Mussa Dembele: "Tottenxem" barchani "Old Trafford"da hayratda qoldirishga qodir"
30 dek 2013 19:21
Yangiliklar


Mussa Dembele: "Tottenxem" barchani "Old Trafford"da hayratda qoldirishga qodir"
"Tottenxem" futbolchisi Mussa Demble jamoasi o'tgan yilgi natijani takrorlay olishi va "Manchester Yunayted"ni mehmonda mag'lub etishidan umidvor.
O'tgan mavsumda shporlar 1989 yildan buyon birinchi marta "MYU"ni mehmonda taslim etishdi. Jamoalar 1 yanvarda yana to'qnash kelishadi. – O'tgan mavsumda bizning tarkibimiz mutlaqo boshqacha edi, shu sababli u o'yinni eslashning hojati yo'q, – deya futbolchi so'zlaridan keltiradi Goal.com. –
Raqib uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'radi, lekin biz ulardan qo'rqmaymiz va barchani hayratlantirmoqchimiz. Bu top-komanda. Biz uni xurmat qilamiz, lekin g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Fikrlar