So’nggi yangiliklar

23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  3 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  5 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  19 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  10 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  58 19:50Гари Невилл АҚШда дам олган Рэшфорд ва Каземирони танқид қилди  3 19:21"Реал" январда Эндрикни ижарага бермайди  0 18:59Жоау Канселу: "Ҳар доим "Барселона"га мухлислик қилганман"  2 18:35Сон Туркияда тўп тепиши мумкин  0 18:06Александр Ежов: "2-3 та вазиятни юз фоиз голга айлантиришимиз керак эди"  0

"Musobaqadan oldin Turkmaniston guruhda har bir raqibdan nechta gol o'tkazadi deb so'raganlar ham bo'ldi". Ahmed Agamurodov bilan katta intervyu Yangiliklar

"Musobaqadan oldin Turkmaniston guruhda har bir raqibdan nechta gol o'tkazadi deb so'raganlar ham bo'ldi". Ahmed Agamurodov bilan katta intervyu

U-23 Osiyo kubogida Turkmaniston terma jamoasi ko'pchilik uchun kutilmaganda guruhdan keyingi bosqichga chiqdi.

Biz chorak finaldan oldin terma jamoa ustozi Ahmed Agamurodov bilan suhbatlashdik.

- Turkmaniston U-23 terma jamoasini chorak finalga chiqqani bilan tabriklaymiz. Dastlab guruh bosqichi haqida gapirib bersangiz? Qanday qiyinchiliklardan o'tdingiz?

- Tabriklar uchun rahmat. "A" guruhida mezbon O'zbekiston terma jamoasi bor edi. Bundan tashqari Qatar va Eron kabi qitaning kuchli terma jamoalari hisoblanadi. Ularga qarshi munosib o'ynab chorak finalga chiqqanimizdan xursandman. Juda ham shiddatli o'yinlar namoyish etdik. So'nggi turda Qatarga 0:2 hisobida yutqazib turib, yakunda durangga erishib, chorak finalga yo'llanma olganimizdan faxrlanaman.

- Ilk o'yin va darhol mezbonlarga qarshi. To'lib-toshgan stadion. Jamoaingiz bunday bosimni qanday engib o'tdi? Axir Turkmaniston terma jamoasi futbolchilari hayajonlanishmagani sezildi...

- Tayyorgarlik vaqtidayoq O'zbekiston terma jamoasi qanchalik kuchli ekanligini bilardik. Ochilish o'yinida stadiondagi muhit ham qaerdadir O'zbekistonga yordam bergandir. Qaerdadir esa bizga yordam bergan bo'lishi mumkin, sababi mezbonlar o'z muxlislari qarshisida hayajonlanishgani bor gap. Bizning tarkibimizda Turkmaniston oliy ligasida o'ynaydigan futbolchilar bor. Bazilari OCHLda ham o'ynagan. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin oldinga o'tib hisobni tenglashtirishga urindik. Ilk turda yutqazib qo'ydik, ammo hech qisi yo'q. Asosiysi guruhdan keyingi bosqichga chiqdik.




- Agar O'zbekistonga qarshi ikkinchi marta o'ynaganingizda ochko olishingiz mumkinmidi?

- Bu savolga javob berish oson emas. O'ylaymanki bu savolga javob berish uchun mana shu o'yinni o'tkazish kerak. Balki finalda O'zbekiston bilan to'qnash kelarmiz (kuladi). Agar shunday bo'lsa baxtli bo'lardim. O'shanda barchasi oydinlashardi. O'zbekiston terma jamoasiga ham omad yor bo'lsin, ularga finalga qadar etib borishlarini tilayman.

- Ikkinchi turda Eronni mag'lub etdinglar. Ikkinchi taymda raqib futbolchisi chetlatilgani sizlarga yordam berdimi?

- Eronga qarshi bahs biz uchun og'ir boshlandi. Ilk turdagi mag'lubiyatdan keyin yigitlar ko'p kuch ishlatishdi va balki ikkinchi turga to'liq tiklana olishmagandir. Ammo hisobni tenglashtirganimizdan keyin jamoamiz o'ziga ishonishni boshlaganini ko'rdim. Ikkinchi taymda o'z o'yinimizni ko'rsatishga va g'alaba qozonishga intildik. Raqib futbolchisi chetlatilgani esa, agar statistikaga qarasangiz bu bizga yordam berdi. SHundan keyin to'p nazoratini o'z qo'limizga oldik va ko'proq hujum qildik. Uchinchi golni ham urishimiz mumkin edi. SHu bois savolingizga ha, raqib safidagi chetlatish bizga yordam berdi deya olaman.

- Eronga qarshi o'yindan keyin musobaqadagi maqsadlar haqida savol paydo bo'ldi. Musobaqadan oldin qanday maqsad va vazifalar qo'yilgandi? Axir, qanday vaziyatda qura sizlar uchun omadli bo'lmagandi.

- Eronga qarshi o'yindan keyin matbuot anjumanida ko'pchilik quradan keyin bizga ishonishmaganini aytdim. Bundan tashqari shaxsan o'zimga har bir terma jamoadan nechtadan gol o'tkazasizlar degan savollar ham berishdi. Bu narsa baribir yoqimsiz holat edi. Ammo shunday gap-so'zlardan keyin guruhdan chiqa olganimiz ikki karra qadrli bo'ldi. Endi Avstraliyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu bahsda borimizni berishga va yarim finalga chiqishga harakat qilamiz.

- Qatarga qarshi bahsdagi kambek barchani xayron qoldirdi! Begenchmurod Muradovga zaxiradan maydonga tushirishdan oldin nima dedingiz va u ikkita gol urdi?

- U terma jamoamizning asosiy futbolchisi. Afsuski O'zbekistonga qarshi bahsdan keyin oyog'ida og'riq his qildi. SHu bois Eron bilan o'yinda maydonga tusha olmadi. Balki bu xordiq unga yordam bergandir. Qatar bilan o'yin boshidan uni tushirib tavakkal qilgim kelmadi. Maydonga tushib, hisobni o'zgartirish uchun jamoaga yordam berishini aytdim. Butun jamoaga rahmat aytaman, barcha futbolchilar Begenchmuradga ikkita gol urishiga yordam berishdi.




- Sizning jamoaingizdan kimlarga etibor qilish kerak? Xorij klublaridan kimgadir qiziqish bo'ldimi?

- Men bir futbolchini alohida ko'rsatmoqchi emasman. Butun jamoani aytgan bo'lardim. Futbolchilarimga qiziqish esa bu agentlar va xorij klublarining ishi. Yigitlarim katta ishni amalga oshirishdi va hozirgi kunga kelib yaxshi natija qayd etishdi. Ammo to'xtab qolish kerak emas va keyingi bosqchiga chiqishga harakat qilish lozim.

- Jamoangizdan kimlarni alohida ko'rsatish mumkin?

- O'zbekiston terma jamoasidan birinchi navbatda sardorni (Jasur Jaloliddinov) ajratib ko'rsata olaman. Undan tashqari yana saviyali futbolchilar bor. O'zbekiston terma jamoasining o'yini menga juda yoqadi. Ular zamonaviy futbol namoyish etishadi. SHu bois futbolchilar emas ko'proq bosh murabbiy Timur Kapadzeni ham alohida ko'rsatishim mumkin.

- Otangiz Tachmurad Agamurodov, O'zbekistonda ishlagan eng mashhur murabbiylaridan biri hisoblanadi. U ko'plab klublarimizda ishlagan, "Qizilqum"dagi faoliyatidan keyin hech qaerda ko'rinmay qoldi. Otangiz hozir qaerda ishlayapti?

- Otam qaerda ishlasa ham uning ishini kuzatib borardim, muxlislik qilardim. Ayni paytda otam hech qaerda ishlamayapti. O'zbek klublari va O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini tomosha qilib kelmoqda.

- Bu musobaqada otangiz o'z maslahatlari bilan yordam berdimi?

- Bu sir emas, otam doim jamoa bilan birga va mashg'ulotlarda xatolarimni to'g'rilab turadi. Qaysidir vaziyatlarda bahslashamiz ham. Bu erda bizga yordam berayotganidan xursandman. Otam O'zbekistonda yashayotgan bo'lsa ham hech qachon turkman ekanligini utunmaydi.




- Oldinda Avstraliyaga qarshi chorak final o'yini. Kuchli raqibga qarshi o'yinga qanday taktika tanlaysiz?

- O'ylashimcha o'yindan oldin qandaydir taktika haqida gapirish noto'g'ri bo'lsa kerak. Murabbiylar shtabi bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Menga yordam berayotgan har bir mutaxassisga rahmat aytaman. Jamoadagi har bir inson Avstraliya bilan bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda. Agar nimadir o'xshamasa va munosib o'ynab, mag'lub bo'lsangiz bazida xafa bo'lmaysiz. Doim raqibni hurmat qilish kerak.

- Intervyu uchun minnatdorchilik bildiramiz! CHorak finalda omad yor bo'lsin!

- Ijobiy tilaklar uchun rahmat aytaman. O'zbekistonlik muxlislar bizning o'yinimizdan zavq olishlari uchun borimizni beramiz. Intervyu uchun sizga ham katta rahmat!

Evdokim Raimov suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика