So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  33 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

Mutolaa uchun. Klub murabbiylari top o'nligi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Klub murabbiylari top o'nligi

Bugun klublardagi eng kuchli murabbiylar haqida suhbatlashamiz.

10-o'rin. Tomas Tuxel (PSJ; Germaniya) va Mauricio Sarri ("Yuventus"; Italiya)

Reytingni Franciya va Italiya chempionati gegemonlarining bosh murabbiylari ochib beradi. Ular murabbiylik olamida yuqoriroq pog'onaga ko'tarilishlari uchun ichki chempionatda zafar quchishlarining o'zi etarli emas. Bunday natija bilan na klub rahbarlarini, na muxlislarni lol qoldira olishmaydi. Aslida Sarri "Yuventus" bilan hali Skudettoni ham qzlga kiritgani yo'q. Lekin oldinroq "CHelsi" bilan Evropa Ligasi bosh sovrininga ega chiqqandi. 

Tuxel esa ECHL 1/8 final bosqichida o'zining sobiq jamoasini engib, PSJ uchun o'tib bo'lmasdek ko'ringan bosqichda g'alaba qozondi. Tuxel va Sarri qaysidir manoda klublari gegemonligining asirlari hisoblanishadi va o'zlarining murabbiy sifatidagi maqomlarini faqat CHempionlar Ligasidagi natijalar orqali yaxshilash imkoniyatiga egadirlar. Bunday kuchli tarkib bilan jamoadan yana nima talab qilinishi mumkin? Ko'ramiz, ular o'z maqsadlariga erisha olishadimi yoki ijobiy natijalar ichki chempionatdan uyog'iga o'tmaydimi...  


9-o'rin. Jan Pero Gasperini ("Atalanta"; Italiya)

Gasperini qo'l ostida Sarri yoki Tuxel jamoasidagidek futbolchilarning yarmi ham yo'q. Lekin Jan Pero Bergamoda shunday jamoa shakllantira oldiki, "yo'q joydan bor qildi" deb yuborgingiz keladi. Bu erda murabbiy mahoratiga tan bermaslikning iloji yo'q, chamamda. "Atalanta" CHempionlar Ligasida debyut ishtirokidayoq chorak finalgacha etib bora oldi (musobaqa hali yakunlanmagan). Ilichich va Ko nafaqat A Seriyada balki butun Evropada eng ko'p gol urayotgan jamoa hisoblanadi.  


8-o'rin. Yulian Nagelsmann ("RB Leypcig"; Germaniya)

Germaniyalik mutaxassis vaqti kelib ushbu ro'yxatning birinchi pog'onasidan joy olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Nagelsmann murabbiylik faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun hali juda ham yosh hisoblanadi. Yulian 32 yoshda (ko'plab futbolchilar bu yoshda hali maydonda bo'lishadi) CHempionlar Ligasida ikkinchi jamoasi bilan ishtirok etmoqda. "Xoffenxaym" hujumkor futbol ko'rsatib, ishtirokini guruh bosqichidan keyinoq yakunlagan bo'lsa, "RB Leypcig" koronavirus balosi kelguniga qadar, "Tottenxem"ni engib, chorak finalga chiqishni uddalagan edi.


7-o'rin. Antonio Konte ("Inter"; Italiya)

Konte — o'ziga yarasha obro'li murabbiy. Italiyalik murabbiy bir joyda uzoq muddat qolmasa-da, deyarli barcha ishlagan joylarida muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, aynan Antonio "Yuventus"ning chempionlik seriyasini boshlab bergandi, APLda va Angliya Kubogida zafar quchgan ("CHelsi"). "Inter" ham Konte kelgach, qayta uyg'ongandek va Skudetto uchun chinakamiga kurashga qirishgandi. 


6-o'rin. Maurisio Pochettino (vaqtincha klubsiz; Argentina)

Argentinalik kuzda ishsiz qoldi. SHunday bo'lsa-da, "Tottenxem"dan ketishi uning naqadar mahoratli murabbiy ekanini yo'qqa chiqara olmaydi. CHindan Levi bilan ishlashiga qaramay, u ancha ish qila oldi. Ha, Pochettino hali ham sovrin yuta olmadi, ammo bu murabbiy ishini baholashdagi yagona mezon emas. Uning qo'l ostida futbolchilar yanada o'sishga erishmoqda va jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgandi. Nechchi yil davomida "Tottenxem" katta transferlarga qo'l urmasdi va kezi kelganda o'zining etakchi futbolchilarini "pullardi". Hech nimaga qaramay, klub deyarli har yili ECHLda ishtirok etishni odat qildi va o'tgan mavsum finalgacha etib bora oldi. 


5-o'rin. Massimiliano Allegri (vaqtincha klubsiz; Italiya)

Massimiliano Allegri o'ziga xos tatilda, lekin futbol olami uni unutib qo'ygani yo'q. Antonio Konte boshlagan ishni Allegri ajoyib tarzda davom ettira oldi va "Keksa Sinora"ni A Seriyaning shubhasiz gegemoniga aylantirdi. Besh yilda "byankoneri" bilan Allegri 5ta Skudetto va 4ta Italiya Kubogini qo'lga kiritdi. Ikki bor Maks shogirdlari CHempionlar Ligasida g'oliblikka juda yaqin kelishdi, biroq har ikki safar ispan grandlari bunga to'sqinlik qildi — 2015 yil "Barselona", 2017 yil esa "Real Madrid". Nima bo'lgan taqdirda ham, Allegri top-trener darjasiga eta oldi va "Yuventus"ni chempion sifatida tark etdi.


4-o'rin. Diego Simeone ("Atletiko"; Argentina)

Dunyoda eng ko'p maosh oluvchi murabbiy, eng obro'li va ko'p sovrin yutgan deya olmaymiz. Bundan bir necha yil avval Diego ko'proq olqishga sabab bo'lardi, chunki unda jamoa ko'p bo'lmasa-da, sovrinlarni qo'lga kiritgan va ECHLda ham ijobiy natijalarga erishardi. Hozirga kelib jamoa ancha ko'p mablag' sarflasa-da, "matraschilar" istashsa 126 million evroga futbolchi sotib olishlari mumkin. Transfer bozorida narxlar ko'tarilib ketgan davrda bo'lsak ham, uch xonali summaga futbolchi sotib olganlar klublar hali u qadar ko'p emas. Simeonening antifutboli ko'pchilikka yoqmasada, u bilan hisoblashishga majburlar. CHoloning "Atletiko"dagi davri o'tdi deganlarga javoban klub ECHLda "Liverpul"ni kutilmaganda qiyin ahvolga solib qo'ydi. 


3-o'rin. Zinedin Zidan ("Real"; Franciya)

Odatda buyuk futbolchilar kuchli murabbiy bo'la olmasdi. Zidan bu toifaga kirmasligi aniq. Zizu "Real" bilan uch marta ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Keyin Florentino Peresga bosh egishni istamagani sabab jamoani tark etdi. Yangi kelganlar qanchalik urinmasin, "qaymoqranglilar"ni avvalgidek o'ynata olmadi va natijalar o'ta yomonlashib ketayotganini tushungan Florentino Zidanni qaytardi.  Bu safar franciyalik murabbiy "Real"ni yangidan qurish uchun qaytdi. O'tgan vaqt davomida Zidanga bu "qurilish" uchun mos darajadagi "material" etishmayotgandek... Balki shu sabab, muxlislar "Real Madrid" yana transfer bozorini "portlatib" katta transferlarga qo'l uradi deb kutayotgandir. OAV vakillari ham Peres navbatdagi "Galaktikos"ni yaratish niyatida ekanligini takidlashmoqda. Lekin hozirning o'zida bir narsani aytishimiz mumkin Zinedin — juda nozik did va o'zgacha sezgi sohibi.  


2-o'rin. Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"; Ispaniya)

Gvardiola "Barselona"da g'alabalarga erishganda, skeptiklar: "Kuchli bo'lsa, boshqa chempionatga borsinda, Messisiz g'alabaga erishsin. Ana shunda uning mahoratiga tan beramiz", — deyishdi. Xosep Germaniyaga ketdi va "Bavariya"da muvaffaqiyatga erisha boshladi va uning "muxlislari": "Bavariya" bilan Germaniyada yutishdan osoni yo'q, APLda o'zini ko'rsatsin", — deyishdi. Gvardiola "Manchester Siti" bilan Angliyada ham ikki bor titulga ega chiqqach, endi uning jamoalari ECHLda hech nima qila olmayotgani yodga olindi va qo'shimchasiga, Pep juda kuchli klublarni tanlayverarkan... Umuman olganda, tushundingiz.  



1-o'rin. Yurgen Klopp ("Liverpul"; Germaniya)

Sizda boshqa variant yo'qmidi? Klopp "Liverpul"ni qabul qilganda qanday jamoa edi-yu, hozir-chi? Finallardagi omadsizliklarga qaramay, "qizillar" Evropaning eng kuchli jamoasi nomiga sazovor bo'lishdi. Barcha neytral muxlislar APLda mavsumni yakunlab qo'yishlari va Yurgen Klopp jamoasini uzoq kutilgan chempionlik tituliga etaklab borishini istayotgani aniq. Axir, "Enfild"da bosh sovrinni 30 yildan buyon ko'rishmagan. Bu mavsum "Liverpul" chinakamiga chempionlikka mos o'yin ko'rsatayotgan edi. 


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика