Mutaxassis fikri - "Berdiev Kapadzedan, Babayan Abramovdan ustun keladi"
29 fev 2024 17:30
Yangiliklar
Mutaxassis fikri - "Berdiev Kapadzedan, Babayan Abramovdan ustun keladi"
Superliga karvoni katta yo'lga chiqmoqda. Bu yo'lning boshlanishi qanday bo'lishi barchaga qiziq. Hali uchrashuvlar boshlanmasidanoq chempionlik imkoniyatlari, autsayderlar kim bo'lishi haqida bahs-munozalar avjiga chiqmoqda. Lekin shuni aytish mumkinki, 1-tur odatda aldamchi va xulosalar qilishga erta palla hisoblanadi. Biz esa ertangi o'yinlar oldidan tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.
Navbahor Abror Ismoilov - 19', Toma Tabatadze - 48', Toma Tabatadze - 84' Superliga. 1-tur 01/03/2024, 18:30
Dinamo Joel Kojo - 52'
- "Navbahor" "Nasaf" bilan birga bu yilgi chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Abramov boshchiligidagi "Dinamo" imkoniyati darajasida "Navbahor"ga qarshilik ko'rsatadi. Lekin fikrimcha, "lochinlar" o'z muxlislari qarshisida ishonchli g'alabaga erishadi. "Navbahor" 2ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishini taxmin qilaman,.
Nasaf Akmal Mozgovoy - 63', Zoran Marushich - 77' |
Superliga. 1-tur 01/03/2024, 19:15 0
:
2
Tugadi
|
Olimpik |
- Qarshi jamoasi qishki selekciya jarayonini juda faol olib bordi. "Nasaf" bu yil har doimgidan ham chempion bo'lish uchun tayyor, deb hisoblayman. Kapadze jamoasi har bir jamoaga bosh og'riq bo'ladi. Yakunda "Nasaf" uyda bitta to'p farqi bilan 3 ochko qo'lga kiritadi.
Bunyodkor Temurxo’ja Abduxoliqov - 78' |
Superliga. 1-tur 02/03/2024, 17:00 3
:
1
Tugadi
|
Qizilqum Giorgi Kuxianidze - 26', SHahboz Jo'rabekov - 33', Samandar Shukurullayev - 45' |
- Ikkita 5-6 uchun kurashadigan jamoalar to'qnashuvi. "Bunyodkor"da ko'p o'zgarishlar yuz berdi. Bu men uchun hozircha jumboq jamoa hisoblanadi. "Qizilqum" o'tgan yilgi tarkibni saqlab qolishga harakat qildi. Jo'rabekov va Lobjanidze kabi yaxshi saviyadagi o'yinchilar bilan tarkibni kuchaytirdi. Aynan Elguja Lobjanidze Superliga kashfiyoti bo'ladi, deb o'ylayman. Bu o'ying taxminim esa durang.
So'g'diyona Lupche Doriev - 90' Superliga. 1-tur 02/03/2024, 19:15
Neftchi Nsungusi Effiong - 14', Nsungusi Effiong - 60'
- Bu o'yinni 1-turning markaziy qarama-qarshiligi deya olamiz. "So'g'diyona" o'rta kuchga ega bo'lgan jamoa. "Neftchi"n
So'g'diyona Lupche Doriev - 90' Superliga. 1-tur 02/03/2024, 19:15
Neftchi Nsungusi Effiong - 14', Nsungusi Effiong - 60'
- OKMKning amalga oshirgan selekciyalari chempionlik uchun kurashadigan jamoalar qatoridan uzoqlashtirdi. Lekin bugun qilingan o'zgarishlar bir necha yil o'tib mevasini berishi kerak. Jamoa o'tgan yilgidan yoshartirildi. "Andijon" esa Xomyakov boshchiligida o'tgan yilgidek jangovar va kurashuvchan jamoa bo'lishi shubhasiz. Taxminim, OKMK minimal hisobda g'alaba qozonadi.
Lokomotiv Dilshod Komilov - 8', Dilshod Komilov - 87' Superliga. 1-tur 03/03/2024, 17:15
Metallurg Shahzod Ubaydullayev - 45', Abror Toshqo'ziev - 51'
- "Lokomotiv"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Jamoa Pro ligadan chiqqaniga qaramasdan murabbiy Denis Korostichenko ishdan bo'shatildi. Uning o'rniga baho berishimiz qiyin bo'lgan murabbiylar shtabi ish boshladi. "Lokomotiv" munosib ishtirok etsa, 5-6 o'rinlar uchun kurashadi. "Metallurg" esa asosiy tarkibni saqlab qoldi. Ikkita o'rtamiyonalar janggida durang bo'ladi.
Surxon Superliga. 1-tur 04/03/2024, 18:30
Paxtakor Dragan CHeran - 3', Dostonbek Hamdamov - 51', Dragan CHeran - 70'
- "Surxon" o'tgan yili kuchli o'yin ko'rsatdi. Ular shuni saqlab qola oladimi yoki yo'q barchaga qiziq. "Paxtakor" esa tarkibni juda yoshartirdi. Jamoani etakchi o'yinchilar tark etdi. Kelajakni o'ylab selekciya qilishdi. Fikrimcha, joriy mavsumda chempionlik uchun kurash "Paxtakor"siz o'tsa kerak. Jamoada ko'p o'zgarishlar bo'lganiga qaramasdan 1-turda "Surxon" ustidan minimal hisobda g'alaba qozonsa kerak. Futbol kutilmagan natijalar bilan qiziq. Biz shunchaki taxmin qilishimiz mumkin. Barcha yaxshi niyat bilan yangi mavsumga kirib kelishmoqda. Ishtirokchi jamoalarga omad tilayman.
Fikrlar