So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  21 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Mutolaa uchun. "Real" va "Barselona" kurashgan Arda Gyuler kim o'zi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Real" va "Barselona" kurashgan Arda Gyuler kim o'zi?

Yosh va iqtidorli turkiyalik futbolchi LaLiganing yulduzi bo'lishi kutilmoqda.

Dunyoning top-klublari doimo yosh va iqtidorli futbolchilarni kuzatib borishadi. Ulardan biri "Fenerbaxche"da  o'ynagan Arda Gyuler bo'ldi. 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun "Real", "Barselona", "Arsenal", "Aston Villa" va "Borussiya" D kabi klublar kurash olib bordi. Baribir u uchun kurashda dunyoning ikki grand klubi etakchilik qildi.

Gyuler yakunda "Real"ni tanladi. "Galaktikos" futbolchi uchun 20 mln evro to'ladi. SHuningdek, yana 10 mln evro bonuslar tariqasida vada qilindi. Xavbek "Real" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Tomonlar o'zaro hamkorlikning barcha detallarini kelishib olishdi. Futbolchi klubga o'tganidan keyingi intervyusida boshqa jamoaga ijaraga ketish istagi yo'qligini malum qildi. Uning rejasi - "Real"ning asosiy tarkibida o'ynash. Ox, bu bolakayning jasoratiga qoyil.

Uning futboldagi qobiliyatlari maktabdagi ikkinchi sinfidan ko'rinishni boshladi. Maktabdagi jismoniy tarbiya o'qituvchisi unga Anqarada joylashgan "Genchlerbirligi" futbol akademiyasiga borishini tavsiya qilgan. U erning mashg'ulot qarorgohi Gyulerning uyiga yaqin edi, uning ota-onasi o'qituvchisining tavsiyasiga ko'ra o'g'lini o'sha erga olib bordi. Arda birinchi mashg'ulotdayoq o'zini ko'rsatdi va birinchi urinishdayoq jamoaga qabul qilindi.

Oradan bir qancha vaqt o'tib, u "Fenerbaxche" etiboriga tushdi. Yigitcha to'pig'ida jarohati bo'lishiga qaramasdan yoshlar turnirlarida o'zini ko'rsatdi. Futbolchining o'yindagi foydaliligi kattaligini ko'rgan "Fenerbaxche" baribir taklif jo'natdi. Arda va uning oilasi 2019 yili 500 kilometr bosib o'tdi va Istanbulga etib bordi. Bu xavbekning  faoliyatidagi eng asosiy qaror bo'ldi. U bolaligidan "Fenerbaxche" muxlisi bo'lib o'sgan va Aleks de Souzaning o'yinlariga havas qilgandi.

Pandemiya Gyulerning rejalarini buzib yubordi. Futbol asta-sekinlik bilan qayta boshlaganidan keyin u "Fenerbaxche"ning U-17 va U-19 jamoalarida o'ynay boshladi. Yosh turkiyalik futbolchi 22 o'yinda 10 gol va 7 assist qayd etdi. 2021 yil yanvarida u ilk professional shartnomasini qabul qildi.

"Fenerbaxche" murabbiyi Vitor Pereyra Gyulerning rivojlanishini doimiy kuzatib borgan. Yoshlar tarkiblarida unga doimiy imtiyozlar berilgan. 2020/21 yilgi mavsum o'rtalarida uni asosiy jamoa mashg'ulotlariga chaqirishgan. Biroq u navbatdagi mavsumda asosiy jamoada debyutini o'tkazgan. O'shanda u Evropa ligasi saralashida XIK Xelsinkiga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan. Oradan 3 kun o'tib, Gyuler milliy chempionatda maydonga tushgan. Arda "Antalyaspor"ga qarshi o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shilgan va golli pasi bilan jamoasiga g'alaba keltirishiga munosib hissa qo'shgandi.

Yaxshi startga qaramasdan, Pereyra Gyulerni asosiy tarkibda maydonga tushirmasdi. Biroq bosh murabbiylik posti Ismoil Kartalga tekkanidan keyin barchasi o'zgarib ketdi. Konferenciyalar ligasi 1/16 finalida "Slaviya"ga qarshi ikkala o'yinda ham golli pas bergan va futbolchi endi "Alanyaspor" darvozasini ishg'ol qildi. SHundan keyin uni hech kim asosiy jamoadan ketkazib yuborgisi kelmaydi.

2021/22 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin futbolchi yoshlar jamoasida o'ynagani yo'q. U chempionatning ikkinchi turida "Qosimposho" darvozasiga ikkita gol urgan bo'lsa-da, Jorje Jezush jamoasining barqaror asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi uchun ikkinchi davra kerak bo'ldi. O'sha mavsum yakunlariga ko'ra, 35 o'yinda maydonga tushib, 6 gol va 7 assist qayd etdi. Arda "Fenerbaxche"ning Turkiya Kubogini yutishida katta yordam berdi. Bu jamoaning 2014 yildan beri ilk sovrini bo'ldi. Final bahsida u 90 daqiqa o'ynadi va bir assist amalga oshirdi.

Gyuler endigina 18 yoshda, klub va turli xil yoshdagi termalarda xar xil nuqtalarda o'ynagan. Asosan hujumkor yarim himoyachi va o'ng qanot vingeri sifatida maydonga tushayotgan Arda chap qanot vingeri, markaziy hujumchi rolida ham o'ynay oladi. Arda rostdan ham juda tez o'ynaydi va to'pni yaxshi nazorat qila oladi. U tezlik olgan vaqtda to'xtatish oson bo'lmaydi. Undan tashqari, xavbek kurashlarga kirishdan qo'rqmaydi, bu esa to'pning tezda o'z jamoasiga qaytishiga yordam beradi.

Gyulerning asosiy yutuqlaridan biri - o'zi uchun bo'sh hududlar yaratadi va hujumchilar uchun to'pni etkazib berishda faol. Garchi yosh bo'lishiga qaramasdan o'yinlar davomida juda kam xato qiladi va hujumning yakuniy pallasidagi paslari aniq chiqadi. Uning uzun va qisqa paslari aniq borgani uchun o'yinlardagi foydali ish koefficienti doimo yuqori bo'ladi.

Biroq uning ham kamchiliklari bor. U chap oyog'iga o'rganib qolgan, tajribali gavdali hujumchi elkama-elka kurash orqali to'pni olib qo'yishi mumkin. SHu sababli Gyuler ilk navbatda jismoniy holatini yaxshilashi kerak. CHunki uni oldinda gavdali himoyachilarga qarshi o'yinlari kutib turibdi.

Jasoratli gaplar va jangovar kayfiyatga qaramasdan, "Real"ning asosiy tarkibi uchun kurash oson bo'lmaydi. Boshqa jihatdan olib qaraganda, Vinisius, Rodrigo va Eduardo Kamavingani hisobga olsak, yani, hujum chizig'i asosan yoshlardan tashkil topayotganini tushunsak, navbatdagi mavsumda Gyulerga ham imkoniyat berilishi mumkin. Buning uchun mavsumoldi yig'inlardagi o'yinlarni kuzatish kerak bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика