So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  2 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  13 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Murod Ismoilov Hokim kubogi, tayyorgarlik, selekciya jarayoni va boshqalar haqida Yangiliklar

Murod Ismoilov Hokim kubogi, tayyorgarlik, selekciya jarayoni va boshqalar haqida

Farg'onaliklar mavsumlar oralig'ida xuddi o'tgan yilgidek selekciya jarayonida faollik ko'rsatmoqda.
Jamoa o'zining sobiq o'yinchilarini qaytarish bilan birga, bir nechta iqtidorli o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Kecha bo'lib o'tgan hokim kubogi final uchrashuvidan so'ng “Neftchi” ustozi Murod Ismoilov bilan uchrashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Murod Muzaffarovich, suhbatimizni avvalo Hokim kubogi turniri haqida boshlasak.
- Avvalambor musobaqa tashqilotchilariga minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bu kabi mavsum oldi turnirlar har bir jamoaga foydali bo'lishi tabiiy. Aytish mumkinki, bu safargi hokim kubogi turniri qiziqarli o'tdi. Istardimki kelgusida boshqa jamoalar ham asosiy tarkibi bilan ishtirok etsa. SHunda muxlislar uchun ham bayram bo'ladi. Qolaversa ishtirokchilar uchun foydali kechadi.

- Boshqaruvingizdagi “Neftchi” bu safargi turnirda uchta jamoasi bilan ishtirok etdi. Bundan ko'zlangan maqsad futbolchilarni keng qamrovda sinovdan o'tkazishmidi?
- Ha. Bilasizmi bugungi kunda ixtiyorimizda ko'plab futbolchilar bor. Yoshlar jamoamizni yangitdan shakllantiryapmiz. SHu bois barchaga ko'proq imkoniyat berishni o'ylab, 3ta jamoamiz bilan ishtirok etishni lozim topdik.



- “Neftchi-1” bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Umuman olganda ko'zlangan maqsadga erishdinglarmi?
- Har bir o'yinda yutish bilan birga, boya aytganimdek ko'rikda bo'lib turgan futbolchilarning imkoniyatini ko'zdan kechirish edi. Xar xolda bunga erishdik. Asosiysi turnir davomida barchaga imkoniyat berib, ayrim iqtidorli o'yinchilarning imkoniyatini bilib oldik. Bemalol ayta olamanki, musobaqa foydali bo'ldi.

- “Neftchi” yoshlar jamoasi bu yil yangitdan shakllanayotganini aytib o'tdingiz. Qolaversa murabbiy ham o'zgardi. Endilikda Bahrom Haydarov faoliyat yuritadigan bo'ldi. Yoshlar jamoasiga ham o'yinchilarni saralashda o'zingiz bosh-qosh bo'lasizmi?
- Bahrom Haydarov o'z vaqtida “Neftchi” jamoasida o'ynaganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Futbolchilik davrida o'zidan yaxshi nom qoldirgan. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmidan Haydarov murabbiylar shtabiga jalb etilgandi. O'ziga yarasha fikr muloxazali yigit. Kelajakda yaxshi murabbiy sifatida ham nom qozonadi. Faqat buning uchun juda ko'p o'qib o'rganishi kerak. Mana endilikda yoshlar jamoasi unga ishonib topshirildi. O'yinchilarni saralash degan saovlingizga kelsak, Haydarovning o'zi mahalliy yoshlarni juda yaxshi biladi. U bungacha ikkinchi liga jamoasida ham ishlagan. Barchamizning maqsadimiz bitta – “Neftchi”ning poydevorini mustahkamlab, uning ertasi uchun zamin tayyorlashdir. SHuning uchun barcha murabbiylarimiz o'zaro maslahatlashgan xolda ish tutamiz.



- Ilgari “Paxtakor”da faoliyat olib borganingizda ko'proq yoshlar bilan ishlagansiz. Aytingchi Farg'onada ham iqtidorli futbolchilarni ko'ryapsizmi?
- Albatta. Nafaqat Farg'onada balki vodiyda istedodli o'yinchilar talaygina. Andijon, Namangan, Qo'qondan bungacha ham ko'plab taniqli futbolchilar etishib chiqqan. Bugungi kunda ham iqtidorli yigitlarni ko'rish mumkin. Bunga misol tariqasida Anvar Aminjonovni aytishim mumkin. 1997 yilda tug'ilgan futbolchini o'yinlarini to'satdan kuzatib qoldim. To'g'risi bu yigit haqida umuman xabarim yo'q edi. Faqat Bahrom Haydarov oldin aytib berardi. Bir nechta o'yinlarda xarakatlarini kuzatdik. Unda qandaydir talant borligini ko'rib, yoshlar jamoamiz va keyinchalik asosiy tarkib mashg'ulotlariga jalb etdik. Aminjonov bilan shartnoma imzolanayotganida ochig'i, uni ota-onasi bilan gaplashmasdan shartnoma qilishni istadim. CHunki turli gap so'zlar yuzaga kelmasligi uchun shuni xohladik. Lekin u endigina 18 yoshga to'layotgani uchun otasi kelishi lozim edi. Anvarni o'zida bor.

- Bu maqtovdan keyin unda pasayish yuzaga kelmasmikin?
- Unaqa yigitga o'xshamadi. Aminjonov uchun hammasi endi-endi boshlanyapti. Unga dim o'z ustida ko'proq ishlash kerakligini aytib kelyapmiz. Nasib qilsa bu yil imkoniyat berib, o'ynatamiz. Agarda bundan foydalanib qolsa, bu – hammamiz uchun quvonarli xol bo'ladi.

- O'tgan yili “Neftchi” yoshlar jamoasida kumush medallarini qo'lga kiritgan ayrim futbolchilar bugungi kunda boshqa jamoalar safida yuribdi. Buni qanday izohlaysiz?
- Yoshlar jamoamiz tarkibidagi yigitlarning yoshi va saviyasi bu yil mos kelmasligi uchun ularni asosiy tarkibga jalb etgan xolda, imkoniyat berdik. Kimdir bundan unumli foydalandi. Xususan Javohir Rasulov berilgan imkoniyatdan to'g'ri foydalangan xolda, o'zini ko'rsatishga erishdi. Natijada u olimpiya terma jamoasiga ham chaqiruv ola boshladi. Ayrimlari bilan esa xayrlashishga majbur bo'ldik. CHunki bugungi kunda natija birinchi o'ringa chiqmoqda. SHaxsan men yoshlarga ishonch bildirishdan cho'chimayman. Lekin ayrim futbolchilarimiz maydonga chiqqanda, bosimni engib o'ta olmadi.

- Selekciya xususida gaplashadigan bo'lsak, bu yilgi ishlardan ko'nglingiz qanchalik to'lmoqda?
- O'zimiz xohlagan o'yinchilarni tarkibga jalb eta oldik. O'tgan yili ham ko'plab yangi o'yinchilarni olgandik. Menimcha joriy yil bu jarayonni yaxshi o'tkazdik.



- Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov, SHukurali Po'latov kabi sobiq futbolchilarni ortga qaytarish bu ko'proq kimning qarori bo'ldi? Siznimi yoki rahbariyatni?
- Buni barchamiz xohladik. Siz aytib o'tgan o'yinchilar bugungi kunda har qanday jamoani kuchaytira oladi va menimcha ularni o'z safida ko'rishni istagan klublar soni ham oz emas.

- Sardor Rahmonov, Abbos Maxstaliev, Muhsin Ubaydullaev singari futbolchilarning ijara asosida “Neftchi”ga o'tayotgani muxlislarda noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Bunga javobingiz qanday?
- Yuqorida takidlaganimdek, yoshlar jamoamizni bu yil yangitdan tuzyapmiz. Hozirgi sharoitdan kelib chiqib aytdigan bo'lsam, ijara asosida 1-2 yaxshi saviyadagi o'yinchilarni olishga majburmiz. Yoshlarni o'z falsafamiz asosida yanada o'stirish uchun vaqt kerak bo'ladi. Bu orada jamoaga yordam beradigan o'yinchi bo'lsa ijara asosida bo'lsa ham olishimiz mumkin.

- Bu yil “Neftchi”da o'ynashi kutilayotgan 6 nafar o'yinchi olimpiya terma jamoasi yig'iniga jalb etildi. Ularni ko'proq OTJ ixtiyorida bo'lib qolishi sizni tashvishga solmayaptimi?
- Jamoada har bir futbolchining o'z o'rni bor. Buni ularning o'ziga ham aytaman. SHunday ekan terma jamoaga nomzod o'yinchilarimizning ham yo'qligi bilinadi. “Neftchi”dan terma jamoalarga futbolchilar taklif etilsa, bundan faqat xursand bo'lamiz. Ular yo'qligida ixtiyorimizdagi qolgan o'yinchilardan foydalanaveramiz.

- Oxirgi paytlarda Rossiyadan kelgan darvozabon to'g'risida ishqibozlar salbiy fikrlarni bildirmoqda. Uning plyus tomonlarini nimada ko'rdiz?
- Eng avvalo insoniyligi! Bu juda muhim. Zo'r futbolchi bo'lsin, ichki muhitga tasir o'tkazsa, ko'zlangan maqsadga erisha olmaysiz. CHeremesin bilan ilk bor gaplashganimizda, moddiy jihatni ham birinchi o'ringa qo'ymadi. Bilmadim keyinchalik o'zgarib qolmasa, uni bizga foydasi tegadi deb o'ylayman. Qolaversa Evgeniyning xarakatlari ham chakki emas. Unga ko'proq amaliyot kerakligi ko'rinib turibdi. CHempionat startiga qadar u yanada yaxshi formaga kirib oladi deb o'ylayman.



- Har bir poziciyani olib aytadigan bo'lsak, qandaydir hadik yo'qmi?
- Darvozabonlardan boshlaydigan bo'lsak, CHeremesinga raqobatchi sifatida Sergey Smorodinni taklif etganmiz. 1994 yilda tug'ilgan ushbu posbon erkin agent sifatida kelgan. Yoshlar terma jamoasi bilan Meksikada o'tkazilgan jahon chempionati ishtirokchisi. Imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. SHuningdek chempionatga qadar “Paxtakor”dan Abdumavlon Abdujalilovni ijaraga olishni o'ylab turibmiz. Bu posbon ham yosh. O'tgan yili o'zini ko'rsatishga erishdi. Agarda bu variant amalga oshmasa, boshqa yoshroq zaxirada vaqti kelishini kutishga rozi bo'lgan darvozabon qidiramiz. Zaxirada vaqti kelishini kutish deganda men shuni nazarda tutdimki, agarda raqobatda yutib chiqa olmasa, zaxirada qolib ketishi mumkin. SHunga sabri chidasa va o'zini kuchli ekanligini isbotlasa taklif etamiz. Himoya chizig'idan ham ko'ngil to'q. Negaki Sardor Rahmonov, SHukurali Po'latov, Jahongir Mehmonov, Aybek Nurboev kabi mahoratli himoyachilarimiz bilan bir qatorda iqtidorli yoshlar ham mavjud. Abdulloh Olimov bilan Umid Qodirov universal futbolchi. Ular ham himoyaning istalgan qismida o'ynab keta oladi. Yarim himoyada ham malakali o'yinchilarga egamiz. Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov, Akmal Xolmatov kabi tajribali o'yinchilar qatorida Abbos Maxstaliev, Muhsin Ubaydullaev, Javohir Rasulov singari umidli futbolchilar boriligi quvontirmoqda. Oldingi chiziqda ham teng saviyadagi to'rt nafar o'yinchimiz bor. SHerzod Hakimov, Ro'zimboy Ahmedov, Otabek Haydarov va Murod Bobojonov. Nasib qilsa bu yil ushbu futbolchilar bilan stadionga kelgan muxlislarimizni quvontiramiz degan umiddaman.

- Selekciya ishlari shu bilan to'xtatildimi?
- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. CHempionatga qadar o'yinimizni yanada kuchaytirishga qodir bo'lgan o'yinchi topilsa, uni olishimiz mumkin.

- Jamoa bu yil ham legionerlar xizmatidan foydalanadimi?
- O'tgan yili xorijlik futbolchilarni tanlashda biroz xatoliklar bo'lganligi uchun ham bu yil asosiy etiborni o'zimizning o'yinchilarga qaratganmiz.



- Darvoqe, Kamronbey Kapadze xususida fikringizni bilmoqchi edim...
- U hozir ko'rikda. Ochig'ini aytaman, Kamronbeyni jamoaga qo'shilishi mening qarorim. Farg'onalik futbolchining imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz. Agarda qarashlarimizga maqul kelsa nega uni olmasligimiz mumkin?! Yodingizda bo'lsa o'tgan yili davralar oralig'ida ham bu futbolchi bitta sinov-nazorat o'yinimizda ishtirok etib qaytgandi. Mana endilikda yana ko'rikka taklif etganmiz.

- Bu yilgi selekciya jarayonida ko'proq etiboringizni tortayotgan klub qaysilar bo'lyapti?
- “Lokomotiv”! SHuningdek “Olmaliq”ni ham bu borada yaxshi xaridlarni amalga oshirayotganini aytish mumkin. Kamoliddin Murzoev va SHavkat Salomov haqiqatdan ham “Olmaliq”qa o'tgan bo'lsa, bu jamoa yanada kuchayish xosil qiladi. Umuman olganda o'zingiz guvohi bo'layotganingizdek, barcha jamoalarda o'ziga yarasha selekciya jarayoni ketmoqda. Hammasini mavsum davomida ko'ramiz.



- O'tgan yili “Neftchi”ni qabul qilganingizda natija oldingi yilgidan past bo'lmasligini aytgandingiz. Bu yil nechanchi o'rin uchun kurashasizlar?
- Aniq bir nima deb bo'lmaydi. Rahbariyat oldimizga qanday vazifa qo'ysa, shuni bajarish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Niyatimiz xolis. Hammamiz shu “Neftchi”ni ertasi bugunidan yaxshi bo'lishi uchun ishlayapmiz. Bizdan oldin ishlab ketgan murabbiylarning poydevorini yanada mustahkamlab, joiz bo'lsa uni yanada rivojlantira olsak futbolimiz yutadi. Buni bosqichma-bosqich bajarib boramiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика