. "Napoli" Italiya Kubogida g'alaba qozondi, turnir jadvalidagi ishlarini biroz yaxshiladi. Endi oldinda kutayotgan "Barselona" bilan javob o'yinini va yangi mavsum kutmoqda. Bozorda klubning vakillari yurishibdi, endi klub ushbu transfer oynasida qanchalik faol bo'lishini bilib olsak bo'lgani.

Yangilarga o'rin yo'q

"Breshiya" va ayniqsa "SPAL" A Seriya bilan xayrlashishi pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffusgacha deyarli aniq bo'lib ulgurgandi. "SHerlar" nisbatan yomon bo'lmagan tarkib va olmoslari Tonalli bo'lsada, A Seriyada chinakam raqobatbardosh klub bo'la olmadi. Lekin "SPAL"ning bunday omadsizligi syurpriz bo'ldi. Leonardo Semplichi yaxshi jamoa yarata oldi va shogirdlari o'yini kuchayishiga sababchi bo'ldi, lekin safari uzoqqa cho'zilmadi. Umid qilamizki, klubning bir qator yorqin futbolchilari A Seriyadan joylarini topa olishadi.

Biroq "Lechche" jon saqlash uchun oxirigacha kurashdi, qaerlardadir himoyani, natijani unutib, shu qadar yorqin o'yin ko'rsatdiki, uncha-muncha neytral muxlis ularni elitada qolishiga tilakdosh edi. Ushbu jamoaning o'yinini ko'rish chindan odamga zavq bag'ishlardi. Liverani quyi divizionga tushib ketgan bo'lsada, iliq so'zlarga munosib mehnat qildi. Afsus, "janubliklar"ning "qo'llari kaltalik" qildi. Mashhurroq "Jenoa" mavsum so'ngiga yaqin maqsad yo'lida xayolini yig'a oldi, lekin shunday bo'lsada Genuyaning har ikki klubi ushbu mavsumni omadli deb ayta olmaydi. Sababi "Torino" ham muxlislarini anchadan buyon xursand qila olmayapti, ustiga-ustak jamoa anchadan buyon bu qadar quyi pog'onani egallamagandi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика