So’nggi yangiliklar

17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  0 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  0 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5

Murod Xolmuhammedov 29 yoshga to'ldi Yangiliklar

Murod Xolmuhammedov 29 yoshga to'ldi

Bugun “Qo'qon-1912” jamoasining etakchi o'yinchilaridan biri, jamoa sardori Murod Xolmuhammedovning tug'ilgan kuni.

Qo'qonlik muxlislarining yoqimtoyi, jamoa yuragi sanalgan ushbu futbolchi bugun o'zining 29 yoshini qarshi olmoqda.

SHu munosabat bilan “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va “Markaziy” stadion xodimlari nomidan Murod Xolmuhammedovni chin yurakdan tabriklaymiz. Unga sihat-salomatlik, futbolchilik faoliyatida omad tilab qolamiz.

So'nggi yillarda ushbu futbolchi o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozonib kelmoqda. Murodjon to'purarlik borasida ham boshqalarga o'rnak bo'layotganini etirof etish joiz. Kelayotgan mavsumda ham Murod Xolmuhammedovga omad tilaymiz.

Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" jamoasining sardori, jamoaning yuragi, muxlislarning eng sevimli futbolchisi ... Bunday tariflarni yana ko'plab davom ettirishimiz mumkin. Bundan tashqari Murodjon jamoaning shtatli penalti tepuvchi futbolchisi hisoblanadi. Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" jamoasi safiga qo'shilganidan beri chempionat va O'zbekiston kubogi o'yinlarida hali biror marta penalti tepishda xatoga yo'l qo'ymagan. U "nuqta"ga yaqinlashganda har qanday darvozabonning oyoqlari qaltiraydi. Xolmuhammedov penaltilarni o'ta sovuqqonlik hamda yuksak mahorat bilan ijro etadi. Murodjon ijrosidagi jarima zarbalari esa raqiblar uchun doimo jiddiy xavf tug'dirib keladi. Uning jarimadan kiritgan supergollari hali uzoq yillar muxlislar yodidan ko'tarilmaydi. Murodjon o'zining aniq va qulay paslari bilan hujumchilarning ko'plab gollariga xammualliflik qilib keladi. Xolmuhammedov 2018 yilgi mavsumda 11 ta gol, 2019 yilgi mavsumda esa 8 ta gol urib jamoasining eng yaxshi to'purar futbolchisi bo'lib turibdi. Vaholanki Xolmuhammedov himoyachi hisoblanadi.

Kelayotgan yangi futbol mavsumida ham Murod Xolmuhammedov muxlislarga chiroyli gollar tuhfa qilishiga ishonamiz. Yaqinda muxlislar orasida o'tkazgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" jamoasining 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tug'ilgan kun muborak bo'lsin, Murodjon!

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика