Murod Rajabov Serbiya Superligasida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2016
"Olmaliq" klubi yarim himoyachisi Murod Rajabov faoliyatini Serbiyada davom ettiradigan bo'ldi.

Yarim himoyachi Serbiya Superligasining "Novi Pazar" klubi bilan shartnoma tuzdi. Futbolchi yangi klubi tarkibida 44-raqamda o'ynaydigan bo'ldi. Ushbu klub 1928 yilda tuzilgan. 2012 yildan buyon Serbiya Superligasida ishtirok etib kelmoqda.

Ayni paytda klub 7ta o'yindan 8 ochko to'plab musobaqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda. Eslatib o'tamiz, Murod Rajabov Serbiyada o'ynaydigan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi. "Yavor" klubi tarkibida o'zbekistonlik Husniddin G'ofurov to'p tepmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia