So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  2 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  5 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  4 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  9 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Mutolaa uchun: "Tottenxem"da omadi yurishmagan Nunu Eshpirituning uslubi Yangiliklar

Mutolaa uchun: "Tottenxem"da omadi yurishmagan Nunu Eshpirituning uslubi

Dushanba kuni ertalab "Tottenxem" Nunu Eshpiritu Santuni istefoga chiqardi.

Portugaliyalik murabbiy klubda 4 oy faoliyat yuritdi va barcha turnirlarni inobatga olganda, 17 o'yinda ishladi. Lekin afsuski, yangi murabbiyning uslubi Daniel Levining talablariga javob bermadi — "Vulverxempton" sobiq murabbiyi juda ham pragmatik taktika qurgan edi. Murabbiy imzosidagi kamchiliklarga Xarri Keyn mash-mashasi qo'shildi. Endi Antonio Konte Londonda tartib o'rnatishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni "Tottenxem" prezidenti Deniel Levi va bosh direktor Fabio Paratichi iqtisodiy muhokamalar o'tkazishdi. Natijada Nunu va uning yordamchisini ishdan bo'shatish qaroriga kelishdi.

2021 yil yozida londonliklar Antonio Konte va Jennaro Gattuzo bilan gaplashishdi. Poytaxt klubi asosiy nomzodlardan voz kechgunga qadar, portugaliyalik zaxira varianti bo'lib turdi. 2020/21 yilgi mavsum oxirida, Joze Mourino istefoga chiqqani hamda Rayan Meyson oz muddat ishlaganidan keyin, Daniel Levi "Tottenxem" muxlislariga maktub yo'lladi. "Biz qadriyatlari klub meyorlariga to'g'ri keladigan, jamoani oson, yorqin va hujumkor futbolga qaytara oladigan, yosh tarbiyalanuvchilar bilan tajribali yulduzlarni bir safda birlashtira oladigan murabbiy izlamoqdamiz", — tushuntirdi prezident. Nunu esa umuman boshqa uslubdagi murabbiy".

Santuning imzosi ayniqsa "Vulverxempton"da 2019/20 yilgi mavsumda yaqqol namoyon bo'lgandi. Nunu jamoasi pragmatik uslub tufayli APLda ettinchi o'rinni egalladi. "Vulvz" mavsumni raqiblar uchun xGga qoldirilgan imkoniyatlar bo'yicha ikkinchi, raqib futbolchilari o'z darvozasiga yaqin 18 metrda amalga oshirgan uzatmalar bo'yicha — beshinchi va intensivlik bo'yicha oxiridan uchinchi bo'lishdi (raqibning o'rtacha har 13-uzatmasida to'p olib qo'yilardi). Levining murojaatiga ko'ra, "Tottenxem"ga boshqa sifatlarga ega murabbiy kerak. Nununing Londondagi faoliyati shaxsiy uslub va rahbariyat talablari o'rtasidagi murosadan iborat bo'ldi. Natijada "Tottenxem" hech qanday aniq o'yin strategiyasiga ega bo'lolmadi.

So'zimiz isboti sifatida, bir nechta parametrlarni keltirish mumkin. "Tottenxem" kombinaciyalari davomiyligi bo'yicha (o'rtacha 9,63 sekund) va amalga oshirilgan hujumlar bo'yicha 10+ uzatma, zarbalar yoki raqib jarima maydoniga to'p bilan kirish bo'yicha (19-natija) APLning 2021/22-mavsumida o'rtamiyona klubga aylanib qoldi. Jamoa pozicion o'yinni yo'lga qo'ymadi va tezkor hujumga o'tmadi. Muvaffaqiyatli qarshi hujumlar soni bo'yicha (12) Nunu shogirdlari oxiridan to'rtinchi o'rinni egallashgan.

Nima ishi noto'g'ri bo'layotganini Santu ham tushuna olmadi. "MYU"ga qarshi bahsda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Nunu shunday dedi: "Ehtimol, gap g'oyalarim qanchalik to'g'riligi yoki jamoa ularni qanchalik tushunayotganida emasdir. Biz futbol haqida gapiramiz. Jamoa o'yinni yomon boshlamadi, biroq etarlicha keskin hujum ham qila olmadi va taxmin qilgan vaziyatimizda gol o'tkazib yubordi".

Bundan tashqari, Nunu "Tottenxem"da o'yinga bog'liq bo'lmagan muammolarga ham duch keldi. So'z "Manchester Siti"ga o'tmoqchi bo'lgan Xarri Keyn haqida bormoqda. Yozda forvardning atrofidagilar Levi jentlmenlik qiladi va futbolchini raqiblariga ortiqcha muammolarsiz berib yuboradi deb kutishgandi. Daniel esa o'z principlariga sodiq qoldi va hujumchi uchun narxni 177 million evrodan bir tiyin ham tushirishga ko'nmadi.

Natija: Keyn o'z so'zini o'tkazishga urinib ko'rdi, ammo keyinroq klubga qaytdi. Qaytganda ham mavsumning birinchi o'yiniga ikki kun qolganida qaytdi. Taqdir hazilini qarangki, o'sha o'yin "Manchester Siti"ga qarshi edi.

Keyn yo xafaligidan, yo mavsumga uncha yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganidan "Tottenxem"dagi butun faoliyati davomida ilk bor APLda eng yomon ko'rsatkich qayd etdi. 2021/22 yilgi mavsumda Xarriga hozircha gollar (0,12), penaltini inobatga olmagandagi xG (0,24) va 90 daqiqadagi zarbalar (2,3) bo'yicha antirekord o'rnatdi.

Keyn mavzusiga darhol mutaxassislar ham etibor qaratdi. Ien Rayt taxminicha, Xarri hamkasblari Krishtianu Ronaldu va Romelu Lukakuga hasad qilishni boshlagan: vaziyatlar va gollar uchun ingliz ter to'kayotgan bir pallada, narigi hujumchilar uchun jamoadoshlari vaziyat yaratishardi. Pol Merson "Tottenxem" hujumchisi yozgi transfer alamini hamon unutmagan va rahbariyatga kuchliroq bosim o'tkazmaganidan afsusda. Vilyam Gallas Leviga forvardni 2022 yil sotishni maslahat bergan. 

Nunu uchun Keyn bilan bog'liq muammo yanada qiyinroq adaptaciyani anglatardi. Santu jamoaga kelganida shundoq ham yangi klubda unga yangi talablar qo'yishgandi. Bu ham etmagandek, boshqa top klub bilan yangi titullarni orzu qilayotgan va qiyin o'tgan Evro-2020dan keyin mavsumga tayyorgarlik ko'rmagan flegmatik yulduzga duch keldi.

Nununing "Tottenxem"dagi sinonimi — noaniqlik. Klubning yorqin bo'lmagan harakatlari Santu bosim ostida principlarini o'zgartirgan o'yin uslubida hamda Keyn bilan o'zaro munosabatlarida aks etdi. Levi klub quyi pog'onaga tushib ketishini sezgandek, Londonda "Vulvz" sobiq murabbiyi bilan 2022 yilda bepul bekor qilish sharti bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Nununing Londondagi faoliyati ketma-ket 3ta g'alabadan boshlandi. Ammo "Tottenxem"ning har bir g'alabasi qaysidir manoda tasodifan bo'ldi. Birinchi turda "Manchester Siti" xG bo'yicha (2,11 — 1,06) raqibga imkon qoldirmadi, ikkinchi tur "Vulverxempton" uch bor ko'proq zarba berdi (25 — 8), uchinchi tur "shporlar" 0,15 xGdan xavfliroq bo'lgan birorta ham vaziyat yarata olmadilar. Startdagi muvaffaqiyat xuddi asal oyidek juda qisqa bo'ldi. Bundan keyin esa mantiqiy omadsizliklar boshlandi.

"Tottenxem" safida so'nggi ikki yil ichida darajasi pasaygan bir qator kuchli futbolchilar bor. Nunu bilan oldimizga qo'ygan vazifamiz — jamoani qayta jonlantirish va tartib-intizom o'rnatish", — deydi londonliklar sport direktori Fabio Paratichi sentyabr oyida bergan intervyusida. Yangi murabbiy ishni eplay olmadi, lekin yana boshqa bir muammo bor: "shporlar"ni avvalgi holiga qaytarish uchun Antonio Konte uslubi jamoaga mos keladimi yoki yo'qmi, ochig'i, biroz tushunarsiz...

  • Nunugacha "Tottenxem"ni 29 yoshli murabbiy boshqargandi. U "shporlarga" uzoq kutilgan sovrinni olib kelishiga bir bahya qolgandi.
  • Parallel ravishda MYU ustozini istefosi haqida gap-so'zlar yurgandi. Biroq Sulsherning vaziyati biroz boshqacha va muhimi u futbolchilik davridagi kabi o'ta omadli chiqayotgandek.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика