Musobaqaga tobora oz qolgan bir paytda, Kuala-Lumpurdagi kundalik
07 jan 2015 20:33
Yangiliklar

Musobaqaga tobora oz qolgan bir paytda, Kuala-Lumpurdagi kundalik
Hozircha barchasi reja asosida kechyapti. Saytda ish to'xtab qolmasligi uchun Narzullani 4 yanvar kuni uchirib yuborgan edik.
Xayrulla aka ikkimiz esa bir kun keyin Malayziya poytaxti sari parvoz qildik. Bizdan tashqari samolyot Osiyo Kubogi sari yo'lga chiqqan 80 nafarga yaqin ishqibozni o'z bortiga olgan edi. Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi delegaciyamiz Kuala-Lumpurga Toshkent vaqti bilan soat 6:00da qo'ndi. Malumot uchun, Malayziya O'zbekiston vaqtidan 3 soat oldinda. SHu o'rinda bir narsani takidlab o'tsam, yil sayin O'zbekiston havo yo'llarini mijozlarga xizmat qilish sifati oshib borayapti. Boshqa kompaniyalardan eng katta farqi, eb ichishni maromiga keltiradi. Buning uchun kompaniya vakillariga o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tishni saytimiz vakillari o'zlariga burch deb bildilar.
Malayziya poytaxtiga 7 soatdan sal ortiq uchasiz. Beshinchi soatdan keyin xuddiki vaqtlar to'xtab qoladi. Bu gapimni uzoq davlatlarga parvoz qilib yurgan kishilar to'liq qo'llab-quvvatlasalar kerak. endi tasavvur qilavering, terma jamoamiz Dubaydan Sidneyga 14 soatli parvozni amalga oshirdi. Kuala-Lumpurdan Sidneyga qadar esa yana etti soatlik parvoz. Ilk marotaba ekvatorga yaqin keldim. Ekvator chizig'i Malayziya va Singapur davlatlarining o'rtasidan o'tgan. Hamrohlarim haqida to'xtalib o'tsam, Saidmurod aka terma jamoa muxlislar klubida "Paxtakor" sharafini himoya qiladilar. Hasan akamni ham barchangiz tanisangiz kerak. Hasan og'aning futboldagi Husani bo'laman. Ikkimiz bir vaqtda futbol fotojurnalistikasiga kirib kelganmiz. Ayni paytda O'zbekiston futbol federaciyasida faoliyat olib borayotgan bu kishi, 1982 yilda tavallud topgan bo'lib, qatorasiga uchinchi Osiyo Kubogida ishtirok etish baxtiga sazovor bo'lyapti. Bu oddiy gap bo'lib ko'rinishi mumkin-ku, ammo to'rt yilda bir marotaba bo'ladigan uchta qita chempionatida ishtirok etish katta baxt. Kaminada ham turnirlar soni ancha ortib qoldi. Qatardagi Osiyo Kubogi, BAAda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati va o'smirlar ishtirokidagi JCH. Turkiyada yoshlar o'rtasida JCH va yaqinda Incheon shahrida tashkil etilgan Osiyo o'yinlari. Sayt va o'quvchi manfatidan kelib chiqib, imkon qadar terma jamoamiz qatnashadigan musobaqalarni tanlaymiz, bari-bir o'zingniki, o'zingnikida!
Agar rosmana katta musobaqalarda faoliyat olib borsangiz, bu katta tajriba maktabi bo'lish bilan birga, chet eldagi hamkasblaringizni ish faoliyatini o'rganish ham demakdir. Lirik chekinish uchun uzr. Yana bir hamrohim Xayrulla Xoliqov. O'zining ikkinchi yirik musobaqasiga yo'l olayotgan hamkasbimizdan OKda maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz. Abdurahmon Fozilov haqida gapirmasam ham bo'lsa kerak, barchangiz u kishini taniysizlar. So'nggi yillarda saytimizga ancha foydasi tegayotgan kishi. Mehmonxonalarni bepul qilib beradimi-e )) ... Albatta bu biz uchun yaxshi. Jurnalistni har qadamda moddiy texnika bazasiga bir nima bo'lib qolishi mumkin. Masalan kecha 300 AQSH dollariga teng qiymatga ega, fotoapparatni kichik aksessuarini olishga majbur bo'ldim. Olmasam ham bo'lmas edi. Mana shunday paytlar tejalgan pullar as qotishini ko'ravering-da. "Lokomotiv"dagi Odil akani ham aohida takidlab o'tsam, juda ajoyib inson. Yoshlari katta bo'lishiga qaramay, ko'ngil yosh. "Bunyodkor" muxlislar klubi sardori SHavkat aka esa bizni Kualada kutib oldilar. Ular haqida Narzulla o'z kundaligida yozib o'tgan edi. Narzulla uchun uzr so'rayman, boshqa kundalik yoza olmadi. Kamtarda bola. Aeraportda birinchi bo'lib "Nasaf"dan Jonson aka bilan ko'rishdim. Aka, etar shuncha bronza, sekin kumush, keyin oltinga harakatni boshlash kerak desam, bizda 10ta oltinga teng OFK Kubogi bor deb kulib qo'ydilar. Terma jamoa shunisi bilan biz uchun qadrli. Unda "Paxtakor", "Lokomotiv", "Nasaf" yoki "Bunyodkor" degan narsa yo'q. Uning atrofida hamma birlashadi va hamma muxlislik qiladi. Bunday muxlislar faqat va faqat g'alabaga munosib, buni o'qiyotgan futbolchilar, eshitib qo'ying, sizlarni qoqilishga haqqingiz yo'q! Ruslarning bir gapi bor, drujba drujba, slujba slujba. Do'stlik o'z yo'liga, ish o'z yo'liga.
Mehmonxonaga kelib, instagramdagi saxifamga surat qo'yar ekanman, tag so'z qoldirdim:
- Farhod va Sadriddin, biz Kualadamiz. Qaerga mehmonga boraylik?
Bu ikki futbolchi bilan deyarli yoshligidan tanishman. Insoniylikni joyiga qo'yishadigan kishilar. Sinovdan alo darajada o'tishdi. Ko'p o'tmay Farhod vayber orqali qo'ng'iroq qildi, ming hijolat bilan Kuala Lumpurga bora olmasligini aytdi. U istiqomat qiladigan shahar mashinada tribandlik bo'lmasa 1 soatdan ortiq keladigan masofada joylashgan. Aksiga olib, uning shaharchasida katta toshqin sodir bo'libdi. Ko'plab kishilar qurbon bo'lishgan. Provinciyada 5 kunlik motam kuni elon qilingan. U yuborgan videolarni ko'rib, jannatmakon O'zbekistonimdan o'rgilay dedim. Telefon orqali Tojiev va Abdullaev saytimiz o'quvchilariga o'z salomini aytib yubordi.
Mazkur kundalikni Kuala-Lumpur aeraportida yozyapman. Bu vaqtda Toshkentda, uyquning eng shirin lahzalari hukmronlik qilayotgan bir payt, soat 4:00. Biz esa Sidneyga uchishi kerak bo'lgan havo laynerimizni kutyapmiz. Malayziya vaqti bilan soat 9:10da uchib, Sidneyga mahalliy vaqt soat 20:00da qo'ndik. Avstraliya va O'zbekiston o'rtasidagi vaqtlar tafovuti 6 soatni tashkil etadi. Yani biz oldindamiz. Yashil qitadagi ilk kun haqida, ertaga o'quvchi!
Nodirxo'ja Yuldashev
Kuala-Lumpur

Fikrlar