Musiala "Bavariya"dagi inqiroz haqida gapirdi
01 okt 2022 18:58
Yangiliklar
Musiala "Bavariya"dagi inqiroz haqida gapirdi
Myunxenliklar "Bayer" bilan o'yingacha uzoq vaqtdan beri g'alaba qozona olishmagandi.
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala jamoadagi inqiroz haqida to'xtalib o'tdi.
"Biz hammamiz g'alaba qozonishni va birinchi raqamli bo'lishni xohlaymiz. "Bayer" bilan o'yinda buni ko'rsatdik. O'yinda ancha faol bo'lib, hujumlar yaratdik. Keyingi o'yinlarda ham xuddi shunday harakat qilishimiz kerak. Hali inqirozdan to'liq chiqib ketganimiz yo'q. So'nggi paytlarda bosim his qildik, shuning uchun o'yinga tayyorgarlik ko'rishda ham, o'yin vaqtida ham diqqatni jam qilib o'ynadik", – dedi futbolchi Myunxen klubi rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Bundesligada "Bayer"ni mag'lub etib, g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.
Fikrlar