So’nggi yangiliklar

18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  1 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  1 17:23Кантона Ямалга тан берди  2 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  2 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  21 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1

Mutolaa uchun. Gakpo – "Liverpul" muxlislari uchun rojdestvo sovg'asi. Niderlandiya terma jamoasi yulduzini MYUdan ilib ketishdi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Gakpo – "Liverpul" muxlislari uchun rojdestvo sovg'asi. Niderlandiya terma jamoasi yulduzini MYUdan ilib ketishdi

Tez harakat qilish hammasini hal qildi.

Ushbu mavsumni yomon boshlagan "Liverpul" qishda kuchaymoqda. Ular birinchi bo'lib PSVdan hujumchi Kodi Gakpo bilan shartnoma imzolashdi. Eyndxoven klubi 26 dekabrdayoq "Liverpul" bilan kelishuvga erishilganini, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga yo'l olishini tasdiqladi.

SHartnoma 2028 yilga qadar. Transferning taxminiy narxi – 37 mln funt, PSV tarixidagi rekord sotuv. Bu hali hammasi emas: The Athletic'dan Devid Ornshteyn narx bonuslar bilan birga 50 mln evrogacha chiqishini xabar qildi, The Guardian esa 50 mln funt haqida yozmoqda.



Gakpo jahon chempionatini yondirdi – 5ta o'yinda 3ta gol. Ammo, klublar mavsumida ham yaxshi harakat qildi: PSV uchun 24ta o'yinda 13ta gol va 17ta assist. Kodi – Evropada gol+pas tizimi bo'yicha etakchi (ha, hatto Erling Xoland va Leo Messidan ham ko'p jamg'ardi).

Tabiiyki, "Liverpul" Gakpo uchun Angliyadagi top-6ning boshqa klublari bilan kurashishiga to'g'ri keldi.


Ten Xag yozdan beri Gakponi so'radi. Ammo, MYU uzoq o'yladi va imkoniyatni qo'ldan boy berdi


Gakpo uchun uzoq vaqt "Manchester Yunayted" asosiy davogar hisoblandi. Erik ten Xag yozdayoq niderlandiyalik hujumchining o'tishiga shaxsan qiziqish bildirgan, yozda hatto o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga ham erishilgandi.

O'shanda Gakpo uchun "Lids" va "Sautgempton" "Yunayted"dan ko'proq pul taklif qilishdi. BBC'ning yozishicha, Ten Xagning xohishiga qaramay, MYUda transferlar uchun javob beradiganlar Gakponing xaridiga qattiq shubha bilan qarashgan. Ular Kodi PSV so'ragan 44 mln funt emas, balki 30 mln funtga arzishini bildirishga harakat qilishgan.

"Yunayted" yozda bitimdan voz kechdi va o'yinchining o'sishini kutish va kuzatishga qaror qilishdi. Gakpo uchun mavsum yaxshi o'tdi, ammo "Manchester Yunayted" hozir ham shubha bilan qaradi.

"Yozda ketishga yaqin edim. Biz Ten Xag bilan bir necha marotaba gaplashdik. Bitim yakunda amalga oshmadi, bu esa meni xafa qildi, sababi MYU dunyodagi eng katta klublardan biri", – deb Kodining o'zi ham muzokaralarni tasdiqladi.



The Guardian'ning yozishicha, keyinchalik xarid qilish huquqi bilan yarim yillik ijara variantini ko'rib chiqishgan. Bunday taklif esa PSVni o'ziga jalb qilmagan, ular o'rinbosar izlashga ko'proq vaqt bo'lishi uchun "Liverpul"ga sotuvni afzal ko'rishdi.

Angliya OAV "Liverpul" ko'p to'lamagani, shunchaki tez ("Yunayted" shubhalangan payt) harakat qilshganini yozmoqda. Va shu sabab futbolchini olishga muvaffaq bo'lingan.

Nega "Yunayted"ga Gakpo kerak bo'ldi? Ten Xag yozdayoq yangi hujumchini so'radi va Gakpo murabbiyning talablariga javob berardi. Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng MYUda faqat jarohatga moyil Marsyal va Reshford qolgandi. SHunday ekan, Gakponing transferi barbod bo'lganidan so'ng "Manchester" Osimxen, Vlaxovich, Feliks va Gonsalu Ramushga qiziqmoqda.

"Liverpul" muxlislari esa qo'shnilari haqida hazil qilish uchun sababga ega bo'lishdi – Gakpo so'nggi lahzalarda MYUning ilib ketilgan o'yinchilar ro'yxatida edi.



"Liverpul" Gakponi qanday qilib og'dirdi: sport direktori Rojdestvoda ishladi, Van Deyk va Kloppning assistenti – Kodining muxlislari


Jahon chempionati boshlanishiga qadar niderlandiyalik jurnalist Xans Kraay shunday degandi:

"Gakpo allaqachon ketdi. Balki "Manchester Yunayted"gadir, sababi ular Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishdi. Ammo, "Liverpul" varianti bor: Pep Leynders (Kloppning assistenti) – Kodining katta muxlisi. U hatto o'yinchini Kloppga "etishmayotgan bo'g'in" deb reklama qildi va xaridga undadi".

Gakponing "Liverpul"ga o'tishiga PSV sport direktori Marcel Brands ham shama qildi:

"Ular doim etibor bergan holda harakat qilishadi. Bazan ular noyabrdayoq keyingi mavsum uchun o'yinchilar bilan shartnoma imzolaydilar. Ular kelgusi yozda Gakponi sotish uchun yaxshi sherik bo'la olishadimi? Ha, albatta".

Leynders so'nggi yillarda "Liverpul"dagi o'rnini mustahkamladi: Kloppning aynan Pepning yordamchi sifatida qolishga tayyorligi yangi shartnoma imzolashida rol o'ynagan. Pep shunday qilib transferni amalga oshirishi mumkin edi. Ayniqsa, mavsum so'nggida sport direktori Julian Uord va bosh tahlilchi Ien Grem ketgan sharoitda.

Qanday bo'lmasin, bosh ingliz insayderi Devid Ornshteyn "Liverpul"ning skautlar bo'limi uzoq vaqtdan beri Gakpo bilan muzokara olib borganini yozdi. Sport direktori Uord esa bitimni tuzish uchun butun bayram paytlarida ham faol ishlagan. Dastlabki muzokaralar Dubaydagi yig'in paytida o'tkazilgan va barcha tafsilotlar rodjestvo haftaligiga 72 soatda qolganda kelishilgan.

Angliyada Gakpo va Diasning o'tgan qishdagi o'tishiga o'xshatilmoqda. Unda ham o'yinchi "Tottenxem" bilan barcha tafsilotlarni kelishib olgan, ammo keyinchalik Uord va "Liverpul" kelib, o'yinchini ilib ketishgan. Taxminan bir-ikki kun ichida.



Niderlandiyadagi OAVda Van Deyk o'tishda muhim rol o'ynaganini yozishmoqda. Niderlandiya terma jamoasi sardori Gakpo bilan yaxshi gaplashadi, shu sababi hujumchi Angliya klubidan taklif olganda, aynan Virjilga qo'ng'iroq qilgan. VVD "Liverpul"ga o'tish qaroriga tasir o'tkazgan.

"Kodi – juda yaxshi o'yinchi va yoqimli yigit. Biz buni mashg'ulotlarda, siz esa maydonda ko'rasiz, – deydi Van Deyk JCH paytida. – MYU yoki "Real"ga o'tish? Ushbu jamoalar hozirda teng darajada deya olmayman. Kodi oldinga qadam tashlashi kerak deb o'ylayman".

Yakunda Kodi "Liverpul"da Van Deyk bilan olg'a qadam tashlaydi.


Kloppga Gakpo nega kerak? "Liverpul"da haqiqatdan ham hujum chizig'ida kadrlar muammosi bor


"Liverpul" birgina yozda Sado Mane, Divok Origi va Takumi Minaminoni yo'qotdi. Ularning o'rniga yosh Fabiu Karvalyu va muntazam ravishda gollar urishni boshlay olmayotggan Darvin Nunesni xarid qilishdi.

Barcha yo'qotishlar muammo bo'lmasdi, ammo navbat bilan jiddiy jarohatlar sabab Luis Dias va Diogu Jota safdan chiqishdi. Ikkisini ham fevral-martdan oldin kutish kerakmas. Klopp ikkisiga ham mavsum startidan oldin juda ham ishonch bildirgandi, ammo hozirda mavsumning muhim qismini ularsiz o'tkazadi.



CHempionlar ligasiga esa yo'llanma olish kerak. Premer-liga qaytganidan so'ng hujumning chap qanotida Aleks Oksleyd-CHemberlen o'ynadi, u ham eng ishonchli variant emas. SHunday qilib klub bozorga 1 yanvarni kutmasdan chiqishga qaror qildi.

Gakponi yaqin kunlarda Liverpulda kutishmoqda – Fabricio Romano klub transferni chorshanba kuniyoq elon qilishini taxmin qilmoqda. Kodi esa yangi jamoasida dushanba kunidanoq o'ynashi mumkin.

Eng qizig'i, bu bilan Kloppning qishki xaridlari tugab qolmagan. Yarim himoya markazidagi teshik hali ham yopilmagan, shu sabab "Liverpul"ni deyarli barcha qiziqarli yarim himoyachilar bilan bog'lashmoqda: Enco Fernandes, Bellingem, Amrabat, Mak Allister.

Klub balki oldin yangramagan qandaydir xaridni yakunlayotgandir, sababi tinch ishlash "Liverpul"ning so'nggi yillardagi o'ziga xosligidir.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика