So’nggi yangiliklar

23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  2 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  19 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  58

Murod Ismoilov: "Navbahor"ga qarshi o'yinda tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Navbahor"ga qarshi o'yinda tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin"

Malumki bugun "Neftchi" Kosonsoyda "Navbahor" mehmoni bo'ladi.
"Paxtakor" bilan o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Murod Ismoilov aynan vodiy derbisi oldidan ham o'z fikrlarini aytib o'tgandi. Farg'onaliklar ustozining aytishicha "Neftchi" bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushadi.

- Futbolchilarimizning jismoniy xolati yaxshi. Faqat ularni hozirda ruhiy xolatini ko'tarishimiz kerak. Yigitlarning hammasi ilgari yuqori saviyada o'ynagan. Nazarimda ularga ozgina ishonch etishmayapti. SHularni bartaraf eta olsak, hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Buning uchun ozgina vaqt kerak. "Navbahor" bilan kechadigan o'yinda tarkibda ayrim o'zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Negaki ayrim yigitlar o'zlariga bildirilgan ishonchi oqlay olishmadi. Tarkibimizda bir qator yoshlar o'zlarini ko'rsatishga erishmoqda. Agarda ularga ishonch bildirmasak o'sishdan to'xtab qoladi. SHu bilan birga natija ham bo'lishi kerak. SHuning uchun bu qiyin jarayon. Derbida tarkibda 1-2ta o'zgarishlar bo'ladi. Lekin asosiy tarkibni tez-tez o'zgartirish ham o'zini oqlamaydi. Sababi yigitlarni bir-biriga o'rganib olishida bu xolat halaqit beradi.

- Biz uchun har bir o'yin qiyin bo'ladi. Nafaqat Namangandagi uchrashuv. Balki undan keyingi o'z maydonimizda "Qizilqum" qarshi kechadigan bahs ham xohlaymizmi yo'qmi oson bo'lmaydi. "Navbahor" ham kuchli jamoa. Biz bo'lajak o'yinga har doimgidek jiddiy qarab, unga puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Vodiy derbisi azaldan qiyin kechgan. Unda ko'p narsa omadga ham bog'liq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика