So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  8 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  18 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  4 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Mutolaa uchun. Futbolchilikdan charchagan haydovchi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Futbolchilikdan charchagan haydovchi

Roberto Galarsaning tarixi.

Bu odam haqida ko'pchilik bilmaydi. Hattoki argentinaliklarning o'zi ham faqatgina bir sabab bilan uni yodga olishlari mumkin: 1995 yilda "Boka" darvozasiga urilgan gol.

25 yil oldin urilgan gol fantastik bo'lmagan, umuman olganda Nestor Fabrining boshiga tekkan holda darvozaga kirib ketgan. SHuningdek, gol muhim ahamiyat kasb etmagan ham: o'shanda chempionatning endi 8-turi edi. Biroq "Rasing" 1987 yili 6:0 hisobida yutganidan keyin 22 o'yin deganda "Boka"ni mag'lub etgandi. "El Grafico" nashri gazetasi muqovasiga Galarsaning sheriklarini quchoqlab tushgan rasmiga: "Rasing" mavsumni qutqardi", deb yozib qo'ydi.


Jamoada Poxo Lopes, Gustavo Kostas, Turk Garsiya, Negro Klausen kabi futbolchilar bilan birga o'ynardim. Ular haqiqiy xarsangtoshdek edilar. Yodimda, "Boka"ga qarshi o'yindagi g'alabadan keyin biz kiyinish xonasida bayram qilib, bir-birimizni pivoga cho'miltirgandik. Keldik, yutdik va ularning chempionligini barbod qildik".

O'sha paytlarda "Rasing"ni diskvalifikaciyadagi Diego Maradona (Karlos Fren bilan birgalikda) shug'ullantirardi. Xo'sh, nima uchun chempionlik barbod bo'ldi - "Boka" o'sha paytda yuqori o'rinda edi va biror marta ham mag'lub bo'lmagandi, navbatdagi 5 o'yinda esa jamoa atigi 1 marta g'alabaga erishdi. Ha, umuman olganda "Boka" juda yomon davrlarni o'tkazayotgandi: ular 1998 yili Karlos Byankining oltin davriga qadar 6 yil davomida hech nima yutishmagandi.

Galarsaning futboldagi hayoti unchalik porlamadi, biroq u futbolga shunday otilib, yorqin tarzda kirib kelgandi. "Bombonera"dagi g'alabaga qadar "Rasing"ni Karlos Babington boshqarayotgandi, biroq "Ferrokaril Oeste" jamoasiga qarshi o'yinga yangi futbolchi Adrian de Visentening transfer hujjatlari SHveycariyadan etib kelmadi.

"Galarsa, tayyor bo'l, ushbu haftada debyut qilasan", - degandi Babington, uchrashuvga bir necha daqiqa qolganida esa: "Qani, yigitcha, olg'a! Bugun dubl qilishing kerak".

"SHunday bo'lishiga ishonarmidingiz? Birinchi golim juda ham chiroyli bo'lgandi: men Ruben Ayyala va Xermann Burgoslarni ortda qoldirib, zarba yo'lladim: ular mamlakatning eng katta futbolchilari edi".


Oradan vaqt o'tib, uning "Boka"ga urilgan goldan yana biridan bo'ldi (futbolchining zarbalari kuchli bo'lgani uchun Maradona unga uzoqdan tez-tez zarba berib turishini maslahat bergandi), biroq shunday hissiyotlar paydo bo'ldi-ki, debyutidayoq Galarsa pasayishni boshladi. "Rasing" 2:0 hisobidagi g'alabani boy berdi va turnir jadvalida "River Pleyt"dan o'tib ketib, chempionat etakchisi maqomiga ega bo'lish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. CHempionat yakuni sayin jamoaning ishi ortga qarab ketdi, so'nggi turlarda "Kolon" "Rasing"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi.

To'p bilan yaxshi harakatlana oladigan va juda katta umidlar bog'langan Galarsa "Rasing" tarkibida 40 o'yinda 5 gol urdi va keyinchalik 2-divizion vakili "Kilmes"ga o'tib ketdi. Ushbu shahar meri Annibal Fernandesning shaxsan o'zi Galarsani klubga o'tishga ko'ndirdi. SHunga ham qaramasdan, uning "pivo quyuvchilar" bilan ishi o'xshamadi, xavbekning oldingi jismoniy holati qaytib kelmadi.

2010 yilda ularning navbatdagi uchrashuvi o'tkazildi. Fernandes qonunchilik vakili sifatida mashina qo'yish parkovkasiga bordi va qorovullar tomonga nazar tashladi, tanish kimsa ko'rindi. Anibal uni tanidi va paltosini mashinaga otib, ajablangancha uni borib quchoqlab oldi.

- Bu erda nima qilyapsan? 15 yildan buyon seni ko'rmagandim.
- Menga ish kerak, - dedi Galarsa.
- Kilmesga kel, u erda senga yoshlar jamoasi uchun murabbiy kerak edi.
- Anibal, buning uchun rahmat. Ammo futbol haqida boshqa eshitgim ham kelmayapti. SHuning uchun ham faoliyatimni ancha erta yakunladim.

Roberto avtobus haydashni istayotganini va buning uchun maxsus licenziya olganini aytib o'tdi. Fernandesning tavsiyasiga ko'ra, sobiq futbolchi Kilmes va Buenos-Ayresni bog'lab turuvchi 148-raqamli avtobusga haydovchi qilib qo'yildi. Bu joyda ishlayotganiga 10 yildan oshib ketdi.

Galarsa 28 yoshida faoliyatini yakunladi. U Argentinaning bir necha jamoalari tarkibida 2-ligada, hattoki Kosta-Rikada ham futbol o'ynab keldi.

"Futbolda seni doimo aldashadi. SHartnomamni bir tomonlama qilib, ko'p bora almashtirib tashlashdi, 5-6 oylab maoshsiz o'tirdim. Men bobomga bergan vadamni bajargandim: Primereda 18 yoshimda debyut qildim"

"O'sha kun "Rasing" muxlislariga katta xursandchilikni taqdim qilgan o'sha golni urganimdan baxtiyorman. Ular meni hali ham yodidan chiqarishmagan va g'urur bilan o'sha kunni eslashadi"

Robertoning aytishiga ko'ra, bazida avtobusga "Boka"ning muxlislari chiqib qolishadi va ular 1995 yili qo'ldan chiqarilgan chempionatni yodga olib turishadi.

Hozir karantin vaqtida 148-raqamli avtobusda asosan tibbiyot xodimlari qatnamoqda. Policiyachilar doimo ruxsatnomalarni tekshirib borishadi va kuniga ikki marta avtobusdagi odamlarni tekshirishadi. Galarsa esa ishidagi muhim kunlarida Navarro Montoya darvozasiga urilgan o'sha golni katta g'urur bilan eslaydi.

Aytgancha, "Rasing" va "Boka" jamoalari faxriylari o'rtasidagi so'nggi nazorat o'yinida Montoya yana bir gol urdi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика