So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Mutolaa uchun. Eriksenni qutqargan qahramon Yangiliklar

Mutolaa uchun. Eriksenni qutqargan qahramon

Eriksen hushidan ketganidan keyin Daniya terma jamoasi shifokorlari o'zlarini yo'qotib qo'ydilar. Futbolchining hayotini reanimatolog saqlab qoldi.

Tanishing, quyida rasmi keltirilgan inson Yens Klyaynfeld – Kristian Eriksen qutqaruvida eng katta faollik ko'rsatgan shifokor. Aynan u futbolchining yurak urishini qayta ishga tushirgan va birinchi bo'lib o'ziga kelgan Kristian bilan gaplashgan.

Klyaynfeldning sport tibbiyotidagi yutuqlari:

Klyaynfeld – anesteziya, shoshilinch yordam va intensiv terapiya sohasidagi nemis mutaxassisi. U bir nechta milliy va xalqaro sport associaciyalarida shifokor bo'lib ishlaydi.

- Jahon futbolidagi doping nazorati tadbirlarida qatnashadi;

- Xalqaro sport tadbirlarida tibbiy uyushmani tashkil etish ishlariga bir necha marta javobgar bo'lgan;

- Xalqaro sport associaciyasining antidoping bo'yicha ekspertlar guruhi azosi, doping nazorati tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda bevosita ishtirok etadi.

Hodisa mutaxassisning ko'zi bilan: Eriksen defibrillyator zarba(razryad)lari orqali qutqarildi, daniyalik shifokorlar voqea ko'lamini tushunmadilar

Klyaynfeld o'yindan bir soat oldin Kopengagendagi mashg'ulotlarga kelgan. U kabi mutaxassislarni ehtimol, futbolchilarning hayotini saqlab qolish uchun maxsus o'qitishgan. Qarangki, shunday holat ro'y berdi.

Yens mashg'ulot tugagandan so'ng "Parken" stadioni tribunasidan joy oldi:

"Men voqea sodir bo'lgan joyning to'g'risida, qarama-qarshi tomonida o'tirgan edim. Birinchi u erda jiddiy narsa sodir bo'lgan deb o'ylamagan edim. Ammo, keyin Daniya terma jamoasi shifokorlarining reakciyasini ko'rgach, bu oddiy jarohat emasligini angladim", – deydi doktor "Funke"ga bergan intervyusida. 

SHundan so'ng Klyaynfeld yordam uchun maydonga yugurdi - bu holatda uning tajribasi hamkasblariga katta yordam berdi:

"Futbolchilar boshlarini ushlab turishardi. Men brigadaga maydonga chopish uchun ishora qildim. Ularning yonida defibrillyator bor edi". Keyin oldimda o'tirgan hamkasblarimga: "Biz harakat qilishimiz kerak", – dedim.

Klyaynfeld Kristian tomon yugurganida uning jamoasi allaqachon yurak massajini boshlagan va elektrodlarni Kristianning tanasiga ulab, defibrillyatorni tayyorlagandi:

"Biz unga zarba(razryad)lar berdik va massajni davom ettirdik. Bir soat oldingi mashg'ulotda qilganlarimiz najot topishda hal qiluvchi rol o'ynadi".

Daniya terma jamoasining tibbiy jamoasi bunday vaziyatda qanday harakat qilishni tushunmadilar:

"Daniyalik shifokorlar voqea ko'lamini darhol anglamadilar. Bunday daqiqalarda siz tez harakat qilishingiz kerak, ammo men ularni ayblay olmayman: ular butunlay boshqa jarohatlar bilan band bo'ladilar va yurak xurujini darhol tushunib etishlari qiyin. Men buni birinchi marta Eriksenning tilini tortib olishga urinishayotganida tushundim. Inson hayotini bu tarzda saqlab qolishning iloji yo'q".

Eriksen qutqarib qolinishida defibrillyator muhim rol o'ynadi.

"Agar siz dastlabki ikki daqiqada bemorni defibrillyator bilan taminlasangiz, ularning tirik qolish ehtimoli 90%ni tashkil qiladi. Har bir to'xtash daqiqasi ularni yana 10%ga kamaytiradi. Tezkorlik – asosiy nuqta. Eriksen eletkroshokni 2-3 daqiqa kutib turdi, shuning uchun u tirik qolish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi", – dedi Klyaynfeld.

Tez orada Kristian hushiga keldi. SHifokor ushbu daqiqani juda yaxshi eslaydi:

"Men undan ingliz tilida so'radim: "Sen biz bilan birgamisan?". U "Ha men shu erdaman", deb javob berdi. Keyin qo'shimcha qildi: "Jin ursin, men endigina 29 yoshga to'ldim". Men unga hozir hammasi yaxshi ekanligini aytdim, u buni tushundi va qo'lini ko'kragiga qo'ydi".

Defibrillyator va tibbiy mashg'ulotlar – Kristian Eriksenning hayotga qaytganining ikkita asosiy kalitidir.

Hech shubha yo'qki, ushbu qutqaruv – Evro-2020'ning eng muhim voqeasi.

SHerzod Nurmatov tarjimasi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика