Muslera o'yin paytida jiddiy jarohat oldi. U shoshilinch tarzda shifoxonaga etkazildi
15 iyu 2020 13:07
Yangiliklar


Muslera o'yin paytida jiddiy jarohat oldi. U shoshilinch tarzda shifoxonaga etkazildi
"Galatasaroy" darvozaboni Fernando Muslera Turkiya chempionati 27-turi doirasidagi "Rizespor"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.
Darvozabon o'yinning 15-daqiqasida "Rizespor" futbolchisi Milan SHkoda bilan to'qnashib ketdi. Natijada "Galatasaroy" futbolchisi oyog'ining ikki qismi sindi. Muslera zanbilda maydondan olib chiqib ketildi va zudlik bilan shifoxonaga etkazildi. Futbolchining 9 oyga safdan chiqqan aytilmoqda.
12 iyundan boshlab Turkiyadagi barcha professional ligalar davom ettirilmoqda. Hozircha turnir jadvalini 53 ochko bilan "Trabzonspor" boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar